4-mavzu. Sotsial psixologiyaning asosiy yo’nalishlari reja


Simvolik (belgili) kommunikatsiya


Download 83.64 Kb.
bet4/8
Sana31.01.2023
Hajmi83.64 Kb.
#1142769
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu

Simvolik (belgili) kommunikatsiya – bu inson psixikasining ibtidosi hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha Gerbert Xaymen, Robert Mertonning referent guruh muammosi o‘rganilgan. Unda shaxs rivojlanishi strukturasi va dinamikasi, Teodor Sarbinning rollar nazariyasi, sotsial o‘zaro hamkorlikning mikrojarayonlari, sotsial faoliyat muhiti o‘rganilgan.
Shaxs bir tomondan, avtonom tizim tarzida mustaqil impulsiv xulq-atvor sifatida namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, tobe sotsial tizim bo‘lib, atrofdagilar kutgan xulq-atvorda namoyon bo‘ladi. Shaxsdagi faollik ibtidosi nafaqat shaxsni, balki jamiyatni ham o‘zgartirishga qodirdir.


6. Sotsial psixologiyada sotsiometriya
Sotsiometriya (lot. societas – jamiyat va metriya) – sotsial psixologiya sohasi hisoblanadi. Ijtimoiy turmushdagi kichik guruh aʼzolari oʻrtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni oʻrganish va ularning darajalarini oʻlchashda qoʻllaniladi. Sotsiometriya guruh aʼzolarining bir-biri bilan oʻzaro subʼyektiv munosabatlarini, individlarning guruhdagi mavqei, kim yetakchilik qila olishi mumkinligi masalalarini eksperimental yoʻl bilan tadqiq qiladi.
Sotsiometriyaga amerikalik sotsiolog Yakob Levi Moreno (1892-1974) asos solgan. Uning metodiga koʻra, muayyan guruhdagi har xil xususiyatli shaxslarning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi soʻraladi. Olingan maʼlumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari toʻgʻrisida tasavvur hosil qiladi. Bu maʼlumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi koʻrinishini aks ettiradi, xolos.
Hozirgi davrda sotsiometriyaning modifikatsiyalari ishlab chiqilgan (Ya.L.Kolominskiy, I.P.Volkov). Sotsiometriyaning bu turi test savollari yordamida bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida toʻlaroq axborot toʻplash imkonini beradi.
Sotsiometriyaning nazariy va amaliy natijalari mehnat jamoalarining sotsial rivojlanishini boshqarishda, tarbiyaviy ishda va h.k.da keng qoʻllaniladi.



Download 83.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling