8-mavzu: Madaniyat, sivilizatsiya va qadriyatlar falsafasi. (2 soat). Ma’ruza rejasi


Download 82.66 Kb.
bet1/9
Sana21.04.2023
Hajmi82.66 Kb.
#1371833
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8 мавзу Маданият, цивилизация ва қадриятлар фалсафаси


8-mavzu: Madaniyat, sivilizatsiya va qadriyatlar falsafasi.
(2 soat).
Ma’ruza rejasi:

  1. Madaniyat falsafasi.

  2. Sivilazatsiya tushunchasi va uning tipologiyasi.

  3. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya). Qadriyatlar tiplari tasnifi.



Tayanch tushuncha va atamalar: madaniyat, moddiy va ma’naviy madaniyat, madaniyat taraqqiyoti qonunlari, madaniyatda milliylik va umuminsoniylik, “ommaviy madaniyat”, sivilizatsiya, sivilizatsiya tiplari, tarixni bilishga monistik va plyuralistik, chiziqli va siklik (davriy), formatsion va sivilizatsion yondashuvlar, qadriyat, aksiologiya, qadriyatlar tiplari, qadriyaviy yondashuv, milliy qadriyatlar.


1-savol bayoni: Madaniyat –insoniyat borlig‘ining eng murakkab va ko‘p o‘lchovli hodisalardan biridir. U ko‘p tarmoqli strukturaga, ko‘p funksiyalarga, shakl va har xil turlarga ega. «Madaniyat» atamasi arabcha «madina» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «shahar» degan ma’noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib, birini badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa O‘rta asrlarda ham madaniyat tushunchasi shahardagi turmush tarzi va sivilizatsiya ne’matlari bilan bog‘langan. Markaziy Osiyoda madaniyat axloq ko‘rinishida shakllangan. Shu bois eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha ham yurtimizda ma’naviy madaniyat, go‘zallikka intilish, san’atni qadrlash kabilar ustuvorlik qiladi. Uyg‘onish davrida madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi sifatida qaralgan. Shu davrda madaniyatni ma’naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san’at, falsafa, din bilan bog‘lash odati paydo bo‘lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari majmui sifatida, ma’naviy faoliyat antik an’anasining davomi sifatida e’tirof etilgan. Ushbu ma’noda madaniyat tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o‘rin olgan XVIII asrgacha amal qilgan.
Ma’rifat davri faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil va o‘ziga xos jabhasi sifatida qaraydilar. Ularning talqinida jamiyat va shaxs hayotining barcha sohalarida aql, oqilonalik tamoyillarining qaror topishi madaniyatning eng muhim jihatidir. Aqlning vazifasi insoniyat oldiga umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarni qo‘yish va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘ziga bo‘ysundirishdan iborat. Ma’rifat davrida madaniyat deb hisoblash mumkin bo‘lgan narsalarni saralash mezonlari yaratildi. Madaniy faoliyat intellektual, ijodiy, samarali, novatorlik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lishi, ya’ni nafaqat yaratishi, balki inson imkoniyatlari sohasini tinimsiz kengaytirishi lozim edi. Ammo madaniyatning asl mohiyati, uning o‘ziga xosligi inson aqlining mutlaq erkinligi sifatidagi ma’naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi.
Shunday qilib, xulosa o‘rnida madaniyatni tushuntirish va ta’rif berishda bir nechta asosiy yondashuv va g‘oyalarni qarab chiqamiz,

Download 82.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling