4-mavzu: shart operatorlari va sikllar


-MAVZU: MATNLI QATORLAR BILAN ISHLASH. STRING METODLARI


Download 42.54 Kb.
bet10/20
Sana14.03.2023
Hajmi42.54 Kb.
#1266970
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Python. 2-maruza

5-MAVZU: MATNLI QATORLAR BILAN ISHLASH. STRING METODLARI


Matnli o’zgaruvchilar. Bir va ko’p qatorli matnlar bilan ishlash. Matn elementlariga murojaat, String metodlaridan foydalanish.
Satrlar bilan ishlash
Satr qo'shtirnoq ichiga olingan Unicode belgilar ketma-ketligidir. Bundan tashqari, satrlarni aniqlash uchun Python sizga bitta va ikkita apostrofdan foydalanishga imkon beradi:
xabar = "Hello World!"
print(xabar) # Hello World!
name = 'Tom'
print(name) # Tom

Agar satr uzun bo'lsa, siz uni qismlarga bo'lishingiz va ularni turli xil kod satrlariga joylashtirishingiz mumkin. Bunda butun satr qavs ichiga olinadi, uning alohida qismlari esa qo’shtirnoq ichida:


text = ("Dasturlash tillari va texnologiyalari "
"Python dasturlash tili ")
print(text)

Agar biz ko'p qatorli matnni aniqlamoqchi bo'lsak, unda bunday matn uch qo'shtirnoq yoki uch apostrof ichiga olinadi:


'''
Bu izoh
'''
text = ''' Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon! 
'''
print(text)
Uchta bittalik apostrof (qo’shtirnoq)dan foydalanganda, ularni izohlar bilan aralashtirib yubormang: agar uchta bittalik qo'shtirnoq ichidagi matn o'zgaruvchiga o’zlashtirilgan bo'lsa, bu izoh emas, balki satrdir.
Satrda boshqaruvchi ketma-ketliklar
Satr bir qator maxsus belgilarni o'z ichiga olishi mumkin - boshqaruvchi ketma-ketliklar yoki escape ketma-ketliklari. Ulardan ba'zilari quyidagilar:
\: satr ichiga slash qo'shish imkonini beradi
\': satr ichiga bittalik qo’shtirnoq qo'shish imkonini beradi
\": satr ichiga ikkitalik qoʻshtirnoq qoʻshish imkonini beradi
\n: yangi qatorga o'tishni ta'minlaydi
\t: tabulyatsiya qo’shadi (4 probel)
Keling, ba'zi ketma-ketliklardan foydalanamiz:
text = "Xabar:\n\"Hello World\""
print(text)
Konsol natijasi:
Xabar:
"Hello World"
Garchi bunday ketma-ketliklar bizga ba'zi hollarda yordam berishi mumkin bo'lsa-da, masalan, satrga qo’shtirnoq qo'yish, jadval tuzish, boshqa qatorga o'tkazish. Lekin ular ham halaqit berib qo'yishlari mumkin. Masalan:
path = "C:\python\name.txt"
print(path)
Bu yerda path o'zgaruvchisi faylga yo'lni o'z ichiga oladi. Biroq, satr ichida "\n" belgilar mavjud bo'lib, ular escape ketma-ketligi sifatida talqin qilinadi. Shunday qilib, biz quyidagi konsol chiqishini olamiz:
C:\python
ame.txt
Bunday vaziyatni oldini olish uchun satr oldiga “r” belgisi qo'yiladi.
path = r"C:\python\name.txt"
print(path)

Download 42.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling