4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja


Download 255.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana01.11.2023
Hajmi255.21 Kb.
#1738840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy

qonuniylik prinsipi 
bo„lib, ungamuvofiq
sodir etilgan 
qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat 
kodeksi bilan belgilanadi, shu orqali jinoyat qonunini 
o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash 
man etiladi
. Hech kim sudning hukmi bo„lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb 
topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir 
etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va 
majburiyatlarni bajaradi (JKning 4-moddasi). 



Jinoyat kodeksining 5-moddasida jins, irq, millat, til, din, ijtimoiy kelib chiqish, 
e‟tiqod, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat‟i nazar, 
fuqarolarningqonun oldida 
tengligi prinsipi mustahkamlangan.
Jinoyat kodeksining 6-moddasida qayd etilgan 
demokratizm prinsipi
jamoat 
birlashmalari, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat 
sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishida qonunda nazarda tutilgan hollarda 
ishtirok etishlarini nazarda tutadi. 
Insonparvarlik prinsipiga binoan 
jazo va boshqa huquqiy ta‟sir choralari 
jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko„zlamaydi 
(JKning 7-moddasi). 
O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tizimida inson 
qadr-qimmatini kamsitgan va ma‟naviy azob bergan surgun qilish
2
, badarg„a qilish
3
hamda tarbiya-mehnat profilaktoriyasiga yuborish kabi g„ayriinsoniy jazo turlari 
nazarda tutilmagan. 
Oldin amal qilgan Jinoyat kodeksida nazarda tutilmagan 
odillik prinsipiga 
asosan 
jinoyat sodir etishda aybdor bo„lgan shaxsga nisbatan qo„llaniladigan jazo 
yoki boshqa huquqiy ta‟sir chorasi odilona bo„lishi, ya‟ni jinoyatning og„ir-
yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo„lishi 
kerak (JKning 8-moddasi). 
Ayb uchun javobgarlik prinsipiga muvofiq 
hech bir qilmish, qay darajada xavfli 
oqibatlar keltirib chiqarishidan qat‟i nazar, 
aybsiz holda sodir qilingan taqdirda, 
jinoyat sifatida e‟tirof etilmaydi. 
Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan 
ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo„ladi (JKning 9-moddasi). 
Jinoyat 
to„g„risidagi qonun hujjatlarini liberallashtirish O„zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining qabul qilinishidan keyin ham davom ettirildi. 
Masalan, jazo chorasi sifatida o„lim jazosini ko„zda tutgan jinoyat tarkiblar soni 
qisqartirilgan, ozodlikdan mahrum qilish o„rniga iqtisodiy jazo choralarini qo„llash 
imkoniyati kengaytirildi.
O„zbekiston Respublikasi 1999 yil 20 avgustdagi Qonuni
4
bilan Jinoyat 
kodeksining 8 ta moddasiga qo„shimchalar kiritildi. Ularga muvofiq yetkazilgan 
moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish 
tariqasidagi jazo qo„llanilmaydi. Ushbu tajriba jinoyat to„g„risidagi qonun hujjatlarini 
yanada liberallashtirishda ijobiy rol o„ynadi. 
 

2
Surgun qilish mahkumni muayyan boshqa bir joyda yashash uchun majburiy ravishda ko„chirib, uni turar joyidan 
haydashdan iboratdir (1959 yildagi JKning 24-moddasi). 
3
Badarg„a qilish mahkumni yashab turgan joyidan haydab yuborish bilan muayyan joylarda turishini ham taqiqlashdan 
iboratdir (1959 yildagi JKning 25-moddasi). 
4
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y., 9-son, 229-modda.




Download 255.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling