If shartli tarmoqlanish operatori. If konstruksiyasi, if-else konstruksiyasi,
if-elif else konstruksiyasi. while sikl operatori, break va continue operatorlari, for sikl operatori
Shartli ifodalar
Bir qator amallar shartli ifodalarni tashkil etadi. Ushbu amallarning barchasi ikkita operandni oladi va Pythonda bool turini ifodalovchi mantiqiy qiymatni qaytaradi. Faqat ikkita mantiqiy qiymat mavjud - True (ifoda to'g'ri) va False (ifoda noto'g'ri).
Taqqoslash amallari
Eng oddiy shartli ifodalar ikki qiymatni taqqoslaydigan taqqoslash amallaridir. Python quyidagi taqqoslash operatsiyalarini qo'llab-quvvatlaydi:
Ikkala operand ham teng bo’lsa True qiymat qaytaradi. Aks holda False qaytaradi.
Ikkala operand ham teng bo’lmasa True qiymat qaytaradi. Aks holda False qaytaradi.
Agar birinchi operand ikkinchisidan katta bo’lsa True qaytaradi.
Agar birinchi operand ikkinchisidan kichik bo’lsa True qaytaradi.
Agar birinchi operand ikkinchisidan katta yoki teng bo’lsa True qaytaradi.
Agar birinchi operand ikkinchisidan kichik yoki teng bo’lsa True qaytaradi.
Taqqoslash amallariga misollar:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
|
a = 5
b = 6
result = 5 == 6 # amal natijasini o’zgaruvchiga o’zlashtiryapmiz
print(result) # False - 5 teng emas 6 ga
print(a != b) # True
print(a > b) # False - 5 teng 6 ga
print(a < b) # True
bool1 = True
bool2 = False
print(bool1 == bool2) # False - bool1 teng emas bool2 ga
|
Taqqoslash amallari turli obyektlarni - satrlarni, raqamlarni, mantiqiy qiymatlarni solishtirishlari mumkin, ammo operatsiyaning ikkala operandlari ham bir xil turni ifodalashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |