Zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi


Download 234.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi234.03 Kb.
#1560790
  1   2   3
Bog'liq
tqtXXX




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
HUQUQNI MUHOFAZA QILISH AKADEMIYASI
3-kurs talabalari uchun
Modul nomi: Tergovga qadar tekshiruv 
Ish turi: Oraliq nazorat 
O‘tkazilgan sana: 01.05. 2023-yil 
Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi: 
 
1. 
Muammoli masalaning mohiyati to‘g‘ri tushunilganligi va 
javobning to‘liqligi hamda masala mazmuniga mos kelishi 






2. 
Mustaqil fikrlar, nazariy qoidalar, olimlarning ilmiy 
qarashlari bayon etilganligi 






3. 
Huquqni qo‘llash amaliyotidagi misollar asosida ijodiy 
bayon qilinganligi, normativ-huquqiy hujjatlar 
normalaridan foydalanilganligi 






4. 
Normativ-huquqiy hujjatlarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi va 
sharhlanganligi, shuningdek matnda grammatik, orfografik 
va stilistik xatolarning mavjud emasligi 






Oraliq nazorat bo‘yicha qo‘shimcha taqriz:
Umumiy ball 
Tekshiruvchi imzosi:___________ 
_______________________ _________ 
Talabaning F.I.O. Kurs
Modul nomi: _________________________________________________________________ 



Kazus 3 
Toshkent viloyati Oxangaron tumani Qurama mahallasida yashovchi fuqaro 
D.Fozilovning oʻz uyida pichoqlab oʻldirib ketilgan. Ushbu vaqtda fuqaro 
D.Fozilovning oʻzi uyda yolgʻiz boʻlgan, uning oilasi, ya’ni xotini hamda 
farzandlari Toshkent shahrida boʻlgan. Hodisa sodir boʻlgan joyga yetib kelgan 
tergov-tezkor guruhi tomonidan mazkur hodisa boʻyicha Oʻzbekiston 
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida 3 nafar 
shaxslar ushlangan va barmoq izlari olingan?
Olingan barmoq izlari kim tomonidan qanday dasturlar asosida tekshiriladi? 



Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida demokratik 
huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, bozor munosabatlariga 
oʻtish hamda xalqaro huquqning teng huquqli aʼzosi sifatida jahon hamjamiyatida 
munosib oʻrin egallash yoʻlida jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda “2022 — 2026-
yillarga 
mo‘ljallangan 
Yangi 
O‘zbekistonning 
taraqqiyot 
strategiyasi 
to’g’risida’’gi PF 60- son farmoni tasdiqlandi. Unda mamlakatimizda adolat va 
qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga 
aylantirish davlat dasturi belgilandi. Jumladan, sud va boshqa organlar 
hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash ushbu davlat dasturining 
maqsadlaridan bir hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida soʻnggi yillarda 
jamiyat hayotining barcha jabhalarida, jumladan sud-huquq sohasida ham bir qator 
muhim oʻzgarishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev jinoyat protsessida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida, 
jumladan shunday deydi: “...huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari 
tomonidan ushlangan shaxsning oila aʼzolari bu haqda darhol xabardor qilinishi 
kerakligi, buni surishtiruvchi, tergovchi va boshqa vakolatli shaxsning majburiyati 
sifatida qonunda aniq belgilab qoʻyish taklif etildi. Bundan tashqari, shaxsni ushlab 
turish va uning huquqini cheklaydigan boshqa protsessual majburlov choralarini 
qoʻllash holatlarini hisobga olishning elektron tizimiga oʻtish zarurligi, bu 
jarayonda inson omili ishtirokini iloji boricha kamaytirish lozimligi qayd etildi”. 
Bunday holat tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv sohasida ham oʻzining 
asoratini koʻrsatayotganligini inkor etib boʻlmaydi, ularni bartaraf etish uchun 
kurashni kuchaytirishni davrning oʻzi taqozo etmoqda. Tergovga qadar tekshiruvni 
yanada takomillashtirish kelajakda jinoyatlarning to’liq ochilishi hamda jinoyat 
sodir etgan shaxslarga mamalakatimizda belgilab qo’yilgan qonunlarga ko’ra jazo 
tayinlashi uchun xizmat qilib beradi. Tergovga qadar tekshiruv - serqirrali 
tushuncha bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida jinoyat protsessini amalga 
oshirish bilan bog’liq muhim masalalar hal etiladi. Shuningdek, tergovga qadar 



tekshiruv – to‘plangan materiallar yuzasidan jinoiy qilmish mavjudligi yoki 
yo‘qligini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlarini amalga oshirishning huquqiy 
asosi bo‘lib hisoblanadi. U dastlab jinoyat-protsessual institut sifatida namoyon 
bo‘lib, ya’ni jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi haqidagi masalaning yechilishi tartibini 
belgilovchi protsessual normalar yig‘indisini tashkil qiladi. Tergovga qadar 
tekshiruv bosqichidagi protsesual faoliyat JPKda belgilab qo‘yilgan mansabdor 
shaxs (tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, 
surishtiruvchi, tergovchi va prokuror)lar tomonidan amalga oshiriladi hamda 
mazkur jarayon belgilangan sharoitlarda va maxsus protsessual shakllarda 
yuritiladi. Jinoyat protsessining ushbu shaklida kelib tushgan ariza yoki xabar 
bo‘yicha to‘plangan materiallar yuzasidan keyinchalik amalga oshiriladigan 
harakatlarning yo‘nalishini belgilovchi aniq protsessual qaror bilan yakunlanadi. 
Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
❖ ichki ishlar organlari; 
❖ harbiy qismlar, qo‘shilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy 
o‘quv yurtlarining boshliqlari — ularga bo‘ysunuvchi harbiy xizmatchilar, 
shuningdek o‘quv mashqlari o‘tkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga 
majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha; 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat 
majburiyatini bajarish bilan bog‘liq jinoyatlari yoki qism, qo‘shilma, 
muassasa yoxud o‘quv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir 
ishlar bo‘yicha;
❖ davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga ko‘ra ularning yuritishiga 
berilgan ishlar bo‘yicha;
❖ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini 
boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya 
koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu 
muassasalar xodimlari xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi 



qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar 
hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha;
❖ davlat yong‘indan nazorat qilish organlari —yong‘inlarga doir va yong‘inga 
qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
❖ chegarani qo‘riqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar 
bo‘yicha;
❖ olis safarda bo‘lgan dengiz kemalarining kapitanlari;
❖ davlat bojxona xizmati organlari — bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlikka doir ishlar bo‘yicha; 
❖ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy 
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari 
— byudjet, soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikka 
doir ishlar bo‘yicha; 
❖ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro 
byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari — voyaga yetmagan yoki 
mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin 
tovlashga, sud qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga 
xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek elektr, 
issiqlik energiyasi, gaz, suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 
bo‘lgan ishlar bo‘yicha;
❖ O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va 
xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh 
boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari — bozorlar, savdo komplekslari 
hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha 
saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi 
huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha.



❖ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat 
majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish 
inspeksiyasi hamda uning joylardagi bo‘linmalari — qishloq va suv 
xo‘jaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va 
normativ hujjatlar talablari buzilishi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha. 
❖ O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari 
— qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha.
1
Yuqorida bizga berilgan kazusga tahlil qiladigan bo’lsak, TTG tomonidan 
olib borilgan chora- tadbir natijalariga ko’ra fuqarolar qo’lga olingan va shu asosda 
ulardan barmoq izlari olingan. Barmoq izalarini tekshirish ekspirtiza orqali 
aniqlanadi 
bunga 
ko’ra. 
Izlarni 
aniqlash 
ekspirtizaning 
“Shaxsni 
avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikatsiya qilish tizimi” orqali tekshiruv 
oʻtkaziladi. Matematik metodlarini amaliyotga tatbiq etish, ikkinchi tomondan, 
barmog izlarini kodlash va tekshirish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish 
bo’yicha dolzarb ilmiy tadqigotlar boshlandi. ichki ishlar idoralarining ekspertiza 
amaliyotida barmoq izlarining tadqiq etishga juda katta ahamiyat berilmoqda. 
Chunki hodisa sodir bo’lgan joyda qoldirilgan barmoq va kaft izlari jinoyatchining 
shaxsiyati bo’yicha juda qimmatli va keng tarqalgan ma’lumotlar manbai bo’lib 
hisoblanadi, Ushbu holat barmoq va kaft izlarining aniqifodalangan alohidaligi va 
barqarorligi bilan izohlanadi. O’zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika 
markazining ma’lumotlariga ko’ra, daktiloskopik ekspertiza va tadqiqotlat, 
ekspert-kriminalistika xizmatlari tomonidan o’tkaziladigan jami ekspertizalar va 
tadqiqotlarning deyarli 60%ni tashkil qiladi. Ta’kidlash joizki, daktiloskopik 
ma’lumotlardan nafaqat jinoyatlarni ochish va tergov qilishda, balki jangovar 
harakatlar davrida, aviahalokatlar yoki boshqa halokatlarda halok bòlganlarning 
shaxsini aniqlash maqsadida ham foydalanish mumkin. Odam qo’l va oyoq izlari 
1
 
https://lex.uz




insonning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi va jinoyatning quyidagi sharoitlari 
va holatlarini aniqlashga imkon beradigan axborotlarni olishga ta’sir ko’rsatadi: 
✓ tekshirilayotgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslar 
doirasini aniqlash; 
✓ ma’lumotlar banki va daktiloskopik hisoblar yordamida jinoyatchini 
aniqlash; 
✓ ochilmagan jinoyatlar subyektini aniqlash, ya’ni boshqa jinoyatni sodir etgan 
va ushlangan jinoyatchini, ilgari sodir etilgan jinoyat joyida qoldirilgan 
izlariga ko’ra aniqlash; 
✓ hodisa sodir bo lgan joyda izlar qoldirilgan shaxsning anatomik, yoshi va 
boshqa funksional xususiyatlarini aniqlash; 
✓ bir shaxsni bir necha jinoyatlarni sodir etganligini aniqlash;
✓ shaxsni hodisa sodir bo’lgan joydagi obyektlar bilan ta’sirlashish holatini 
aniqlash; 
✓ jinoyatchining, hodisa sodir bo’lgan joydagi harakatlarining mazmuni va 
ketma-ketligini aniqlash; 
✓ jinoyatni sodir etishda ishtirok etgan shaxslarning sonini aniqlash; 
✓ shaxsi noma’lum murdalar va bedarak yo’qolganlaring shaxsini aniqlash.
2
Yuqoridagilarga asoslanib shuni aytish mumkin. Daktilaskopiya barmoq izlari 
hamda qòl izlari va oyoq izlarini òrganadigan soha. Endi òz navbatida ushbu 
izlarni qanday aniqlash mumkin degan savol tuĝilishi mumkin. Ekspertizalarni 
o'tkazish va daktiloskopik hisoblarni yuritishda avtomatlashtirilgan daktiloskopik 
identifikatsion tizim (ADIT)dan foydalanish jinoyatchilikka qarshi kurashda 
monodaktiloskopik hisoblar samarali vosita hisoblanadi. Ushbu turdagi hisoblar 
2
Daktiloskopik ekspertiza: Darslik R.R.Shafigulin, T.B.Mamatqulov, SH.X.Xasanov, L.Y. Yugay, A.D.Xusanov. T.: 
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. - 160 b. 



yordamida go') barmoqlari papillyar naqshlari bo'yicha shaxslarni identifikatsiya 
qilish maqsadidagi tekshiruvlar va shaxsi noma'lum shaxs (murda)larning shaxsini 
aniqlash amalga oshiriladi. Bu turdagi hisoblar asosi personal kompyuterlarda 
ishlashga 
mo’ljallangan 
avtomatlashtirilgan 
daktiloskopik 
informatsion 
tizim(ADITADIS (avtomatizirovannaya daktiloskopicheskaya informatsionnaya 
sistema))dan iborat maxsus maqsadli dasturiy-texnik majmua bazasida yuritiladi. 
Hozirgi vaqtda tajribalarda tekshirilgan eng samarali tizimlardan biri Rossiya 
Federatsiyasi Chelyabinsk oblasti Miass shahrida joylashgan «Sledopit» qo'shma 
korxonasida ishlab chigilgan «SONDA-PLUS» avtomatlashtirilgan daktiloskopik 
information tizim (ADIT) hisoblanadi. Ushbu tizim hozirgi kunda O'zbekiston 
Respublikasi ichki ishlar organlarining barcha markaziy va o'rta bo'g'in ekspert-
kriminalistika xizmatlarida o'rnatilgan. Ushbu tizim haqida quyidagilarni keltirib 
o’tish joiz; 

Download 234.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling