4-Mavzu. Sifatni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy etish


ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi


Download 79 Kb.
bet2/6
Sana19.11.2023
Hajmi79 Kb.
#1786642
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Mavzu. Sifatni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy eti-1

4.2.ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi

1987 yil 9000 seriyali ISO standartlarining beshtasi nashr etilgan: ISO 9000, ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 va ISO 9004. 1986 yilda esa, sifat ta’minoti sohasidagi ISO 8402 atama va tushunchalarning uch tildagi lug’ati ishlab chiqilgan. ISO 9000 standarti esa, 9000 seriyali ISO standartlaridan qaysisini tanlash va qanday qo’llash bo’yicha yo’riqnomani o’z ichiga olgan. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 standartlari (“sifatni ta’minlash modellari”, deb ham ataladi) mahsulot hayotiy tsiklining turli bosqichlari uchun mo’ljallangan, sifat tizimiga qo’yilgan me’yoriy talablardan iborat bo’lib, mahsulot ishlab chiqaruvchining sifat tizimini baholashning, shu jumladan, bu tizimni sertifikatlashning me’yoriy bazasi bo’lgan:



  • ISO 9001. To’liq ishlab chiqarish jarayonining sifat tizimi – yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotishdan tortib, tayyor mahsulotga texnik xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi;

  • ISO 9002. Loyihalashtirishni o’z ichiga olmagan ishlab chiqarish jarayoni uchun, ya’ni, an’anaviy mahsulotni chiqarish uchun mo’ljallangan sifat tizimi;

  • ISO 9003. Faqat tayyor mahsulot nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (ishlab chiqarish jarayoni bunga kirmaydi) mo’ljallangan sifat tizimi, masalan: savdo tashkilotlari va vakolatxonalari;

ISO 9001 modeli eng umumiy bo’lib, boshqa ikki sifat modellarining ham talablarini o’z ichiga olgan. ISO 9004 standarti sifat tizimiga bo’lgan talablarni izohlovchi yo’riqnomalardan iborat bo’lib, korxonada sifat tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun mo’ljallangan.
T a’kidlash joizki, 9000 seriyali ISO standartlarini doimiy ravishda qayta ko’rib, yangilab borish talab etiladi. Birinchi marta ular 1994 yil iyulida qayta ko’rib chiqilgan. Standartlarga kiritilgan o’zgartirishlar 1987 yil standartlari tuzilishiga nisbatan asosiy yondoshuvlarga zid bo’lmagan va sifat tizimlari bo’yicha ilk standartlarni qo’llash borasidagi amaliy tajribani, hamda sifatni boshqarish sohasidagi taraqqiyotni aks ettirgan. Yanada kengaytirilgan 9004 (1,2,3,4) standartlarida esa, dasturiy mahsulotlar, ishlov beriladigan material va xizmatlarning sifatini ta’minlash masalalariga ko’proq e’tibor qaratilgan.

2000 yil 15 dekabrda 9000 seriyali ISO standartlarining yangi tahriri rasman nashr etildi. Standartlar to’plami endi 4 ta asosiy standartdan iborat:



    1. ISO 9000:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lug’at” – sifat menejmenti tizimlarining asosiy qoidalari va SMT atamalarini izohlaydi.

    2. ISO 9001:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” – sifat tizimlari uchun minimal zarur bo’lgan talablar majmuini joriy qilib, sertifikatlash va audit maqsadlarida qo’llaniladi.

    3. ISO 9004:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar” - korxonalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan sifat menejmenti tizimlarini yaratish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalardan iborat.

    4. ISO 19011 “Sifat menejmenti tizimini tekshirish va atrof-muhitni himoyalash bo’yicha yo’riqnomalar”.

Standartlarning avvalgilaridan farqi shundaki, endi SMTning talablari korxonalarning turi bo’yicha ajratilmaydi: avvalgi tahrirlardagi ISO 9001, 9002, 9003 standartlari yagona ISO 9001:2000 miqyosida jamlangan.


ISO 9000 standartlarining asosiy tamoyillari.

Standartlarning yangi tahriri sifatni tizimli boshqarishning TQM g’oyalariga yaqin bo’lgan 8 ta tamoyilga (Standartning avvalgi tahririni qo’llaganda, tizimda shu standartda nazarda tutilgan 20 ta element mavjudligini tekshirish zarur bo’lgan) asoslangan4: Ular yordamida, korxona faoliyatini yaxshilashi mumkin.


1) Iste’molchiga e’tiborni qaratish; 2)Yetakchilik; 3) Xodimlarni jalb qilish; 4) Jarayonli yondoshuv; 5) Menejmentga tizimli yondoshuv; 6) Doimiy takomillashuv;7) Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish; 8) Ta’minotchilar bilan o’zaro manfaatli munosabatlar. Bu tamoyillarning har birini qisqacha ko’rib chiqamiz.



Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling