8-mavzu: Madaniyat, sivilizatsiya va qadriyatlar falsafasi. (2 soat). Ma’ruza rejasi


Download 82.66 Kb.
bet5/9
Sana21.04.2023
Hajmi82.66 Kb.
#1371833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8 мавзу Маданият, цивилизация ва қадриятлар фалсафаси

Shaxs madaniyati. Hozirgi hayotda biz “madaniyatli odam” degan tushunchani tez-tez ishlatamiz. U nimani anglatadi? Madaniyatli odam qanday bo‘lishi kerak, u nimani bilishi, qila bilishi, o‘zini qanday tutishi, odamlarga qanday munosabatda bo‘lishi kerak?
Ma’lumki, odamni “madaniyatlashtirish”da maorif muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotli odam – mas’uliyatli odam degan fikr bor. Balkim shunday bo‘lishi kerakdir. Biroq amalda hamma vaqtda ham shunday emas. Hozirgi maorif tizimining fojeasi shundaki, u ba’zan yosh odamga axborot beradi, kasbiy malakaga o‘rgatadi, lekin uning umummadaniy imkoniyatini kam rivojlantiradi. Uning har tomonlama jo‘shqinligiga kam yordam beradi Natijada o‘zining kasbidan boshqani bilmaydigan, qilaolmaydigan yomon bo‘lmagan mutaxassislar paydo bo‘ladi. O‘z hayoti ma’nosi va uning axloqiy tamoyillarini bilmaydi; qiyinchilikka qarshi turishni, jamiyatda o‘zini tutishni bilmaydi, o‘zining yaqinlari va tabiat to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilaolmaydi.
Madaniyatli odam – bu jo‘shqin, har tomonlama rivojlangan shaxs. Yuqorida biz shaxs madaniyatlarining asosiy jihatlarini qayd qildik. Ko‘rdikki u nafaqat bilimdan, balki odob – axloq qoidalaridan ham iboratdir. Uning asosini o‘z ongi orqali sezilgan, anglagan shaxsiy dunyoqarashning fundamental blokida qayta yoritilgan axloqiy, falsafiy, huquqiy tamoyillar tashkil qiladi. Madaniyatli odam – axloqiy pok, huquqiy, falsafiy fikrlaydigan va estetik nafis shaxsdir.
Hozirgi hayotda siyosiy, ekologik va kasb-mehnat madaniyati katta ahamiyatga ega. Demokratiya sharoitida siyosiy jarayonlar va dasturlar mohiyatini tushunish o‘ta muhim, axir ma’lum partiyalarga yoki siyosiy liderlarga ovoz berib, biz o‘z kelajagimizni boshqaramiz, o‘z taqdirimizni tanlaymiz. Fan-texnika inqilobi va sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishi sharoitida insonning texnologik qudrati oldida tabiatning himoyasiz ekanligini anglash muhim, shuning uchun ham tabiat bilan o‘zaro foydali hamkorlikka intilish kerak. Odamning mehnat faoliyati madaniyatdan chekkada tura olmaydi. Mehnat madaniyati o‘z majburiyatiga javobgarlik munosabatida bo‘lishni, yuqori sifatga intilish, kasbiy axloq – odob, mahsulotini estetik takomillashtirishni talab qiladi.
Hozirgi hayotda turmush va jismoniy madaniyat, ovqatlanish madaniyati muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri tashkil qilingan turmush, mashqlar va sog‘lom ovqatlanish yordamida organizmning jismoniy tonusini ushlab turish, zararli odatlarni (g‘azablanish, beboshlik, alkogol va narkotikka qiziqish, chekish) tugatish, nafaqat odamning umumiy madaniy rivojlanishiga yordamlashadi, balki uning umrini uzaytiradi, ijodiy imkoniyalarini, ishchanligini oshiradi.

Download 82.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling