4-mavzu: shart operatorlari va sikllar


Sikldan chiqish. Break va continue


Download 42.54 Kb.
bet9/20
Sana14.03.2023
Hajmi42.54 Kb.
#1266970
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Python. 2-maruza

Sikldan chiqish. Break va continue
Biz siklni boshqarish uchun maxsus break va continue maxsus operatorlaridan foydalanishimiz mumkin. break operatori sikldan chiqishni ta’minlaydi. continue operatori esa siklning keyingi iteratsiyasiga o'tishni bajaradi.
Agar siklda uning keyingi bajarilishiga mos kelmaydigan shartlar hosil bo'lsa, break operatoridan foydalanish mumkin. Quyidagi misolni ko'rib chiqamiz:

1
2
3
4
5
6

number = 0
while number < 5:
number += 1
if number == 3 : # agar number = 3 bo’lsa, sikldan chiqilsin
break
print(f"number = {number}")

Bu yerda while sikli number<5 shartni tekshiradi. Va number o’zgaruvchisi 5 ga teng bo'lmagunga qadar, number o’zgaruvchisining qiymati konsolda chop etiladi deb faraz qilinadi. Shu bilan birga, sikl ichida yana bir shart ham tekshiriladi: if number == 3. Ya'ni number o’zgaruvchisining qiymati 3 bo'lsa, u holda break operatori yordamida sikldan chiqamiz. Va oxirida biz konsol oynasida quyidagi natijani olamiz:
number = 1
number = 2
Break operatoridan farqli o'laroq, continue operatori siklning keyingi iteratsiyasiga uni tugatmasdan o'tadi. Misol uchun, oldingi misolda break ni continue bilan almashtiring:

1
2
3
4
5
6

number = 0
while number < 5:
number += 1
if number == 3 : # Agar number = 3 bo’lsa, sikl keyingi iteratsiyaga o’tadi.
continue
print(f"number = {number}")

Va bu holda, agar number o'zgaruvchisining qiymati 3 bo'lsa, continue operatoridan keyingi keyingi amallar bajarilmaydi:
number = 1
number = 2
number = 4
number = 5



Download 42.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling