4-mavzu. Sosoniylar davlati, Arab xalifaligi, Xitoy va Hindiston Reja
Download 37.48 Kb.
|
4-mavzu. Sosoniylar davlati, Arab xalifaligi, Xitoy va Hindiston-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
4. Ilk o’rta asrlarda Hindiston. Hindiston Osiyo qit'asida joylash bo'lib bu davlatlarni rojalar boshqarar edilar. Ular mamlakatni boshqarganda braxmanlar (kohinlar) va kshatriylar (harbiy zadogonlar) tabaqasiga tayanar edi.
320 yilda shimoliy Hindistonning shunday rojalaridan biri Chandragupta I ( 320-340 yil) o'ziga qo'shni rojalarni bo'ysundirib, Gang daryosi havzasida katta davlatga, Gupta davlatiga asos soldi. Bu davlat VI asrning boshlarigacha yashadi. Chandragupta I ning vorislari zamonida, ayniqsa Samudragupta (340-380) va Chandragupta II (380-414) o'zlarining bosqinchilikdan iborat siyosatlari bilan nom qoldirdilar. Gupta davlati Gang daryosining quyi oqimini ham, to uning dengizga quyiladigan joygacha, shuningdek Dekan yassi tog'laridan to Norbad daryosigacha bo'lgan yerlarni o'z ichiga olar edi. Gupta davlatining poytaxti Pataliputra shahri edi. Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumida asosan quldorlik tuzumi saqlanib qolgan edi. Qullar mehnatidan irrigatsiya, qishloq xo'jaligida, og’ir mehnat talab qilinadigan ishlarda, uy ro'zgor ishlarida foydalanilar edi. Qullar Osiyo va Afrikadan keltirilar edi. Gupta davrida aholi kastalarga (tabaqalarga) bo'lingan bo'lib, ularning 4 ta turi mavjud edi: -1. braxmanlar (kohinlar) -2. kshatriylar (jangchilar) -3. vayshiyalar (dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar) -4. shudralar (sobiq qullar, past tabaqalar, "kishi hazar qiladigan" ishlarni bajaruvchi kishilar) . Gupta davlati VI asrning boshlariga kelib tugadi. Bu davlat V asrdayoq tushkunlikka yuz tutgan edi, asosiy sababi mehnatkashlar ommasining ahvoli og'irligi edi. Soliqlarning haddan tashqari ko'payishi, turli xil ko'rinishdagi majburiyatlarning bajarilishi, dehqonlar xonadoning vayron bo'lishiga olib keldi. Ko'chmanchi eftaliylar, ya’ni oq xunlar V asr oxiri VI asrning boshlarida Shimoliy chegarani yorib o'tib Hindistonning shahar va qishloqlarini nihoyatda vayron va xarob qilib tashladi. 530 yilda oq Gunlar podsho Guptaning vassaliroja Yasodxorma tomonidan tor-mor qilindi. Xunlarni yengan Yasadxarma Gupta dinastiyasiga bo'ysunishdan bosh tortib, maxaroja unvonini oldi. Lekin unga Gupta davlatining faqat bir qismigina bo'ysundi. VII asrning boshlarida Xarsha (606-647) davlati ancha yuksaldi. Xarsha Kanauja knyazligining rojasi edi, so'ngra u butun Shimoliy Hindistonni bo'ysundirdi. Xorsha davlati Gang daryosi vodiysi bo'ylab Sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo'ltig'igacha bo'lgan yerlarni o'z ichiga oldi. Markaziy Hindistonning knyazlari ham Xarshaga vassal qaramlikda edi. Uning hokimiyati feodallashuv jatumaning kuchayishi - rojalar qudratining ortib borishi natijasida uzoq yashamadi. Bu rojalar ko'p vaqt o'tmay mustaqil bo'lib oldilar. Xarsha vafotidan keyin uning davlati parchalanib ketdi. Mamlakatda ichki o'zaro urushlar, ichki nizolar avj oldi VII asrning oxirida Eron va Afg'onistonni bosib olganlaridan keyin, arablar Hindistonga bevosita yaqinlashib qoldi. Hindistonga fors qo'ltig'I orqali ham hujum qilishi imkoniyati ham bor edi. 712 yilda Ummaviylarning sarkarlaridan biri Muhammad ibn Qosim, Basradan suzib borib, Hindistondagi Sind mamlakatini bosib oldi. Lekin oradan bir necha o'n yil o'tgach, arablar Hindistondan butunlay siqib chiqarildi. Musulmonlarning ikkinchi marta hujumi XI asrning ikkinchi yarmida qaytadan boshlandi, ya'ni kuchli turk davlati - G'aznaviylar davlatining tashkil topishi bo'ldi (bu davlatning nomi poytaxt bo'lishi G'azna shahrining nomidan olingan edi.). Mahmud G'aznaviy podsholigi davrida Hindistonga o'n yeti marta yurish qilinib, musulmonlar tomonidan mamlakat talandi. Mahmud G'aznaviy o'ng minglab erkak va ayollarni asir qilib olib ketdi. Juda ko'plab miqdorda oltin-kumush va boyliklar olib ketildi. G'azna shahri muhtasham binolar bilan bezaldi, bu binolarning ko'pini Hindiston ustalari qurib berdilar. 1030 yilda Mahmud G'aznaviy vafotidan keyin, uning imperiyasi Amudaryo qirg'oqlaridan to Gang daryosigacha brogan butun Hind daryosi havzasini ham o'z ichiga olgan edi. Lekin uning poytaxti Hindistondan tashqarida edi. Xulosa qiladigan bo’lsak, ilk o’rta asrlarda Xitoy va Hindistonda feodal munosabatlari shakllandi. Faqat, Xitoydan farqli ravishda Hindistonda qudratli markazlashgan davlat qaror topmadi. Bunga kastachilik an’analari yo’l qo’ymadi. Xitoyda esa yirik imperiya tashkil topdi. Bu holat Xitoyda ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnashida muhim rol o’ynadi. Savol va topshiriqlar 1. Sosoniylar davlatining tashqi siyosatini gapirib bering? 2. Arab xalifaligining tashkil topishi va kuchayishi omillarini ko’rsatib bering? 3. Arab xalifaligi istilochilik yurishlarining asosiy yo’nalishlarini aniqlang? 4. Nima sababdan Xitoy III asrda bo’linib ketdi? 5. Xitoyning birlashish sababaini ko’rsating? 6. Suy va Tan sulolalari davrida Xitoyning harbiy yurishlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 7. Guptalar davlati haqida nimalarni bilib oldingiz? Download 37.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling