4-Mavzu. Sifatni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy etish


ISO 9000 seriyali standartlarini joriy etish va sertifikatlashga ketadigan xarajatlar


Download 79 Kb.
bet5/6
Sana20.12.2022
Hajmi79 Kb.
#1035012
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 mavzu SM

4.4.ISO 9000 seriyali standartlarini joriy etish va sertifikatlashga ketadigan xarajatlar

Eng ko’p tarqalgan xarajatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: hujjatlar tizimini yaratish; maslahatchilik xizmat haqi; xodimlarni ISO 9000 seriya standartlari tamoyillariga o’rgatish; SMTni joriy etish uchun qo’shimcha xodimlarni yollash; ishlab turgan xodimlarning SMTni joriy etishga sarflaydigan vaqtinchalik xarajatlari; sertifikatsion audit haqi; axborot texnologiyalariga qo’shimcha investitsiyalar (ehtimol, yangi dasturiy ta’minotni sotib olish uchun). SMTni joriy etish va sertifikatlashga ketadigan xarajatlarni batafsil ko’rib chiqamiz.



  1. Hujjatlar tizimini yaratish SMTni yaratishda eng ko’p uchraydigan qiyinchiliklardan biridir8. Bu fakt ISO 9000 seriya standartlarining avvalgi tahririga ko’proq taalluqli bo’lib, unda sifat tizimining 20 ta element bo’yicha muvofiqligini tasdiqlash kerak edi.

  2. Maslahatchilar mehnatidan foydalanish asosan kompaniyada SMTning asosiy tamoyillarini kiritish bilan bog’liq. Bu shu bilan izohlanadiki, ISO 9000 seriya standartlarida bu tamoyillarni kiritish usullari namunasi berilmagan va xodimlar standartlarni tushunish va qo’llash bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarga duch keladi9. Standartni to’g’ri tushunmaslik, noto’g’ri talqin qilish tashkilotda sifatni boshqarishga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

  3. Xodimlarni ISO 9000 standartlariga o’rgatish ko’p xarajatlarni talab qiladi. Bu masalaga kam e’tibor qaratilsa, xodimlar yoki SMTni joriy etilishiga loqaydlik bilan qaraydilar, yoki unga hatto to’sqinlik ham qilishlari mumkin. SMTni joriy etilish va sertifikatlashning muhim qiyinchiliklaridan biri – xodimlarning uyushib ishlamasligi hisoblanadi.

  4. Hujjatlarni yuritishdan tashqari, SMT talablari va tamoyillarini amalga oshirish uchun ham qo’shimcha xodimlar jalb etilishi mumkin.

  5. Xodimlarning vaqtinchalik xarajatlari SMTni muvaffaqiyatli joriy qilish va sertifikatlash uchun zarur to’lovdir. SMT butun korxona faoliyatiga ta’sir etishini inobatga olib, har bir xodim faoliyat samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash borasidagi umumiy ishga u yoki bu darajada jalb etiladi.

ISO 9000 seriya standartlari talablariga muvofiq SMTni ishlab chiqish jarayoni vaqtning katta davrini o’z ichiga olishi sababli, mazkur omil sertifikatlashning xarajatli jihatini ko’rib chiqishda o’ta muhim sanaladi. Turli korxonalarning tajribasi dalolat berishicha, ro’yxatga olish jarayoniga odatda 12 oydan 18 oygacha vaqt sarflanadi.

  1. Sertifikatsion audit uchun to’lov SMT uchun ISO 9000 sertifikatini olish bilan bog’liq xarajatlarning eng ko’zga tashlanadigan qismlaridan biri. Uning narxini belgilovchi asosiy omillar: kompaniya miqyosi; sertifikatlash o’tkazilayotgan mamlakat; sertifikat beruvchi organning nufuzi hisoblanadi


Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling