Boshqaruv qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish jarayoni. Reja: Boshqaruv qarorlari jarayonining mazmuni va bosqichlari. Menejment texnologiyasiga talablar. Boshqaruv qarorlarni qabul qilish mexanizmi


Download 283 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi283 Kb.
#1046736
Bog'liq
PPT Presentation

BOSHQARUV QARORLARNI QABUL QILISH VA AMALGA OSHIRISH JARAYONI. REJA: 1. Boshqaruv qarorlari jarayonining mazmuni va bosqichlari. 2. Menejment texnologiyasiga talablar. 3. Boshqaruv qarorlarni qabul qilish mexanizmi.

Boshqarmaga oid qarorlar bu menejerning aniq boshqarish faoliyati natijasidir. Qaror qabul qilish boshqarish asosidir. Qaror ishlab chiqib qabul qilish har bir satxdagi rahbar faoliyatining ijodiy jarayonidir. Bunga quyidagilar kiradi: - maqsadni ishlab chiqish va maqsadni qo’yish; - olingan ma’lumotlarga asosan muammolarni o’rganib chiqish; - samaradorlik me’zonini tanlash va asoslash; - muammoni yechishning har xil variantlarini mutaxassislar bilan muhokama qilish; - optimal qarorlarni tanlash va ifodalash; - qaror qabul qilish; - ijrochilar uchun qarorlarni aniqlashtirish.

Menejmentning Amerikacha uslubi bu uzoqni ko’zlash, shuning uchun istiqbolga rejalanadi, bashorat etiladi, marketing ishlatiladi, chunki iste’molchini yaxshiroq bilish kerak, uning tabiatiga moslashish kerak, oldindan bozorning o’zgarishiga e’tibor qilish kerak va ishlab chiqarish sohasida o’z vaqtida zarur bo’lgan qarorlar qabul qilish kerak. Amerika firmalarning boshqaruv falsafasi shundan iboratki, firma hodimi yoki ishchisining maqsadi firma maqsadi bilan mos tushadi. Ana shu asosda quyidagi prinsip amalga oshadi: menejer har bir xodimni yaqindan bilish zarur. Firmaning asosiy masalalaridan yana biri - kapital quyilmalarni to’g’ri, samarali ishlatish va yangi mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Yangi mahsulot yaratishda qabul qilinadigan qarorlar jarayoni 4 ta ketma-ket bosqichdan iborat:

1. Yangi mahsulot yaratish g’oyasi yoki maqsadi va konsepsiyasi ishlab chiqiladi; 2. Yangi mahsulot bo’yicha qo'mita shu yangi mahsulotni ma’qullasa, marketing mutaxassislari, texnolog mutaxassislari tomonidan bu yangi mahsulot ishlab chiqariladi. Buyumning dastlabki ishlab chiqarilgani ishlab chiqarish bo’yicha injenerlar tomonidan o’rganiladi va bitta mahsulot necha pul bo’lishini, uning sotiladigan narxini, foydani, sotilish hajmini, rentabelligini va hokazolarni tahlil qiladi. Undan keyin mahsulotning oxirgi varianti va sotish rejasi yangi mahsulotlar bo’yicha qumitaga yakuniy tasdiqlash uchun taqdim qilinadi. 3. Yangi mahsulot laboratoriyada va «bozorda» sinovdan o’tkaziladi. Sinov natijasida, zarur bo’lsa, ba’zi bir o’zgartirishlar kiritiladi va uni bozorga joriy qilish uchun kengaytirilgan rejasi tuziladi. Shu bilan birga, shu mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarish uchun pul bilan ta’minlanishi hal qilinadi. 4. Uzluksiz, kengaytirilgan masshtabda mahsulotni ishlab chiqarishga o’tiladi. Bu bosqichda quyidagilarga e’tibor berish kerak: a) mahsulot sifatini nazorat qilib borish; b) xom ashyoning zaxiralarini yaratish; v) material va komplekt qismlarni zapas qilib turish; g) reklama qilib turish; d) ulgurji savdo tizimini yaratish; e) savdoni rag’batlantirib turish.


Download 283 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling