4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja


Download 255,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana01.11.2023
Hajmi255,21 Kb.
#1738840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy

 
Barqaror 
taraqqiyot 
konsepsiyasida 
sud-huquq 
tizimini 
izchil 
demokratlashtirish va liberallashtirish borasida ilgari surilgan vazifalar. 
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish 
va liberallashtirish borasidagi yo„nalishda demokratik o„zgarishlarni yanada 
chuqurlashtirish maqsadida qator vazifalar va aniq takliflar ilgari surildi. Xususan, 
Konsepsiyada ilgari surilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlash-tirish va 
liberallashtirish borasidagi vazifalarni samarali hal qilishga qaratilgan dastlabki 
tashkiliy-huquqiy chora sifatida “Normativ-huquqiy hujjatlar to„g„risida”gi 
Qonunning yangi tahririni qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, shu orqali 
davlat va jamiyat hayotida muhim o„rin tutadigan qonunlarni yaratish, ularning 
huquqni qo„llash amaliyotida samarali amalga oshirilishini ta‟minlashga erishish 
mumkin bo„ladi.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to„g„risida”gi Qonunning yangi tahririni qabul 
qilish zarurati, birinchidan, o„tgan davrda qonun ijodkorligi jarayoni kengayganligi 
va birmuncha murakkablashganligi bilan, ikkinchidan esa,normativ-huquqiy 
hujjatlarning asoslanganligi va sifatiga nisbatan talablar sezilarli darajada oshganligi 
bilan, uchinchidan,normativ-huquqiy hujjatlarni turlarini, tarkibini ko„rib chiqish 
bilan izohlanadi. 
“Normativ-huquqiy hujjatlar to„g„risida”gi Qonunning yangi tahririda normativ-
huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar tomonidan ijtimoiy munosabatlarni 


21 
huquqiy tartibga solish yoki qonun hujjatlari normalarini takomillashtirish maqsadida 
normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlashning joriy va istiqbolli 
rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni nazarda tutuvchi qoidalar o„z ifodasini 
topmog„i lozim. Shu o„rinda MDHga a‟zo ayrim davlatlarning (Belarus, Ozarboyjon) 
“Normativ-huquqiy hujjatlar to„g„risida”gi Qonunida normativ-huquqiy hujjatlarning 
loyihalarini rejalashtirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalari 
va davlat dasturlarining amalga oshirilishi yuzasidan nazorat qilish, normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning kelajakdagi rejalariga oid normalar 
mavjud. Shuningdek, “Normativ-huquqiy hujjatlar to„g„risida”gi Qonunning 
yangi tahririda normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochi va aholiga yetkazish, uning ijro 
etilishi va amalga oshirilishi bo„yicha nazorat va tekshiruvni nazarda tutish hamda 
normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etilmasligi (lozim darajada ijro etilmasligi) bo„yicha 
javobgarlikni nazarda tutuvchi normalarni kiritish lozim. Bu esa mamlakatda qonun 
ustuvorligini ta‟minlash, aholining huquqiy ongi va savodxonligini yanada oshirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan e‟lon qilingan Konsepsiyaning sud-huquq 
tizimini isloh etishga oid ikkinchi yo„nalishida sud hokimiyatining nufuzini oshirish, 
fuqarolarning adolatli sud muhokamasiga bo„lgan huquqlarini samarali ta‟minlash 
masalalariga alohida to„xtalib o„tiladi. Xususan, sudga qadar ish yurituv bosqichida 
qo„llanadigan lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga 

Download 255,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling