4-Mavzu. Sifatni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy etish


Download 79 Kb.
bet3/6
Sana20.12.2022
Hajmi79 Kb.
#1035012
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 mavzu SM

Birinchi tamoyil:Iste’molchiga e’tiborni qaratish. Kompaniyaning muvaffaqiyatli ishlashi avvalo uning buyurtmachilariga bog’liqdir. SHu boisdan har qanday tadbirkorlik faoliyati bozorni tahlil qilish va mijozlarning ehtiyojini o’rganishdan boshlanishi kerak, shular asosida mahsulot loyihalashtiriladi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi. SHu bilan birga, ideal variant - nafaqat buyurtmachilarning rasmiy talablarini bajarish, balki ularning istaklarini oldindan ko’ra bilishdir.
Iste’molchilarning talablari va tashkilot faoliyatidan manfaatdor bo’lgan boshqa tomonlar (aktsiyadorlar, ta’minotchilar, davlat organlari, butun jamiyat)ning ehtiyojlariga ham baravar yondoshuvni ta’minlash zarur.
Ikkinchi tamoyil:Etakchilik. Bu tamoyilni shartli ravishda ikki tomonlama ko’rib chiqish mumkin. Bir tomondan, u bevosita tashkilot rahbarlariga qaratiladi, chunki ular kompaniyalarda sifatni yaxshilashga qaratilgan o’zgarishlarni amalga oshirishda juda muhim rolь o’ynaydilar.
Uchinchi tamoyil: Xodimlarni jalb qilish tamoyili; amalda har bir xodimning boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda muntazam ishtirok etishini bildiradi. Bunday imkoniyat kishilarda ijodiy mehnatga undaydigan mas’uliyat va ishtirokchilik hissini uyg’otadi, bu esa pirovard-natijada tashkilot samaradorligini oshiradi.


To’rtinchi tamoyil:Jarayonli yondoshuv. 2000 yil tahriridagi ISO 9000 standartlarining jami turkumlari uchun yangi muhim uslubiy o’zgarishlar mohiyati shundan iboratki, har qanday ishlab chiqarish faoliyati bir jarayondir va bu jarayon turli resurslardan foydalanish va boshqaruv ta’siri orqali, kirish oqimlarini va chiqish oqimlariga aylantiradi. Korxona ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlashi va o’z mahsulotini yaratib, takomillashtirib va uning doimiy sifatini ta’minlab, bu jarayonlarni boshqarishi kerak.

O’zbekiston korxonalarida jarayonli yondashuvning qo’llanishi qator qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Bu sabablarning birinchisi – amaldagi boshqaruvning to’g’ri-funktsional tashkiliy tuzilmalarning jarayonli yondashuvga mos kelmasligi, avval aytilganidek, faoliyat differentsiyalashgan, yakuniy natijaga qaratilmagan. Ikkinchi sabab


– yangi sharoitlarda ishlashga moslashtirilgan rahbariyat tarkibining yo’qligi.


Beshinchi tamoyil: Menejmentga tizimli yondoshuv. Bu tamoyil, tashkilotga o’zaro bog’liq jarayonlar yig’indisi sifatida qarashni talab etuvchi oldingi tamoyil bilan chambarchas bog’liq. Sifat masalalarining yalpi xususiyatini inobatga olib, qo’yilgan maqsadga erishishga qaratilgan jarayonlarni aniqlash, tushunish va boshqarish korxonaning samaradorligini oshiradi.


Oltinchi tamoyil:Doimiy takomillashuv tashkilotning asosiy maqsadi bo’lib qolishi kerak. Hozirgi sharoitda, bu tamoyilni amalga oshirmasdan, biznesda yetakchi o’rinlarga chiqish mumkin emas. Faoliyat muntazam takomillashib borsa, nafaqat raqobatdosh mavqe saqlab qolinadi, balki sekin-asta zararlarni kamaytirish va shunga mutanosib ravishda, daromadni ko’paytirish imkoni paydo bo’la boshlaydi.


Ettinchi tamoyil:Dalillarga asoslangan qarorlarni qabulqilish. Haqiqiy ma’lumotlar va axborotga asoslanib qabul qilingan qarorlar samarali bo’ladi.
Sakkizinchi tamoyil:Ta’minotchilar bilan o’zaro manfaatli munosabatlar. Ta’minotchilar o’rtasida o’zaro manfaatli asosda yo’lga qo’yilgan munosabatlar har ikki tashkilotning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.


ISO 9000 seriya standartlari mohiyatining asosiy hususiyatlari va ISO 9000 seriya standartlarining ahamiyati

ISO 9000 seriya standartlari mohiyatini ko’rsatuvchi kamida uchta asosiy hususiyat mavjud: kompaniya faoliyatining tayyor mahsulot sifatini ta’minlovchi asosiy yo’nalishlariga e’tibor berish; faoliyatni tashkil etishga jiddiy yondoshish; mahsulot hayotining barcha bosqichlarini qamrab olish.




Birinchi xususiyat sifat menejmentining yuqorida ko’rib chiqilgan sakkizta asosiy tamoyilida ifodalangan.

Ikkinchi xususiyat quyidagicha namoyon bo’ladi: standartlarda “klassik” olimlarning, mahsulot sifati ishlarning muayyan ijrochilariga emas, balki ishlab chiqarishning umumiy tashkil etilishiga bog’liqligi g’oyasi amalga oshgan. E.Deming taxminicha, sifat uchun kurashdagi muvaffaqiyatning 94 % boshqaruvchilarga va faqatgina 6 % - ishchilarga bog’liq ekan. J.Juran o’zining mashhur 14 tamoyilida, mahsulot sifatidagi kamchiliklarning faqat 15% aynan ish jarayoniga bog’liqligini ko’rsatib o’tadi. Sifat nuqsonlarining qolgan 85% esa - ma’muriyat tomonidan ishlarning yomon tashkil etilishidan hosil bo’ladi deb ta’kidlagan. 5




Uchinchi xususiyat ko’rsatadiki, ISO 9000 seriya standartlari negizidagi SMT, mahsulot hayotining bozor ehtiyojlarini aniqlashdan boshlab, to belgilangan talablarni to’liq qondirishgacha bo’lgan barcha bosqichlari hamda jarayonlariga ta’sir etadi. Bu mahsulotning oliy sifati va xarajatlar kamayishi garovidir. ISO 9000 standartlarining dastlabki tahrirlariga qiyoslaganda, mahsulot hayotining o’ziga xos bosqichlari (ilk nomi - “sifat halqasi”) 2000 yil tahririda to’ldirildi, aniqlashtirildi va kengaytirildi.

ISO 9000 seriya standartlari jahon iqtisodiyotida hamda bozor munosabatlarini joriy etish yo’nalishida rivojalanayotgan mamlakatlarda muhim rolь o’ynaydi. Ular ishbilarmonlar hamjamiyati uchun sifatning xalqaro umumqabul qilingan tilini shakllantiradi. Ya’ni, ISO 9000 standartlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va falsafasi, mamlakatlar o’rtasida mahsulot va xizmatlar ayirboshlashni osonlashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam berishni asosiy maqsad qilib olgan istalgan xalqaro standartlar falsafasiga mos keladi. ISO 9000 seriya standartlari muayyan mahsulotlar uchun belgilangan me’yoriy talablarning o’rnini bosa oladigan vosita sifatida, savdodagi texnik to’siqlarni bartaraf etishga yordam beradi.


ISO 9000 xalqaro standartlarida ko’pgina mamlakatlarning sifatni boshqarish borasidagi tajribasi to’planib, umumlashtirilgan. Bu hujjatlarning aniq va ravshanligi mazkur tajribani xalqaro miqyosda keng yoyilishiga olib keldi.





Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling