8-mavzu: Madaniyat, sivilizatsiya va qadriyatlar falsafasi. (2 soat). Ma’ruza rejasi


Madaniyatning shakllari va turlari


Download 82.66 Kb.
bet3/9
Sana21.04.2023
Hajmi82.66 Kb.
#1371833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8 мавзу Маданият, цивилизация ва қадриятлар фалсафаси

Madaniyatning shakllari va turlari. Madaniyatni umumiy tarzda ikki asosiy shaklga: ma’naviy va moddiyga ajratadi. Bu bo‘linishni shartli ravishda qabul qilish kerak, chunki ma’naviy madaniyat hodisasi, odatda moddiy madaniyatning ma’lum shakllarida mavjud. Masalan, muqaddas yozuvlar, ibodatxona devorlaridagi rasm, toshlarda chizilgan rasm, manuskrit (qo‘lyozma), kitob ko‘rinishida mavjud. Ilmiy yutuqlar ma’lum monografiyalar, priborlar, apparatlar, narsalar va qo‘shilmalar, karta, atlaslar, qog‘ozda yozilgan formulalar yoki kompyuter xotirasi kabi shakllarida ham mavjud.
Ma’naviy madaniyat shakllariga – ma’naviy ta’limot, axloq, mifologiya, din, falsafa, fan, xuquq, maorif, san’at va boshqalar kiradi. Moddiy madaniyat shakllariga esa kitoblar, san’at va ibodat predmetlari, me’morlik, priborlar, mashinalar, mexanizmlar, bezak va boshqalar daxl bo‘ladi.
Inson va jamiyatga nisbatan madaniyatning ikki turi – shaxs madaniyati va ijtimoiy madaniyat tushunchasi ishlatiladi. Unisi ham bunisi ham madaniyatning ko‘p jihatlarini o‘z ichiga oladi. Ulardan eng muhimlari: axloqiy madaniyat, diniy madaniyat, ilmiy – falsafiy madaniyat, siyosiy madaniyat, huquqiy madaniyat, iqtisodiy madaniyat, ekologik madaniyat, estetik madaniyat, turmush madaniyati, mehnat madaniyati, jismoniy madanyat, ovqatlanish madaniyati.
Madaniyatning ana shu jihatlari asosida inson va jamiyatning ma’naviy, ijtimoiy –siyosiy va boshqa rivojlanish darajasini aniq baholash mumkin.
Madaniyat funksiyalari. Ijtimoiy hodisa sifatida madaniyat ko‘p sonli funksiyalarni bajaradi va jamiyat rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Madaniyatning asosiy funksiyalariga:

  • ma’rifiy, ya’ni bilish (evristik) funksiyasi. Inson ruhining har xil ijodiy yutuqlarida ob’ektiv voqelikni aks ettirish. Madaniyat inson dunyosini o‘zlashtirishning alohida uslubi bo‘lib, unda uning har xil shakllari (din, falsafa, fan, huquq, san’at va boshqalar) insoniyat tajribalarini tizimlashtirish va dunyoni tushunishning (ratsional, sezgi, irratsional, an’anaviy) vositalari hisoblanadi.

  • axborot (informativ) funksiyasi. Yangi avlodlarni ijtimoiylashtirish va to‘plangan tarixiy tajribalarni yetkazish. Boshqacha aytganda, madaniyat insoniyat barcha yutuqlarining to‘plangan, saqlanadigan joyi. U yangi avlodlarni ajdodlar yutuqlari va tajribasi dunyosiga kiritadi, uni qabul qilish va o‘zlashtirishga imkon beradi.

  • kommunikativ (aloqa, munosabat, muloqot o‘rnatish) funksiyasi;

  • tartibga solish (regulyativ) funksiyasi. Ilmiy bilimlar, g‘oyaviy va siyosiy farmoyishlar, yuridik qonunlar, ijtimoiy tarz va diniy an’analar, axloq me’yorlari yordamida odamlar hayotini tashkil qilish va tartibga solish.

  • baholash (aksiologik) funksiyasi kabilar kiradi. Inson va jamiyatni takomillashtirish. Asrlar tajribasini yig‘ib, madaniyat, san’at va ma’naviy yasamalik, bilim va amaliyot, axloq va huquq yutuqlarining tarixiy ahamiyatini ko‘rish va baho berishda odamga imkon beradi.

Madaniyat inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladi, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy kichik tizimlarini birlashtiradi. Ammo madaniy jarayon chegarasi sivilizatsiya, uning me’yorlari bilan belgilanadi. Madaniyat sivilizatsiyada chuqur ildiz otgan bo‘lib, u bilan bir jon va bir tan hisoblanadi. Madaniyat va sivilizatsiyaning o‘zaro aloqasi shu darajada kuchliki, aksariyat faylasuflar va olimlar bu tushunchalarni ayniy deb hisoblaydilar.
Demak, madaniyat – insonning faoliyati jarayoni va uning oqibatida yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar bo‘lib, shaxsni shakllantirish va kamolotida muhim omil bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.

Download 82.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling