4-mavzu. Shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar (2soat)
Qobiliyat va tafakkurning uzviy bog’liqligi
Download 79.49 Kb.
|
МАЪРУЗА 4 (1)
Qobiliyat va tafakkurning uzviy bog’liqligi.
Tafakkur bu aqliy qobiliyatning bir turi bo‘lib ma’lumotlarni tahlil qilishda juda katta rol o‘ynaydi. Sababi, inson atrofdan qabul qilayotgan xabarlar ichida muhim va o‘ta maxsus ma’lumotlar ham aralashib yotibdi. Bunda tafakkurni rivojlantirish va uni ishlatish asosida axborotlarni sararalsh ko‘nikmasi ham rivojlantiriladi. Og‘zaki va yozma ma’lumotlarni qabul qilib uni tafakkur asosida qayta ishlagan insonning aqliy qobilyati ham shakllanib boraveradi. U orqali voqea-hodisa ongda aks etib, sezgi, idrok, tasavurni ishga solgan holda bilish jarayonini faollashtiradi. Tafakkurning asosi aqliy qobiliyatning rivojlangani va fikrlash tezligiga bevosita bog‘liq. Sababi, u orqali fikr, g‘oya va boshqa omillar rivojlanib boradi. Fikrlash qobiliyati esa nutqiy faoliyat orqali yuzaga keladi. Suhbat chog‘ida insonning hissiy mushohadasi boshqa kishilarda ham namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayonning kechishi inson faoliyatida aks etgan, u idrok qilgan, tasavvur etgan tushuncha va xulosalarni chin yoki yolg‘on ekanini isbotlashga harakat qiladi. Inson tafakkur orqali voqelikni umumlashtirib, uni o‘z fikrlari bilan bevosita ifoda etadi. Tushunish orqali voqea-hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini angaydi va uni tahlil qiladi. Xususan, mantiq qonunlaridan foydalanib jarayonning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq hukm chiqaradi. Tafakkurvoqelikni aks ettirishi, muammoni hal qilishi, inson uchun yangiligi va muhimligi darajasiga ko‘ra bir nechta turlarga ajratiladi. Xususan, amaliy, nazariy, mavhum, ijodiy va boshqalar. Kishilarning atrofdagi voqea-hodisalarni idrok etishi ham bevosita tafakkur bilan bog‘liq ravishda kechadi. Jumladan, ixtirolar, kashfiyotlar, innovatsion fikrlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi inson tafakkurining mahsulidir. Qobiliyat va tafakkurning uzviy bog‘liqligi mavhum tushuncha, biroq uni tajriba orqali isbotlash ham mumkin. CHunki har ikkalasi orqali kishining xulq-atvori, dunyoqarashi yaxshilanadi. Qobilyat ham tafakkur singari narsa va hodislarning mohiyatini tasavvur qilishni taqozo etadi. U shaxsning rivojlanishi va shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Mazkur tushunchalar kishidagi mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, qobiliyat ham, tafakkur ham insonda tug‘ma iste’dod natijasida yuzaga kelishi mumkin, biroq uni hayotiy tajriba orqali yuzaga keltirish va shakllantirishning ham iloji bor. Bunda inson o‘z ustida ishlashi, imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanishi talab etiladi. Inson shaxsiga alohida yondashuv orqali undagi iste’dodni yuzaga chiqarish va uni shakllantirish mumkin. Qobiliyat bilim va malakalarning o’zida ko’rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo’ladi ya'ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo’ladi. Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo’lib, shuning bilan birga u ma'lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko’nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar, hamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta'minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo’lga kiritiladi. qobiliyatli, ammo noshut inson ko’p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko’nikmada ro’yobga chiqadi. Demak, qobiliyat ko’nikma va malakalarning paydo bo’lishi jarayonida shakllanadi. Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, bilish ko’nikmasidir. Bu individual narsaning o’ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun boshlang’ich materialni ko’ra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi. Download 79.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling