4-mavzu: sinfdandan tashqari ishlarni tashkil etishda kasb tanlashga yo’llash bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilish metodikasi amaliy mashg‘ulot bu


Download 18.78 Kb.
bet1/3
Sana14.10.2023
Hajmi18.78 Kb.
#1702966
  1   2   3
Bog'liq
4-maruza


4-MAVZU: SINFDANDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHDA KASB TANLASHGA YO’LLASH BO’YICHA AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI
Amaliy mashg‘ulot bu aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan, aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darsda olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko‘nikmalar shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik harakatlardir.
Amaliy mashg‘ulot mehnat ta’limining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quv ustaxonalarida, ish o‘rnida joylashgan real vositalardan foydalanilgan holda mehnat ta’limi tizimining xususiyati shuki, nazariya va amaliyot bir biridan alohida, ya’ni nazariy ta’lim amaliy mashg‘ulotlar mehnat ta’limi xonalarda amalga oshiriladi. Nazariy darsda kerakli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariroq berilishi ta’minlanishi kerak. Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim beruvchi ish o‘rnida faqat ish topshiriqlariga tegishli qo‘shimcha bilimlarni berishi kerak. Agarda amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning dastlabki bilimlarida kamchiliklar borligini aniqlasa, u kerakli nazariy bilimlarni beradi.
Darsni rejalashtirish - kutilayotgan o‘quv natijalariga erishish maqsadida o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish: ta’lim metodlarini tanlash, tarqatma materiallar va o‘quv-didaktik vositalar tayyorlash.
Barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda, bir marta tuzilgan rejada o‘zgarishlar bo‘lmasligiga harakat qilish kerak. Ta’lim beruvchi uchun rejalashtirish o‘quv jarayonini boshqarishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik deganidir. Ta’lim oluvchi uchun rejalashtirish, u bo‘lajak o‘quv jarayoni to‘g‘risida va ta’limdan nimalarni kutishi mumkinligi haqidagi aniq tasavvurga ega bo‘lishi deganidir.
Dars jarayonida o‘qituvchining vazifasi.
O‘qituvchi navbatdagi mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayyorgarlik jarayonida mehnat topshiriqlarini bajarish protsessida o‘quvchilar mehnatini rejalashtirish va uyushtirish shuningdek mehnat jarayonini borishini kuzatish, unga tuzatishlar kiritish hamda ro‘y beradigan xatolarni bartaraf qilishga jalb etiladi.
O‘quvchilarni aqliy faoliyatida amaliy darslarda ishtirok etish alohida ahamiyatga loyiqdir. O‘quvchilar ustaxonalarida amaliy darslarda hal qilinadigan texnik masalalarni ikki tipga: konstruktorlik va texnologik masalalarga ajratish mumkin.

Download 18.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling