8-mavzu: Madaniyat, sivilizatsiya va qadriyatlar falsafasi. (2 soat). Ma’ruza rejasi


Download 82.66 Kb.
bet2/9
Sana21.04.2023
Hajmi82.66 Kb.
#1371833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8 мавзу Маданият, цивилизация ва қадриятлар фалсафаси

Birinchidan, “Tabiat” (yovvoyi tabiat)ning “madaniyat” (insoniyat jamiyat yoki tabiatni yaxshilash) dan farqi to‘g‘risidagi g‘oya. Bu yerda insoniyatning faol ijodiy asosi va uning yaratuvchanlik faoliyati ko‘rsatiladi. Bunday yondashuvda “jamiyat” va “madaniyat” tushunchalari deyarli bir biriga qo‘shilib ketadi.
Ikkinchidan, madaniyat jamiyat tomonidan yaratilgan qadriyatlar yig‘indisi to‘g‘risidagi g‘oya. Bu yerda ijtimoiy hayotning qadriyatlar (aksiologiya) jihatiga diqqat qaratiladi.
Biroq, eng qamrovlisi uchinchi yondashuv bo‘lib, unda madaniyat insoniyatning barcha eng yaxshi ijodiy yutuqlarining sintezi ( ijtimoiy jihat), shuningdek odamga insoniylik o‘lchovi - uning aqllilik va jo‘shqinligi o‘lchovi (shaxsiy jihat) sifatida qabul qilinadi.
Madaniyatning hozirgi talqini mazkur tavsiflarni o‘z ichiga oladi. Madaniyat tushunchasining mazmuni moddiy va ma’naviy qadriyatlar, ularni yaratish, ajdodlar tajribasini o‘zlashtirib, undan yangi qadriyatlar yaratish uchun foydalanishga qodir bo‘lgan insonni shakllantirish usullari tizimidan iborat.
Madaniyatning ichki tuzilishi. Har qanday madaniyatning ichki tuzilishi uning amal qilish xususiyatlari bilan belgilanadi. Madaniyatning borlig‘i insoniyat tajribasini o‘zida mujssamlashtirgan alohida madaniy predmetlilikni yaratuvchi sub’ektning o‘ziga xos faoliyati bilan ta’minlanadi. Shundan kelib chiqib madaniyatning quyidagi muhim elementlarini farqlash mumkin:
- madaniyat sub’ekti;
- inson faoliyati;
- madaniy predmetlilik;
- madaniyatning asosiy funksiyasi – ajdodlar ma’naviy tajribasini saqlash, avloddan-avlodga o‘tkazish va o‘zlashtirishni amalga oshirish bilan bog‘liq odamlar o‘rtasidagi aloqalar.
Madaniy predmetlilik keng tushuncha bo‘lib, u jamiyatdagi bilimlar, ko‘nikmalar, me’yorlar va qadriyatlarni gavdalantiruvchi barcha narsalarni qamrab oladi. U moddiy madaniyat elementlari - moddiy ishlab chiqarish vositalari, mahsullari va infratuzilmasini, ro‘zg‘or buyumlari va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Madaniy predmetlilik til va nutqda, axloqiy xulq-atvor va san’at asarlarida, huquqiy va siyosiy xulq-atvorda, ilmiy asarlar va diniy rasm-rusumlarda mujassamlashgan ma’naviy madaniyatni ham qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyat bir-biri bilan uzviy bog‘liq.

Download 82.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling