4-mavzu. Sosoniylar davlati, Arab xalifaligi, Xitoy va Hindiston Reja


Arab xalifaligining tashkil topishi


Download 37.48 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi37.48 Kb.
#1164936
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu. Sosoniylar davlati, Arab xalifaligi, Xitoy va Hindiston-2

Arab xalifaligining tashkil topishi. Arab xalifaligining dastlabki hududi Arabiston yarim oroli bo‘lib, u hududiy jihatdan Yevropaning to‘rtdan uch qismiga to‘g‘ri kelgan va uchta asosiy viloyatlarga bo‘lingan edi. Uning janubiy-g‘arbiy viloyati - Yaman yoki «baxtli Arabiston» bo‘lib, bu yerda dehqonchilik va chorvachilik mashg‘ulotlari uchun qulay shart-sharoitlar mavjud edi. Yaman miloddan avvalgi I ming yilliklardayoq yuksak iqtisodiy darajaga erishgan va muttasil ravishda birining o‘rnini ikkinchisi egallab kelgan bir necha davlatlardan iborat edi. Yaman aholisi qo‘shni mamlakatlar bilan qizg‘in savdo-sotiq ishlarini yuritgan. Yarim orolning Qizil dengiz bo‘ylab cho‘zilib ketgan kambar qismi Hijoz («chegara») deb atalib, g‘arbda joylashgan. Uning faqat ayrim vohalaridagina dehqonchilik qilish mumkin edi. Hijoz aholisining bir qismi ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanardi. Bu yerda, shuningdek, Yamandan keltiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan, Eron va Vizantiyada ishlab chiqariladigan hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qilish juda rivojlangan. Yamandan Misr, Suriya va Ikki daryo oralig‘iga qadar savdo yo‘llari o‘tgan edi. Yarim orolning eng katta qismi - Najd - sug‘oriladigan yerlari juda kam bo‘lgan g‘oyat katta yassi tog‘liklardan iborat bir joy bo‘lib, faqat chorvachilik uchun yarar edi. Bu yerda cho‘l aholisi - badaviylar yashardi.
VI-VII asrlardagi arablarning ijtimoiy tuzumida hali urug’chilik belgilari kuchli edi. Arablar - ko‘chmanchi (badaviy) arablar ham, o‘troq arablar ham juda ko‘p urug’ va qabilalarga bo‘lingan edi. Xun olish bor edi. Urug’ning boyroq a’zolari qurbsizroq qarindoshlariga iqtisodiy jihatdan yordam berishi lozim edi. Har bir qabilaning o‘z diniy marosimi mavjud edi. Qabila va urug’larning boshida shayx va saidlar turib, hokimiyat faqat shularning qo‘lida edi. Biroq urug’‘chilik tuzumining yemirilish alomatlari ro‘y bera boshlagan edi. Urug’-qabila zodagonlari eng yaxshi yaylovlarni va dehqonchilik uchun yaroqli uchastkalarni - vohalarni (bunday uchastkalarning o‘zi oz edi) o‘z qo‘liga kirgizib olmoqda edi. Zodagon oilalarning ko‘pdan-ko‘p mollari, shuningdek, qullari bor edi. Shayx va saidlar shu oilalardan chiqardi. Urushda qo‘lga kiritilgan o‘ljalarning eng ko‘p qismi bularga ajratilardi. Arablarda urug’-qabila zodagonlaridan tashqari, ya’ni qabila-urug’ boshliqlari va oqsoqollaridan tashqari, yana sha-harli savdogar-sudxo‘rlardan iborat boshqa bir yuqori tabaqa ham avj olib bordi, bu tabaqa ham muayyan bir qabila va urug’‘ga kirgan bo‘lib, odatda badaviy qabilalarning boshliqlari bilan qattiq bog‘langandi. O‘rta dengizdan Hindistonga boradigan muhim savdo yo‘li qadimdan Arabistondan o‘tardi. Shu savdo yo‘lida ilk vaqtlardayoq katta-katta savdo punktlari, Makka, Yasrib va boshqalar vujudga keldi. Makka shahri ayniqsa katta ahamiyatga ega edi. Arablar o‘rtasida juda dong‘i ketgan ibodatxona bo‘lmish Ka’ba va undagi muqaddas qora tosh (hajari asvad) shu Makkada edi. Makkada shu Ka'ba atrofida har yili katta yarmarka bo‘lib turardi. Makkaning savdogar-sudxo‘rlardan iborat yuqori tabaqasi savdodan katta-katta foyda ko‘rardi. Ular qullarni ekspluatatsiya qilish va qul qilib sotish bilan ham shug‘ullanardilar. Shahardagi mayda hunarmandlar ham shu savdogar-sudxo‘rlardan hamma vaqt qarzdor bo‘lib, iqtisodiy jihatdan ularga qaram edi.
VI asrning oxiri - VII asrning boshlarida arablar qattiq iqtisodiy va ijtimoiy inqirozga uchradi. Yarim orolning aholisi ko‘payib, yer yetishmay qoldi. Oddiy arablar uchun katta madad bo‘lib kelgan karvon savdosi ham tushkunlikka uchradi. VI asrda eronlar bilan habashlar o‘rtasida bo‘lgan va uzoq-uzoq davom etgan urushlar natijasida Yaman deyarli butunlay xarob va vayron bo‘ldi. Shimoldan janubga va janubdan shimolga tovar olib borish juda ham kamayib ketdi.
Eroniylar Hindistonga boradigan va o‘zlari uchun foydali bo‘lgan boshqa bir yo‘lga, ya’ni Dajla va Frot daryolari bo‘ylab Fors qo‘ltig‘iga boradigan yo‘lga homiylik qilardilar. Ana shunday sharoitda arablarda sinflarning tashkil topish jatumani tezlashib ketdi. Arab shaharlaridagi aholining quyi tabaqalari o‘z ahvolidan norozi edi, ular sudxo‘r boylarga nafratlanib qarardi. Bu norozilikni va nafratlanib qarashni dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq qabilalardagi va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘chmanchi qabilalardagi oddiy omma ham quv-vatladi, bu qabilalar ham yerga muhtoj edi va o‘z urug’-qabilasidagi feodallasha boshlagan zodagonlardan jabr-zulm ko‘rardi.
Urug’doshlik tuzumining yemirilishi jatumani ayniqsa Hijozda, xususan, Makkada ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bu yerdagi quraysh qabilasida urug’ - qabila aristokratiyasi ajralib chiqib, hokimiyatni qo‘lga olgan edi. Badaviylarda urug’chilik tuzumi ancha uzoq saqlanib qolgan. Lekin ularda ham tez orada urug’-qabila aristokratiyasi - qabila oqsoqollari (shayxlar, amirlar, sayid (hukmron)lar, qoid (dohiy)lar) va boshqalar ajralib chiqadi. Ularning hokimiyati amalda meros bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. Urushlar vaqtida maxsus dohiylar saylanardi.
Arablarda ham davlatning tashkil topishining asosiy sababi jamiyatning sinflarga ajralishi edi. Bundan tashqari, arablar iqtisodiy inqiroz tufayli yangi-yangi hududlarga muhtoj bo‘lib, Eron va Vizantiya yerlariga kirib borishga harakat qilganlar. Bu inqiroz arab qabilalarining ittifoqlarga birlashishi jatumanini tezlashtirdi, oqibatda butun Arabistonda yagona davlatning tashkil etilishiga olib keldi.
Mayda arab qabilalarini birlashtirish harakati, ayniqsa, VI asrda kuchaydi. Bunga urug’ va qabila zodagonlari boshchilik qilardi. Arab xalq ommasining ijtimoiy noroziligi mafkura tarzida, yangi din - islom dinining vujudga kelishida ifodalandi. VII asrning boshlaridan Muhammad (S.A.V.) arab qabilalarini birlashtirish maqsadida islom dinini targ‘ib qila boshlaydi. 610 yilda u din targ‘ibotchisi (payg‘ambar) sifatida maydonga chiqqandi.
Shu bilan birga urug’lar o‘rtasidagi o‘zaro urush-janjallarni to‘xtatishni ham talab qildi, urug’larning bir-biridan qasos olishiga, urug’ va qabilalarning tor qon-qarindoshlik doirasida biqinib yotishiga qarshi chiqdi. Arab jamiyatining bundan buyog‘iga rivojlanishiga g‘ov bo‘lgan urug’‘chilik tuzumining tor doirasiga qarshi olib borilgan bu kurash Muhammadning ko‘p xudolikdan qaytib, bitta xudoga - Allohga sig‘inish kerak, degan asosiy diniy talabida ifodalandi
Muhammad (S.A.V.) sudxo‘rlikni qattiq qoraladi, har bir kishidan kambag‘allarga yordam berishni, o‘z daromadining o‘ndan bir qismini kambag‘allarni boqish uchun ajratishni talab qildi.
Vujudga kelgan yangi dinning beshta asosiy qoidasi, ya’ni: 1) bitta xudoga - Allohga ishonish, 2) har kuni albatta besh vaqt namozni tark qilmaslik, 3) yilda bir marta ramazon oyida ro‘za tutish, 4) zakot (kambag‘allarga ushur) berish va 5) haj qilishdan iborat besh farzi muhim ahamiyatga ega.
Muhammad (S.A.V.) vafotidan keyin musulmonlar jamoasiga Abubakr (632-634 yillar), Umar (634-644 yillar), Usmon (644-656 yillar), Ali (656-661 yillar) hukmronlik qilishgan. Bu xalifalar kelib chiqishlari jihatidan Muhammad (S.A.V.)ning qarindoshlari yoki yaqin do‘stlari edi.
Abubakr Muhammad(S.A.V.)ning safdoshlaridan, uning qaynotasi (Oyshaning otasi) bo‘lib, yirik savdogar edi. Uning davrida Iroq va Suriya bosib olingan, sosoniylarga (633 yil), vizantiyaliklarga qarshi (Falastin yerlariga, 634 yil) qo‘shinlar yuborilgan va Arabistonda islom mustahkamlangan. U o‘zi hukmronlik qilgan ikki yil ichida ridda nomli arab qabilasining kuchli va xavfli qo‘zg‘oloniga duch kelgan. U o‘limi oldidan kengash chaqirib o‘zining yaqin safdoshi Umarni (634 yil) vasiyat yo‘li bilan o‘ziga voris etib tayinlagan.
Umar xalifaligi davrida Suriya, Falastin, Misr, Iroq va Eronning katta qismi bosib olingan va Arab xalifaligiga qo‘shilgan. U davlat apparatini ancha mustahkamlagan, soliq tizimini tartibga solgan, davlat xizmatchilari va harbiy boshliqlar maoshini aniq belgilagan, bosib olingan mamlakatlar-da, shaharlarda arablarning harbiy lagerlarini, ulardan keyinchalik Basra, Sheroz, Qohira va boshqalarni vujudga keltirgan. Aynan shu davrda yangi musulmon yil hisobi - hijriy yil kalendari joriy etiladi. Islom an’anasida Umar hukmronligi davri islomning «oltin asri» deb hisoblanadi.
644 yilda xalifa Umarga xristian qullardan biri (hunarmand kishi) suiqasd qiladi. U o‘limi oldidan o‘z atrofidagi 6 kishidan iborat kengashga (shuuraga) o‘z oralaridan merosxo‘r saylashni topshiradi. Kengash Madina aholisi fikrini o‘rganib chiqadi va Usmonni uchinchi xalifa sifatida tasdiqlaydi (644 yil).
Xalifa Usmon quraysh qabilasining umaviylar shajarasidan kelib chiqqan edi. Uning davrida xalifalik hududi ancha kengaydi, uning buyrug‘i bilan Qur’on matnlari to‘plandi. U makkalik, ayniqsa umaviy zodagon-larga homiylik qiladi, qarindosh va yaqinlariga davlat mansablarini va katta-katta yerlarni, xazina mablag‘larini bo‘lib beradi. Natijada norozilik kelib chiqadi va birinchi xalifa Abu-Bakrning o‘g‘li Abdullo ibn Bakr rahbarligida (656 yilda) o‘ldiriladi.
Shundan so‘ng, 656 yilda Madinadagi masjitda musulmonlarning ulkan jamoasi - ummada Muhammad payg‘ambarning yaqin qarindoshi (amakivachchasi va qizi Fotimaning eri) Ali xalifa etib saylangan. Lekin umaviylar uning hokimiyatiga bo‘ysunmadilar. Ular eski arab qabilalari qonunlariga binoan, Usmonning o‘limi uchun qonli o‘ch olishni talab qiladilar. Bu harakat tez orada Aliga qarshi muxolifiyatning asosiy shiori bo‘lib qoladi, unga Suriyaning umaviychi noibi Muoviya boshchilik qiladi. U yangi xalifani tan olish va unga bo‘ysunishdan voz kechadi hamda 658 yilda Damashqda o‘zini xalifa deb e’lon qiladi. Ali taxt uchun kurashda g‘alaba qozonolmay, umaviylar bilan kelishishga ko‘nadi. Ali o‘z davlat poytaxtini Madinadan Iroqning Kufa shahriga ko‘chiradi. Alining murosa-sizlik siyosatidan norozi bo‘lgan uning tarafdorlaridan bir qismi (xorijiylar) suiqasd uyushtirib, 661 yilda uni o‘ldiradilar. Shu bilan xalifalikning «respublika davri» deb atalgan davr, ya’ni to‘rt xalifa davri tugaydi.
Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangandan so‘ng arablar istilosi natijasida egalari tashlab ketgan yerlarni, Sosoniy shahanshohlari va Vizantiya imperatorlarining mol-mulklarini qo‘lga oladi. Hijozdagi otasidan qolgan mulkni harbiy asirlar kuchi bilan obod qiladi. Asoratga solingan xalqlarning ichki ishlariga aralashmay, faqat soliqlar yig‘ish bilan kifoyalanadi, joylarda boshqarish ishlarini mahalliy amaldorlarning ixtiyorida qoldiradi. Shuning uchun ular uni qo‘llab-quvvatlagan edilar. Ali vafotidan keyin (661 yil) Muoviya arab zodagonlari va harbiy boshliqlar yordamida yagona hukmron bo‘lib qoladi.
661-685 yillarda Umaviylar Ali tarafdorlari va xorijiylar ustidan g‘alaba qozonib, hokimiyatni mustahkamlab oladilar. Umaviylar qator islohotlar o‘tkazadilar. Ular xalifa lavozimini nasliy mulkka aylantirish, davlat xazinasi va davlat arxivini tashkil etish, arab tilini davlat tili deb e’lon qilish, yangi oltin, kumush va mis pul chiqarish, harbiy-dengiz floti tashkil etish va boshqalar bo‘yicha islohotlar o‘tkazadilar. Bu tadbirlar Umaviylar davlatining harbiy-siyosiy hamda iqtisodiy qudratini oshiradi. Poytaxt Damashqda qoladi. Suriya xalifalikning markaziy viloyatiga aylanadi. Umaviylar davrida arablar sharqda Afg‘oniston, Hindistonning shimoliy qismi, Armaniston, Gruziya, Movarounnahr, g‘arbda Shimoliy Afrika va Ispaniyaning katta qismini bosib oladilar.
Umaviylar sulolasi VIII asrning o‘rtasidagi Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon natijasida ag‘dariladi. Xalifalik taxtiga Muhammad (SAV)ning amakisi avlodlaridan bo‘lgan Abul-Abbos as Saffoh (749-754 yillar) o‘tiradi va umaviylar avlodlaridan bo‘lgan shahzodalarni qirib tash-laydi va abbosiylar sulolasiga asos soladi. Poytaxt Damashqdan Bog‘dod-ga ko‘chiriladi. Bu sulola 750-1055 yillar mamlakatni idora etadi. Mahdiy (775-785 yillar), Xorun ar-Rashid (786-809 yillar), Amin (809-813 yillar), Ma'mun (813-133 yillar), Mu'tasim (833-842 yillar) va boshqalar davrida Arab xalifaligi markazlashgan qudratli davlatga aylanadi, unda feodal mu-nosabatlar rivojlanadi. Arab xalifaligiga Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika davlatlari kiradi. Feodallar zulmi kuchayishi bilan xalq qo‘zg‘olon-lari (masalan, Bobak, Muqanna, Sumbod Mug‘ boshchiligidagi qo‘zg‘o-lonlar, zinjiylar qo‘zg‘oloni va boshqalar) ko‘tariladi. IX asrning II yarmidan boshlab Abbosiylar xalifaligining markaziy hokimiyati zaiflasha boradi, xalifalik tarkibida bir necha mustaqil davlatlar vujudga keladi. Ma-salan, 756 yilda Ispaniyada Qurtoba amirligi tashkil topadi, Shuningdek, tez orada Afrikada Ag‘labiylar davlati, Xuroson va Movarounnahrda Somoniylar davlati, Marokash, Tunis, Misr va boshqa mustaqil davlatlar vujudga keladi. 945 yilda Erondagi Buvahiylar Bog‘dodni egallab, Abbosiylarni siyosiy hokimiyatdan chetlashtiradilar.
1055 yilda Bog‘dodni saljuqiy turklar bosib oladilar va o‘z boshliqlari To‘g‘rulbekni sulton deb e’lon qiladilar. So‘nggi xalifa Mustasimni mo‘g‘ullar xoni Xulagu qatl ettirgan edi (1258 yilda). XIV asrda Arab xalifaligi hududi Amir Temur tomonidan bosib olingan. XV asrda xalifalik Usmonli Turk saltanati tarkibiga qo‘shib olinadi.
Arab xalifaligi ijtimoiy munosabatlarining o‘ziga xos tomoni shunda ediki, unda Yevropa mamlakatlaridagi singari tabaqaviy tuzum o‘rnatilmadi. Bu yerda aholi turli guruhlari huquqiy holatidagi o‘ziga xos belgi, avvalo, musulmonlar va nomusulmonlar, arablar va boshqa xalqlarning huquqlari noteng va har xil ekanligida edi.
Shariat bo‘yicha kishining huquqiy layoqati va muomila layoqati islomga e’tiqod qilishiga qarab belgilanadi. Musulmonlar musulmon bo‘lmaganlar oldida imtiyozli hisoblanadilar. Hatto qul musulmonlar erkin nomusulmonlarga nisbatan imtiyozli huquqlaridan foydalanadilar. Shariat bo‘yicha faqat musulmonlar to‘la huquqiy layoqatga ega. Boshqa dindagilar - zimmiylar to‘la huquqiy layoqatga ega emas, deb hisoblanganlar. Ular islom davlatida musulmon hukmdorlarga tobe bo‘lib yashayotgan hamda o‘zlarining jon va mol-mulklarini musulmonlar omon saqlamoqlari uchun har yili juz'ya solig‘i (jon solig‘i) to‘lab turmoqni o‘z zimmalariga olgan g‘ayridinlar hisoblanadi. Zimmiylarga nisbatan shariat normalari faqat ular musulmonlar bilan bitimlar tuzganlarida yoki jinoyat sodir etganlarida qo‘llanilgan. Boshqa hollarda, ular o‘z fuqarolik-huquqiy aloqalariga amal qilganlar va o‘z oqsoqollari tomonidan idora etilganlar. Zimmiylarning musulmonlar bilan nikohga kirishi, musulmonlardan qullarga ega bo‘lishi taqiqlangan. Ular ot minib yura olmaganlar, faqat xachir va kichkina eshaklarda yurishlari mumkin edi. Ular uchun yana boshqa bir qancha taqiq va cheklovlar mavjud edi.
Arab xalifaligida ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi qullarning huquqiy holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Musulmon huquqi bo‘yicha qullar huquq subyekti bo‘lmagan, lekin ular o‘z xo‘jayinlarining roziligi asosida erkin kishilar bilan shartnoma tuzishlari va mulkka egalik qilishlari mumkin edi. Musulmon qulni erkinlikka qo‘yib yuborish savobli ish hisoblangan.
Erkinlikni qo‘lga kiritgan qullar mavalilar deb yuritilgan. Lekin ularning erkinligi to‘liq bo‘lmagan. Ularning ahvoli xuddi Rim imperiyasidagi erkinlikka chiqarilgan qullarning ahvoliga o‘xshash edi. Mavalining mol-mulki u o‘lgandan so‘ng merosxo‘ri bo‘lmasa, xo‘jayiniga o‘tgan. Arablar tomonidan bosib olingan xalqlarning aholisi ham mavalilar deb atalgan.
Arab xalifaligi rivojlanishining yuqoridagi uchta bosqichida uning davlat tuzumi o‘zgarib borgan. Arab xalifaligining birinchi davrida hali davlat tuzumida harbiy demokratiya qoldiqlari saqlanib qolgan bo‘lsa, Umaviylar va Abbosiylar davrida xalifalik despotik davlatga aylangan.
Arabcha - «xalifa» so‘zi merosxo‘r yoki o‘rinbosar ma’nosini bildiradi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, xalifalar (arabcha «xillaafa») diniy vazifalar bilan birga dunyoviy vazifalarni ham bajarardilar. Shu tariqa ular davlat va hukumat boshlig‘i, shuningdek, musulmonlar ommaviy ibodatlarining ma'naviy rahbari ham edilar.
Dastlabki to‘rt xalifa musulmon aslzodalari orasidan saylangan edi. Muhammad (SAV) payg‘ambarning vorislari hisoblangan bu xalifalar ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatga (qonun chiqaruvchi, ijrochi, sud hokimiyatiga) ega bo‘ldilar. Shunday qilib, xalifalik teokratik shakldagi davlat bo‘lib, unga xalifa - payg‘ambar (Allohning yerdagi «vakili» va «noibi») ning o‘rinbosari boshchilik qilgan.
Xalifalar o‘z qo‘l ostilarida ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatni jamlagan edilar. Shundan keyingi davrlarda mahalliy musulmon hukmdorlari tomonidan xalifalardan mustaqil, alohida hokimiyatning o‘zlashtirilishi, arab huquqshunoslari ta’limotiga ko‘ra dinga asoslanmagan hukmronlik edi.
Xalifa huzurida kengash (shuura) mavjud bo‘lib, muhim ishlarni hal etgan.
Davlat boshqaruvining markaziy organlari devonlar deb atalardi. Arab xalifaligida quyidagicha devonlar bo‘lgan:

Download 37.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling