4-mavzu: qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari reja


Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash


Download 116.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana02.11.2023
Hajmi116.1 Kb.
#1739226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-mavzu qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini ya

Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sud-xuquq sohasida amalga oshirilgan 


islohotlar sud xokimiyatining fuqarolarning xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga xizmat kildi. Sud tizimining 
demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli 
va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy xuquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada 
kuchaytirish hamda sudlarning ixtisoslashuvini amalga oshirishga qaratilgan 
normativ-xuquqiy baza yaratildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-xuquq 
tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya 
qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF 4850-son Farmoni 
sud-xuquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish sohasida davlat 
siyosatini yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur Farmon bilan sud-xuquq tizimini 
yanada isloh qilish, fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 
kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiklanib, 
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, shu jumladan ilgor xorijiy tajribani o‘rganish 
asosida fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlarining vakolatlarini 
qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan ma’muriy sudlarni tashkil etish bo‘yicha zarur 
vazifalar belgilandi. 
Sudyalarning vakolat muddati nisbatan qisqa ekanligi amaliyotda sudyalarning 
mustaqilligiga zarar yetkazish extimolini kuchaytiradi. Shunday xolatlar bo‘ladiki, 
sudyaning o‘z xizmat vazifalarini bajarishga printsipial yondashuvi sub’ektiv 
baxolanishi uning nomzodini keyingi muddatga ko‘rsatilmay qolishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiqlangan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari 
yili» Davlat dasturining 2.1-bandida boshqa 
masalalar 
qatori 
sudyalarning 
mustaqilligi va beg‘arazligi printsipining so‘zsiz amal qilishini ta’minlashga 
qaratilgan qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Xususan, «Xalq bilan muloqot va 
inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 2.1-yo‘nalishida sudya lavozimida 
bo‘lishning ilk marotaba 5 yillik, keyin 10 yillik muddatini va shundan so‘ng 
muddatsiz davrini belgilash nazarda tutilgan.
Davlat dasturida nazarda tutilganidek, sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori 
yoshini belgilash sud tizimida katta xayotiy va kasbiy tajribaga ega bo‘lgan 
sudyalarni saqlab qolish va ularning saloxiyatidan yosh sudyalarni tarbiyalash 
hamda kasbga o‘rgatish jarayonida keng foydalanish orqali odil sudlovni amalga 
oshirish sifatini yanada ko‘tarish va sud xokimiyati mustaqilligini ta’minlashga 
xizmat kiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi sudyalarni tanlash va 
lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasi negizida sud 
xokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish bu kengash 
faoliyatida sudyalarning faol ishtirok etishi, sudyalarning xuquqlari na qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish, sud xokimiyati mustaqilligini 
ta’minlash manfaatlariga xizmat kiladi. Bu, o‘z navbatida, sudyalarni intizomiy 
javobgarlikka tortish borasidagi sud raislari vakolatlarining bekor qilinishiga olib 


kelib, natijada sudyaning sud raislari tazyiqisiz ishlarni xal qilishi va muayyan 
ishlarni mazmunan ko‘rib chiqishda chinakam mustaqil bo‘lishiga olib keladi. 
Qisqacha aytganda Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga 
oshirilishi sudyalarning mustaqilligi na beg‘arazligini ta’minlash barobarida 
fuqarolarning xuquq va erkinliklari hamda ularning va yuridik shaxslarning qonuniy 
manfaatlarini sud tartibida himoya qilish kafolatlarini kuchaytiradi, odil sudlovni 
amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini kengaytiradi. 

Download 116.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling