4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja
Download 255.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy
1 4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja: 1. 1991-2000 yillarda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi belgilab olinishi va konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratilishi. 2. Sud-huquq tizimi islohotlarini chuqurlashtirish, odil sudlov tizimini demokratlashtirish, sud jarayonida ayblov va himoyani amalda tengligini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilishi. 3. O„zbekistonda 2001-2010 yillarda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar. 4. Sudlarni ixtisoslashtirilishi, jinoiy jazolarni liberallashtirilishi, odil sudlov sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilishi 5. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mas‟uliyatini kuchaytirish, tadbirkorlik sub‟ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo„yicha huquqiy asoslarni takomillashtirilishi. 6. O„lim jazosini bekor qilish, qamoqda saqlash sanksiyasining prokuratura organlaridan sudlarga berilishi. 7. Xalqning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko„tarilishi. Mustaqillikka erishgandan so„ng O„zbekistonda huquqiy demokratik davlat barpo etish yo„li tanlab olindi. Aynan huquqiy demokratik davlatda har bir shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, insonning kamol topishi va o„z orzu niyatlarini ruyobga chiqarishiga imkoniyat yaratiladi. Huquqiy demokratik davlatda sud hokimiyati alohida o„rin tutadi. Shuning uchun ham tubdan isloh qilingan sohalardan biri sud-huquq tizimidir. Buning sababi shundaki, yangi, mustaqil, demokratik sud- huquq tizimi mavjud bo„lmasdan turib mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va ma‟naviy hayotining normal faoliyat ko„rsatishini ta‟minlab bo„lmaydi. Boshqaruvning ma‟muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechish, shuningdek qonun ustuvorligi, shaxs, oila, jamiyat va davlat manfaatlari, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish, qonunga itoatkor fuqarolarni tarbiyalash kabi masalalar rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakillantirishning maqsadi va bir vaqtning o„zida bu maqsadlarga erishishning vositasi hamdir. Ushbu maqsadga erishish davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarini isloh etish bilan bir qatorda sud-huquq tizimida ham chuqur o„ylanilgan muhim o„zgartirishlar va islohotlarni talab qildi. O„zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida ijtimoiy munosabatlarni yanada rivojlantirish, demokratik o„zgarishlarni chuqurlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish, eng avvalo 2 shaxs, uning hayoti, ozodligi, sha‟ni, qadr-qimmati va boshqa uzviy huquqlarini muhofaza qilish uchun sharoit yaratilmoqda. Birinchi Prezident I.Karimov ta‟kidlaganidek, “Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo„nalishlaridan biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so„z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo„lib qolmoqda” 1 . O„zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jinoyatga oid siyosatni izchil liberallashtirilishi amalga oshirilmoqda. O„zbekiston mustaqillikka erishganidan so„ng, demokratik huquqiy dunyoviy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishni, ijtimoiy yo„naltirilgan bozor munosabatlariga o„tishni o„z oldiga maqsad qilib quyishi, halqaro hamjamiyat tomonidan umume‟tirof etilgan shaxs huquq va erkinliklari ustuvorligi tan olinishi munosabati bilan kun tartibiga qo„yilgan muammolardan biri, jinoyat qonunini isloh qilish masalasi bo„ldi. Harakatdagi Jinoyat kodeksidan mutloqo farq qiladigan, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos ravishda jinoyatlar va jazolar to„g„risidagi yangi Jinoyat kodeksining yaratish to„g„risida qaror qilindi. Yangi kodeksini yaratishda jinoyatchilikka qarshi kurashda jinoyat-huquqiy vositalarning samaradorligini oshirish, jinoyat-huquqiy normalarda taqiqlangan huquqbuzarliklarni sodir etgan har qanday shaxs uchun javobgarlikning muqarrarligini ta‟minlash va jinoyatchilik miqdorini kamaytirish asosiy maqsad sifatida belgilandi. Jinoyat qonunida, Konstitutsiya va xalqaro normalarda qayd etilgan qadriyatlar tizimini aks ettirish; davlatimiz va Markaziy Osiyo hududida shakllangan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy turmush tarzini, diniy va ma‟naviy- axloqiy holatni mos ravishda ifodalash; davlatchilik va ijtimoiy munosabatlarning istiqboldagi rivoji va ushbu munosabatlarni jinoyat huquqi vositasida muhofaza qilishda ijtimoiy va kriminologik shart-sharoitlarni hisobga olish; yuridik shaxslarning va fuqarolarning hayotiga jinoyat-huquqiy “aralashishning” chegaralarini belgilash; ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bo„yicha avval to„plangan tajribani inobatga olib qonun va uni qo„llash amaliyotining uzviyligini ta‟minlash; unda jinoyatchilik dinamikasi va tuzilishining asosiy yo„nalishlari va zamonaviy jinoyatga oid siyosatning eng muhim ijobiy holatlari, shuningdek demokratik va iqtisodiy sohadagi muqarrar o„zgarishlarni aks ettirish; jamoatchilik fikrini, aholining huquqiy ongi va qonunga itoatkorlik, huquqiy madaniyatning 1 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo„shma majlisidagi ma‟ruza. 2010 yil 12 noyabr. – Toshkent: O„zbekiston, 2010. – B. 15-16. 3 darajasini hisobga olish; ilmiy-nazariy ishlanmalar va tavsiyalarni imkon qadar to„laroq e‟tiborga olish; xalqaro qonun ijodkorligi va xalqaro huquqning umume‟tirof etilgan jinoyat-huquqiy normalarini implementatsiya qilish; jinoiy jazoning ijtimoiy- tartibga solish imkoniyatlarini hisobga olish; jinoyat qonunining haqiqatda amalga oshirilishi mumkin bo„lgan vazifalarini aniqlash; ularni maksimal darajada qonunda aks ettirish va jinoyat huquqi tamoyillarini aniq belgilash ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Jinoyat-huquqiy sohadagi islohotlarning mazkur maqsad va vazifalarini: barcha jinoyat-huquqiy institutlar va normalar jinoyat qonunining vazifalarini maksimal ravishda bajarilishini ko„zlab tuzilishi; qonun normalarida jinoyat huquqi tamoyillarini mujassamlashtirish va aniqlashtirish; qilmishni kriminalizatsiya va dekriminalizatsiya qilish asoslarini hisobga olish; kriminalizatsiya qilish tamoyillarini kompleks va tizimli qo„llash; javobgarlikning ijtimoiy va kriminologik jihatlari asoslantirilib, qilmish va aybdor shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini differensiatsiya qilish; residiv jinoyatchilar va davlat va xalq uchun muhim va qadrli bo„lgan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilgan shaxslarga nisbatan qat‟iy jinoyat- huquqiy ta‟sir choralarini saqlab qolish; jinoyat huquqining ijtimoiy va siyosiy mohiyatidan kelib chiqib, qonunda qo„llanilgan jinoyat tarkibi va jinoyat-huquqiy institutlari tushunchalarining bir xilda qo„llanilishini ta‟minlash; qonunchilik texnikasi qoidalariga rioya etish; tergov-sud ixtiyorini toraytirish orqali amalga oshirish mumkin edi. Maqsad va vazifalarni to„liq amalga oshirish zamonaviy jinoyat qonunchiligining umumiy tabiati to„g„risidagi masalaning to„g„ri yechimini topishga bog„liq edi, chunki bu borada ikki yondashuv mavjud edi. Muammoni hal etish uchun: ijtimoiy xavflilik darajasi nisbatan yuqori bo„lgan xulq-atvor uchun jinoiy javobgarlik belgilash bilan cheklanib, “ixcham” qonun yaratish yoki ijtimoiy ahamiyati “kamroq” bo„lgan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz etgan xulq-atvor ustidan ham davlat va jamoat nazoratini amalga oshirish nazarda tutilgan kodeks ishlab chiqish masalasini yechish lozim edi. Mazkur masalani hal etishda birinchi yondashuvning ma‟lum darajada jozibador bo„lishiga karamasdan, u kator salbiy oqibatlar olib kelishi mumkinligi hisobga olindi. Uning asosiy kamchiligi shundan iborat ediki “ixcham” kodeksini ishlab chiqish uning og„ir jazo choralarini nazarda tutuvchi hamda jinoyat huquqining uzoq yillar davomida shakllangan qator aosiy qoidalarini tubdan qayta ko„rib chiqishni talab qiladigan radikal yo„nalishni tanlashni takozo qiladi. Bu hol o„z navbatida qonunchilikdagi vorisiylikni buzish bilan birga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida shakllangan va amaliyotda sinovdan o„tgan shakl va uslublarni qayta ko„rib chiqilishini, shuningdek, jinoyat-protsessual, ma‟muriy, tezkor-qidiruv, jinoyat ijroiya huquqi va boshqa huquq 4 sohalarining huquqiy asoslarini qaytadan ko„rib chiqilishini taqozo qilgan bo„lar edi. Undan tashqari kriminalizatsiya qilinadigan xulq-atvor doirasini belgilashda kriminalizatsiya barcha huquqiy, ayniqsa tizimli huquq guruhiga kiruvchi prinsiplari e‟tiborga olinishi mumkin emasligi tufayli samarasi kam bo„lgan yoki ijtimoiy shart- sharoitlarga mos bo„lmagan qonunlar qabul qilinishiga sabab bo„lgan bo„lar edi. Bunday qoidaning qabul qilinishi uncha og„ir bo„lmagan, shu jumladan, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan barcha qilmishlarga qarshi kurashning samaradorligi pasayishiga sabab bo„lar edi. Ushbu qilmishlarning kattagina qismi samarasi jinoyat- huquqiy choralarga nisbatan ancha kam bo„lgan ma‟muriy yustitsiya sohasiga o„tkazilishiga olib kelgan bo„lar edi. Yuqorida ko„rsatilgan va boshqa sabablar jinoyat huquqining demokratik prinsiplari amalga oshirilishiga xizmat qiladigan va davlatimizning jinoyat-huquqiy sohadagi g„oyalarini aks ettiruvchi qonunni yaratilishi zarurligini ko„rsatadi. 1994 yil 22 sentabrdagi O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining so„ngi chaqiriq o„n oltinchi sessiyasida O„zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi qabul qilindi va 1995 yil 1 apreldan amalga kiritildi. Mustaqil O„zbekistonning birinchi Jinoyat kodeksi nafaqat o„z tuzilishi, balki mohiyatiga ko„ra ham ilgargi qonunlardan tubdan farq qilishini ta‟kidlash joizdir. O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi qabul qilinguniga qadar ham ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy munosabatlarda ro„y bergan o„zgarishlarni hisobga olib, o„sha vaqtda amalda bo„lgan 1959 yilgi Jinoyat kodeksiga qator o„zgartirish va qo„shimchalar kiritilgan edi. Fikrimizni isbotlash uchun bir qancha misollar keltiramiz. 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining normalarida umuminsoniy ne‟matlarning ustunligi prinsipi izchil amalga oshirildi. Mazkur kodeks, birinchi navbatda, shaxs xavfsizligi, fuqarolarning hayoti, sog„lig„i, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini, ularning daxlsizligini imkon boricha to„liq ta‟minlashga yo„naltirilgan. 1994 yildagi Jinoyat kodeksida sud tizimining jinoiy-huquqiy faoliyatiga doir eng asosiy prinsiplari mustahkamlandi, mazkur prinsiplar oldin amal qilgan Jinoyat kodeksiga ma‟lum bo„lmagan. Ulardan birinchi Download 255.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling