4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja


joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini faqat sudyaning


Download 255.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana01.11.2023
Hajmi255.21 Kb.
#1738840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy

joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini faqat sudyaning 
sanksiyasi asosida qo„llash tartibining joriy etilishi haqidagitaklifning ilgari 
surilishi shular jumlasidandir. 
Darhaqiqat, lavozimidan chetlashtirilgan shaxsning mehnat qilish, erkin kasb 
tanlash kabi O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida belgilangan 
qator huquqlari qonunda belgilangan asoslarga ko„ra cheklanadi. Konstitutsiyaning 
19-moddasida belgilangan normaga ko„ra, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda 
mustahkamlab qo„yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz 
mahrum etishga yoki ularni cheklab qo„yishga hech kim haqli emas. Shuning uchun 
ham lavozimdan chetlashtirish ham faqat sudning sanksiyasi bilan qo„llanilishi 
maqsadga muvofiq. 
Shu o„rinda xorijiy davlatlar jinoyat protsessual qonunchiligini kuzatadigan 
bo„lsak, Fransiyada aynan lavozimdan chetlashtirishga o„xshash chora sudyaning 
tashabbusi bilan, shuningdek ayblovchining taklifi yoki manfaatdor ishtirokchilarning 
iltimosnomasi bilan sud tomonidan qo„llaniladi. AQSh, Germaniya qonunchiligiga 
ko„ra ham ayblanayotgan shaxs sudyaning qarori bilan shartli ravishda vaqtinchalik 
lavozimidan chetlashtirilishi mumkin.
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish ham jinoyat protsessida qo„llaniladigan 
shaxsning huquq va erkinliklarini bevosita cheklovchi protsessual majburlov 
choralaridan biri bo„lib, ushbu holatda shaxs erkinligi bevosita cheklaganligi uchun 
ham sudning sanksiyasi bilan qo„llanilishi maqsadga muvofiq bo„ladi. 
Lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi 
protsessual majburlov choralarini faqat sudyaning sanksiyasi asosida qo„llash 
tartibining joriy etilishi surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida sud nazoratini 


22 
kuchaytirish, jinoyat protsessida “Xabeas korpus” institutini qo„llash sohasini yanada 
kengaytirish imkonini beradi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan KonsepsiyadaO„zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 439-moddasiga o„zgartish kiritish va 
unga muvofiq birinchi instansiya sudida ish bo„yicha ayblov xulosasini o„qib 

Download 255.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling