4-mavzu: Saqlash omborlarini turlari va tuzilishi va o‘lchamlari. Reja


Ishlab chiqarish sexlarning elementlari


Download 35 Kb.
bet3/5
Sana09.01.2022
Hajmi35 Kb.
#257337
1   2   3   4   5
Bog'liq
4[1]

2.Ishlab chiqarish sexlarning elementlari

2.1. Poydevorlar

Kolonnalar uchun poydevorlar temir betondan tayyorlanadi. Tashqi devorlar uchun lentali temirbeton poydevorlar qilinadi. Iqtisodiyot nuktai nazardan yig‘iladigan poydevorlar ancha arzon bo‘ladi.

Poydevorni quyish chukurligi yer tuzulishiga bog‘liq.
2.2.Devorlar

Devorlar. O‘zini ko‘taradigan devorlar tusik konstruksiyalar vazifasini bajaradi. Asosiy yuklama karkasga tushadi. Karkas temir beton kalonnalar va regillardan iborat. Regillar bu qisqa kundalang balkalar bo‘lib, devorlarning aloxida uchastkalarini balandligida ushlab turadi.

Ko‘taradigan devorlar o‘z massasi va shiptlarni qoplanish massasiga rejalashtiriladi.

Devor mayda va yirik bloklardan yig‘ilgan, monolit butun va yirik panellardan yig‘ilgan bo‘ladi.

Gisht devorlar 1,5, 2 yoki 2,5 gisht, ya’ni 0,38; 0,51 va 0,64 m kalinligida bo‘ladi. Ba’zida ichi bush (teshikli) yoki yengil g‘ovakli gishtlar ishlatiladi. Ularning issiqlik o‘tkazuvchan past bo‘lganligi sababli devorlar kalinligini kamaytirish imkoniyatini beradi. Devorlar balandligi 8m.cha bo‘ladi, uzunligi 12 m dan oshmasligi kerak

Yirik bloklardan yig‘ilgan devorlar tabiiy materialdan (masalan tosh) yengil va silikat betonlardan tayyorlanadi, kalinligi 0, 39; 0,49; 0,59 yoki 0,74 m bo‘lishi mumkin.

Monolit devorlar ham beton aralashmasini to‘g‘ri opalubkalarga quyish orqali tayyorlanadi, Bunday devorlarning kalinligi 0,25-0,45 m.

Sanoat qurilishida mayda butun va ichi bush beton yoki silikalsit va tuldirgichlardan (shlak, pemza) tayyorlangan bloklar ishlatiladi. Ular gishtdan yengil va arzon bo‘ladi.

Panel binolari aloxida plitalar (panel)dan yig‘iladi. Beton yoki yengillashtirilgan keramzit betonli panellarning kalinligi 0,2, 0,25 va 0,3m, uzunligi 6m, balantligi 1,2 yoki 1,8m.

Yengillashtirilgan konstruksiyalar pulat, alyuminiy va profilirlangan shishadan tayyorlanadi.

Isitiladigan binolar yengil va teshikli betondan tayyorlangan yoki asbotsementli panellardan quriladi. Isitilmaydigan binolar uchun yengil karkaslar va tusik konstruksiyalar asbotsmentdan tayyorlanadi.

Ishlab chiqarish sexlarni tayyor mahsulot omborlaridan ajratadigan

devorlarda yonmaydigan eshiklar o‘rnatiladi.

Ichki tusiklar. Vinochilik va konserva zavodlarning ishlab chiqarish sexlarida havo nisbiy namligi yuqori bo‘ladi. Shu sababli ichki tusiklar keramzit va shlak betonlardan yoki gishtdan tayyorlanadi, kalinligi 8-10 sm yoki yarim gisht.

Ular asosan kolonnalarga kushib o‘rnatiladi. Sexlar yorug bo‘lishi uchun yuqori qsimi shisha bloklardan qilinadi. Sex ichida omborxonalar uchun pulat tusiklari ishlatiladi. Yog‘och tusiklar ishlatilmaydi.

Ishlab chiqarish sexlarning devorlari sement bilan shuvalanadi va oxak bilan oklanadi, 1,8 m balandlikda keromik plitkalar bilan qoplanadi.



Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling