4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja


eshittirish majburiyatini faqat prokuror zimmasiga yuklash


Download 255.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana01.11.2023
Hajmi255.21 Kb.
#1738840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy

eshittirish majburiyatini faqat prokuror zimmasiga yuklashninazarda tutadigan 
normani o„rnatish taklifi ilgari surilgan.Bu o„z navbatidasud mustaqilligini yanada 
mustahkamlash, odil sudlov tamoyillarini rivojlantirish va eng muhimi, jinoyat 
protsessida o„zaro tortishuv prinsipining samarali qo„llanilishini kengaytirishga 
qaratilgan islohotlarning bugungi bosqichi talablaridan kelib chiqadi. Jinoyat-
protsessual qonunchiligiga yuqorida ko„rsatib o„tilgan normaning kiritilishi sudning 
mustaqilligi, xolisligi va beg„arazligini taminlashga, jinoyat protsessida tortishuv 
prinsipini kuchaytirishga xizmat qiladi. 
Shu o„rinda xorijiy davlatlar jinoyat protsessual qonunchiligini kuzatadigan 
bo„lsak, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ukraina va Ozarbayjon Respublikalari 
JPKga muvofiq, sud tergovi davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasini o„qib 
eshittirish bilan boshlanishi belgilangan.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson huquqlarini samarali himoya qilishning eng 
muhim kafolati sifatida sud hokimiyatining nufuzini mustahkamlashga qaratilgan 
ishlarning mantiqiy davomi sifatida Konsepsiyada sudning jinoyat ishini 
qo„zg„atishga doir vakolatlarini O„zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 
kodeksining 321-moddasidan chiqarish haqidagi taklif ilgari surildi. 
Ma‟lumki, jinoyat ishini qo„zg„atish avvalo surishtiruv va dastlabki tergov 
organlari, jinoiy ta‟qibni amalga oshiradigan boshqa huquq-tartibot organlarining 
vazifasi hisoblanadi. Suddan esa shaxsga qo„yilgan ayblovning qonuniy va asosli 
ekanini xolis baholash talab etiladi. Vaholanki, hozirgi paytda sud tomonidan jinoyat 
ishini qo„zg„atish tarzidagi protsessual harakatning amalga oshirilishi mohiyatan 
jinoiy taqibning va undan kelib chiqadigan barcha oqibatlarning boshlanishi 
hisoblanadi. Bu esa sudni jinoiy taqib ishtirokchilari toifasiga kiritib qo„yadi. Aytish 
kerakki, bunday amaliyot sudning oliy maqsadi bo„lgan odil sudlovni amalga oshirish 
tamoyiliga mutlaqo mos kelmaydi.
Konsepsiyada tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish prinsiplari, asoslari, 
shakl va uslublari, uni olib boradigan organlar tizimini belgilab beradigan “Tezkor-

Download 255.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling