4-mavzu: Saqlash omborlarini turlari va tuzilishi va o‘lchamlari. Reja


Download 35 Kb.
bet4/5
Sana09.01.2022
Hajmi35 Kb.
#257337
1   2   3   4   5
Bog'liq
4[1]

2.3. Derazalar

Derazalar maydoni tashqi devorlarning umumiy maydonidan 35-50 % va undan ortiq maydonini tashqil etadi. Xisoblarda bu ko‘rsatkichni pol maydonidan 1/6 yoki 1/7 qsimini olish mumkin.

Ish joylarni yaxshi yoritish uchun derazagacha bo‘lgan masofa 12 m dan oshmasligi kerak.

Gisht devorlarida derazalarning eni 1.5, 3, 4,5 m balandligi 1,2; 1,8; 2,4; 3,0 m va xokazo bo‘lishi mumkin.

Panel devorli binolarda uzunligi 6m balandligi 1,2 va1,8 m bo‘lgan lentali derazalar o‘rnatiladi.
2.4. Eshiklar

Korxonalarda asosan yog‘och yoki temir eshiklar bo‘ladi. Eshiklarning joylashtrilishiga ham e’tibor berish kerak. Sex va xom ashyo ombori, sex va tayyor mahsulot ombori orasida,sexning hamma xonalar orasida eshiklar bo‘lishi shart. Kishda xarorat –20 0S pasayish extimoli bo‘lganda tashqi eshiklar oldida tamburlar qilinadi.

Eshiklar balandligi 1,8; 2,0; 2,3; 2,4m, eni bittalik eshiklar uchun 1,2 m, ikkitalik-1,0; 1,2; 1,4; 1,6; 2,0 m.

Binolarda evakuatsion chikishlar ikkitadan kam bo‘lmasligi lozim; birinchi qavatda to‘g‘ri kuchaga yoki koridorga, yuqori qavatlarda tashqariga (evakuatsion zinapoya) yoki zinapoyaga chikadigan eshiklar bo‘ladi.

Ish joyi va chikishlar orasidagi masofa korxonaning yonginga xavfsizlik darajasiga bog‘liq. A-darajasiga kiradigan korxonalar uchun bu masofa 1-qavatli binolarda 30 m ko‘p qavatli binolarda 25 m; B va V darajada 75 va 50 m tashqil etadi. G va D darajada bu masofa cheklanmaydi. Eshiklar tashqariga ochilishi kerak.

Konserva va vinochilik korxonalar, omborxonalari D darajaga kiradi.

Yuk mashinalar uchun katta darvozalar o‘rnatiladi. Ularning o‘lchamlari (eni x balandligi) 3x3 yoki 4x3 m; samosval uchun 3x3, 3x4, 4x4,2 m; avtokranlar uchun 3x3,6 va 4x4,2 m.

Zinapoyalar. Znapoyalar temir betondan tayyorlanib asosan binolar ichida quriladi. Zinapoyalarning eni 1,15; 1,35 yoki 1,75 m. Zinapoya maydonchalarning o‘lchamlari: 2x0,92; 2,4x1,12; 3,2x1,52;balandligi 0,25 m.


2.5. Pollar

Ishlab chiqarish sexlarining pollari sillik, suv o‘tkazmaydigan bo‘lib kiyaligi 1-2% tashqil etadi.

Qayta ishlash korxonalarning ishlab chiqaradigan sexlarining tozaligi yuqori darajadi bo‘lishi kerak. Ularning pollari oson yuviladigan kalinligi 10-13 mm keramik plitalarda qilinadi. Bunday pollar kislota va asoslar ta’siriga chidamli bo‘ladi va suvni o‘tkazmaydi.

Xom ashyo maydonchalari, sovutish xonalar omborlarning pollari asfaltbetondan qilinadi. Ular mustaxkam, elastik suvni o‘tkazmaydi va oson tiklanadi.

Bug‘latkichlar, avtoklavlar, qizdirgichlar turadigan xonalarda asfalt pollari kilinmaydi.

Laboratoriya xonalarida, maishiy xonalarda pollar sintetik material bilan qoplanadi.

Namligi yuqori bo‘lgan sexlarda (masalan tuzlash sexlari), sovutkichlarda sement yoki beton pollari qilinadi.


Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling