lower() funksiyasi satrni kichik harfga, upper() funksiyasi esa uni bosh harfga o‘zgartiradi.
str1 = "Tom"
str2 = "tom"
print(str1 == str2) # False – satrlar teng emas
print(str1.lower() == str2.lower()) # True
ord и len funksiyalari
Satr Unicode belgilarni o'z ichiga olganligi sababli, Unicode belgisining raqamli qiymatini olish uchun ord() funktsiyasidan foydalanishimiz mumkin:
print(ord("A")) # 65
Satr uzunligini aniqlash uchun len() funksiyasidan foydalanamiz:
string = "hello world"
length = len(string)
print(length) # 11
Satrdan izlash
“term in string” ifodasi yordamida string satridan term qism satrini izlab topishimiz mumkin. Agar qism satr mavjud bo’lsa ifoda True qiymatni, aks holda False qiymatni qaytaradi:
string = "hello world"
exist = "hello" in string
print(exist) # True
exist = "sword" in string
print(exist) # False
Satrlarning asosiy metodlari
Matnli satrlarda qo'llashimiz mumkin bo'lgan asosiy string metod (funksiya)larini ko'rib chiqamiz:
S.find(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini izlash. Satr ostining birinchi belgisini o`rinini qaytaradi, agar satrda satr osti bo`lmasa -1ni qaytaradi.
S.rfind(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini axtarish. Oxirgi kirish raqamini yoki 1 ni qaytaradi
S.index(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini axtarish. Birinchi kirish raqamini qaytaradi yoki ValueError istisnosini chaqiradi
S.rindex(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini axtarish. Oxirgi kirish raqamini qaytaradi yoki ValueError istisnosini chaqiradi
S.replace(shablon,almashuv)- Shablonni almashtirish
S.split(belgi)- Satrni har bir so`zini alohida alohida ajratib chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |