bo‘ladigan jinoyatlar sonini kengaytirish mamlakatimizda yanada ko‘proq
shaxslarni sudlanganlik xolatidan saqlab qoladi;
uchinchidan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, bozor
munosabatlari asoslariga
muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani
to‘xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlikni bekor qilish ham
ushbu loyixada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ladi.
Ushbu yo‘nalishda iqtisodiyot sohasidagi,
jumladan, xo‘jalik faoliyati sohasidagi
ayrim ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni O‘zbekiston
Respublikasining
Jinoyat kodeksidan batamom chiqarib tashlash, buning
evaziga mazkur sohada
birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar to‘g‘ri yo‘lga qaytsa, ularning qonun
buzish xolatlari va uning natijasida yetkazilgan zarar
bartaraf etilsa hamda ular
tadbirkorlik faoliyatini qonuniy amalga oshirishni boshlasa,
bunday toifadagi
shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: