4. Mavzu. Sport mashg’uloti asoslari. Reja: Sport mashg’ulotlarining maqsad va vazifalari. Sport mashg’ulotlarining vositalari
Download 166.49 Kb. Pdf ko'rish
|
4 - mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar
- Xorijiy adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari
4. Mavzu. Sport mashg’uloti asoslari. Reja: 1.Sport mashg’ulotlarining maqsad va vazifalari. 2. Sport mashg’ulotlarining vositalari. « Mashg’uiot» iborasi mashq ma'nosini anglatadigan inglizcha training so'zidan kelib chiqqan. Uzoq vaqt davomida xuddi shu ma'noni «sport mashg’ulotsi» tushunchasiga ham berib keldilar va ushbu ibora ostida eng yuqori natijaga erishish uchun sport mashqlarini qayta takrorlashni tushunib keldilar.Sekin - astalik bilan «sport mashg’ulotsi» tushunchasining mazmuni kengayib bordi va hozirgi kunda u sportchini sport texnikasi va taktikasiga o'rganishini hamda uning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z tarkibiga olgan rejalashtirilgan pedagogik jarayon sifatida tushuniladi. Sport mashg’uJotlari maqsad va vazifaJari. Mazkur sportchi uchun imkon qadar maksimal tayyorgarlik darajasiga erishishga yo’naltirilgan musobaqa faoliyati xususiyatlari bilan chegaralangan va rejalashtirilgan sport natijalariga crishishni kafolatlaydigan sport bellashuvlariga tayyorgarlik sport mashg’ulotsining maqsadi hisoblanadi. Sport mashg’ulotsining tarkibiga sportchini tayyorlashning turlt tomonlari: nazariy, texnik, jismoniy, taktik va ruhiy tayyorgarlik kiritiladi. Mas tig’u lot va ayniqsa musobaqa faoliyatida ushbu tomonlarning birortasi ham alohida ajratilgan holda namoyon bo'la olmaydi. CJiar murakkab kompleksga birlashgan va eng yuqori sport koVsatkichlariga erishishga yo'naltirilgan bo'ladilar. Sport mashg’uloti jarayonida quyidagi asosiy masalalar hal etiladi: tanlangan sport tun bo'yicha texnika va taktikani o’zlashtirish; jismoniy sifatlarini takomillashtirish va musobaqa mashqlarini muvaffaqiyatli bajarilishini va rejalashtirilgan natijalarga erishishni ta’minlaydigan organizmning funksional tizimlari imkoniyatlarini oshirish kerakli axlohiy va irodaviy sifatlarni tarbiyalashmaxsus ma'naviy - ruhiy tayyorgarlik darajasini ta'minlash; muvaffaqiyatli masbg’uiot va musobaqa faoliyati olib borish uchun kerakli nazariy bilimiar va amaliy tajribaga ega bo'lish. Sport mashg’ulotsimng yuqoridagi masalalarini kompleks hal etishning natijatari: «mashg’ulotlanganlik», «tayyorlanganlik» va «sport formasi» tushunchalari orqali ifodalanadi. Chiniqqaniik organizmga qo'yilayotgan mashg’ulot yuklamalariga funksional moslashish darajasi bilan harakterlanadi. Bunday moslashish muntazam va tizimli jismoniy mashqlami bajarish natijasida paydo bo'Iadi hamda insonni ishlash qobiliyatini ortishiga xizmat qiladi. Chiniqqaniik doimo sportchini aniq ixtisoslik turidagi harakatlanish amallariga yo'naltirilgan bo'Iadi va uning organizmi funksional imkoniyatiarini, maxsus va umumiy ishlash qobiliyatini kuchaygan darajasida hamda sport malaka va ko'nikmalarini erishgan darajasida ifodalanadi. Sportchini chiniqqanlikgi, odatda, umumiy va maxsus chiniqqanlikka bo'linadi. Maxsus chiniqqanlikka tanlangan sport turida muskul taoliyatining aniq ko'rinishini bajarish natijasida erishiladi. Umumiy chiniqqaniik eng awalo sportchi organizmining organ va tizimlari funksional imkoniyatiarini oshiradigan va uning salomatligini muslahkamlaydigan umumrivojlanuvchi harakterdagi mashqlar ta'siri ostida shakllanadi. Tayyorlanganlik - bu jismoniy tayyorgarlikning (jismoniy sifatlaming rivojlanish darajasini); texnik tayyorgarlikning (harakatlanish malaka va ko'nikmalarinmg takomillashish darajasini); taktik tayyorgarlikning (taktik fikrlashni rivojlanish darajasini); ma'naviy - xuhiy tayyorgarlikning (axlohiy va irodaviy sifatlaming takomillashish darajasini) majmuoviy natijasidir, Tayyorlanganlik, shuningdek yuqorida sanab o'tilgan tayyorgarlik turlarining alohida bittasiga (jismoniy, texnik, va ma’naviy - ruhiy tayyorlanganlik) ham taalluqh bo'lisht mumkin.
Tayyorlanganlikning har bir tomoni uning boshqa tomonlarini takomillashganlik darajasiga bog’liq, ular orqali aniqlanadi va, o'z navbatida, ulaming darajasiga ta’sir ko'rsatadi. Masai an, sportchining texnik takomillashganligi turli harakatlanish sifatlarining - kuchning, tezkorlikning, egiluvchanlikning, koordinatsion qobiliyatlaming, chaqqonllkning rivojlanish darajasiga bog’liq bo'Iadi- Jismoniy sifatlarining, masalan, chidamlilikning namoyon bo'lish darajasi lexnika lejamkorligiga, charchoqni yengib o’tishda ruhiy mustahkamlik darajasiga, murakkab sharoitlarda musobaqa fcellashuvining ratsional taktik sxemasini amalga oshirish ko'nikmalariga chambarchas bog’liq. Shuningdek, taktik tayyorlanganlik faqatgina sportchining ma’lumotlami tez qabul qilish va qayta ishlash qobillyatiga, vujudga kelgan vaziyatga bog’liq holda ratsional taktik reja tuza olish va harakatlanish masalalari yechimining effektiv yo'llarini topa olish malakalariga, balki texnik mahorat
darajasiga, jismoniy tayyorlanganligiga, dadilligiga, jasurligiga, maqsadga intiluvchanligiga va boshqalarga ham bog’liq ekanligini ta’kidlab o'tish lozim. Sport formasi -bu musobaqa faoliyatida sportchi tayyorlanganligining turli (sport - texnik, jismoniy, taktik, ruhiy) tomonlarini bir vaqtda tadbiq etish qobilivati bilan harakterlanadigan eng yuqori darajasidir formasini tuldirish. Sport mashg’ulotlarimng vositaiari. Jismoniy mashqlar faol harakatlanish faoliyati bilan harakterlanadigan sport turlarida sport mashg’ulotsining assosiy maxsus vositaiari hisoblanadi. Bunday mashqlaming tarkibi u yoki bn darajada sport takomillashuvi predmeti sitatida tanlangan sport turining xususiyatlariga mos bolda ixtisoslashtiriladi. Sport mashg’ulotsining vositaiari quyidagi uchta mashqlar guruhlariga: tanlangan musobaqa mashqlariga, maxsus tayyorgarlik mashqlariga, umum tayyorgarlik mashqlariga bo'linadi. Tanlangan musobaqa mashqlari - bu yaxlit harakatlanish amallari (harakatlari) (yoki harakatlanish amallari to'plami) bo’lib ular sport kurashi olib borish vositaiari hisoblanadi va imkoni boricha tanlangan sport turi musobaqalari qoidalari bo'yicha bajariladi, Tanlangan musobaqa mashqlarining solishtirma og’irligi, ko'pgina sport turlarida, (sport o'yinlari bundan mustasno) uncha katta emas, chunk! ular sportchi organ!zmigajuda yuqori talablar qo'yadilar. Maxsus tayyorgarlik mashqlari mharakatlari elementlarini, ularning bog’lanishlari va variatsiy alar ini, shuningdek ular bilan shakliga yoki namoyon bo'Jadigan qobiliyatlari harakteriga sezilarli darajada o’xshaydigan harakatlami va amallarni orz tarkibiga oladi. Masai an, yuguruvchi sportchining maxsus layyorlanish mashqlariga tanlangan masofani bo1laklar bo'yicha yugurish kiradi; gtmnastikachilarda xuddi shunday rolni elementlami va musobaqa kombinatsiyalari birikmalarini; o'yin sport turlari vakillarida esa - o’yinii harakatlar va kornbinatsiyalar birikmalarini bajarish bo'ladi. Boshqa misol sifatida musobaqa harakatlari ko'rinishini hosil qiladigan (suvga sakrovchilar va gimnastikachilaming batutda mashqlar va boshqalar) mashqlar xizmat qilishi mumkin. Maxsus tayyorgarlik mashqlari qatoriga aniq ma'lum hollar da, ixtisoslashgan sport turi uchun kerak bo'lgan va mos ish rejimlarida namoyon bo'ladigan maxsus sifatlami takomillashtirishga yo'naltirilgan aralash va turdosh sport turlari mashqlarini ham kiritish mumkin. Mashqlar quyidagi maqsadlarda bajariiadi: oyoqiar bilan itarish kuchini oshirish; qo'Uar va oyoqiar bilan harakatlanish amplitudalarini oshirish; v) harakatlar koordinatsiyasini takomillashtirish; g) qo'llar bilan itarish kuchini oshirish; d) yo/ raavsumida harakatlanish koordinatsiyalari va sirpanish sezgirligini saqlash.
Maxsus tayyorgarlik mashqlari larkibi, hal qiluvchi darajada, tanlangan sport turi xususiyatlari bilan aniqlanadi. Mashqlar shunday hisob - kitob bilan yaratiladi va tanlanadiki, jistnoniy qobiliyatlarni takomillashtirishga yanada yo'naltiruvchi va tabaqalashgan ta'sir ko'rsatishini va sportchida kerakli malaka va ko'nilanalarni shakllantirishni ta'minlasin. Bu quyidagicha tushuntiriladi: tanlangan sport turidagi musobaqa mashqlarini ko'p marta takrorlanishi ko'pchilik hollarda kuchni,
tezkorlikni, chidamlilikni, muskullardagi harakatchanlikni maxsus ntashqlardan foydalanib erishishgan singari darajada takomillashtirish imkoniyatini bermaydi. Buning sababi, eng avvalo, ko'pchilik hollarda musobaqa mashqlarini yaxlit ko'rinishda takrorlashlar sonini asosan yuqori asab va jismoniy kuchlanishlari tufayli juda ko'p bajarish mumkin emasligidan iborat hamda bu holatni individual sport turlarida inobatga olish ayniqsa muhim. Maxsus tayyorgarlik mashqlari ustivor yo’naluvchanlikka bog’liq holda ikki guruhga: keltiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlarga bo'linadilar. Keltiruvchi mashqlar - bu harakatlarni shakli va texnikasini oVJashtirishga xizmat qiluvchi mashqlar, rivojlantiruvchi mashqlar - esa jismoniy sifatlarni (kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni va boshqalami) tarbiyalashga yo'naltirilgan mashqlar. Bunday bo'linish, aibatta, shartii, chunki harakatlanish amallarining shakli va maznmni ko'pgina hollarda bir - biri bilan o'zaro chambarchas bog’iangan bo’ladi. Maxsus tayyorgarlik mashqlari qatoriga tahlid qilish (imitatsion) mashqlari ham kiritiladi. Ular shunday tanlab olinadiki, sportchining harakatlari koordinatsion strukturasi bo’yicha bajarish harakteriga va ayniqsa tanlangan sport turi kinematikasi bo'yicha ham bajarish harakteriga imkon qadar ko'proq mos tushsin. Ko'pgina maxsus tayyorgarlik mashqlari orasidan murabbiy faqal aniq qo'yilgan vazifani hal qilish uchun mo'ljallangan mashqlarni taniab ola bilishi emas, balki harakatlarning ayrim qismlaridan, element! arid an, birikmalaridan yangilarini yarata olish malakalariga ham ega bo'lishi kerak. Bu koordinatsiyasi, kuchlanishi (zo'riqishi), harakteri, amplitudasi va boshqa xususiyatlari bo'yicha musobaqa mashqlari bilan o’xshash mashqlar bo'lishi kerak. Biroq, hamma mashg’ulot vositalari shug’ullanuvchilaming individual xususiyatlarini inobatga olgan holda t tanlanishi lozim. Ulardan ba'zilari sportchining mavjud kuchli tomonlarini yanada yaxshilashi, boshqa bir vositalar esa ayrim ortda qolib borayotgan texnik harakatlami yoki jismoniy sifatlami yetkazib olishga xizmat qilishi kerak. Umumtayyorgarlik mashqlari asosan sportchining umumiy layyorgarlik vositalari hisoblanadi. Ular sifatida eng rang – barang mashqlardan - o'z ta'siri xususiyatlari bo'yicha maxsus tayyorgarlik mashqlariga yaqinlashtirilganlaridan ham, ulardan keskin farq qiladigan (shu jumladan qarama - qarshi yo'nalgan) mashqlardan ham foydalanish mumkin. Umumtayyorgarlik mashqlarining ahamiyatiga, ko'pchilik sport turlarida, ayniqsa o'sib kelayotgan yosblaming mashg’ulotlarida, ko'pchilik hollarda, yetarlicha baho berilmaydi. Ayrim mutaxassislar ko’p yillik tayyorgarliknlng barcha bosqichlarida maxsus tayyorgarlik hajmini keskin oshiradilar va shu bilan birga umumiy jismoniy tayyorgarlik hajmini qiskartiradilar. Bu esa yosh sportchilar mashg’ulotlarini o'ta jadallashishiga olib keiadi. Umumtayvorgarlik mashqlarini natijalar yaxshilanishiga ta'siri aniq lakt hisoblanadi. Maxsus vositalar (musobaqa va maxsus tayyorgarlik mashqlari), bir tomondan, natijalami yaxshilanishiga yanada bevosita ta’sir ko'rsatadilar.Ikkinchi tomondan, natijalarni yetarli darajada yaxshilanmasligi yoki hattoki yuksak yutuqlar bosqichida ularni o'sishdan to'xtashi, shuningdek sportchi shikasUanishlarining ko'payishi mashg’ulotlarda va ayniqsa boshlang’ich bosqichlarida umumtayyorgarlik mashqlari hajmining yetarli darajada bo’lmaganligi sababli deb ta’kidlash mumkin.
Umumtayyorgarlik mashqlarini tan lash da. odatda quyidagi talablarga rioya qilinadi: sport yo'lining dastlabki bosqichlarida sponchining umumiy jismoniy tayyorgarligi hartomonlama jismoniy rivojlanish masalalarini effektiv hal qilish imkoniyatini beradigan vositalarni o'z tarkibiga olishi kerak; chuqurlashtirilgan ixtisoslik va sportni takomillashtirish bosqicblarida u sport natijalari progressini aniqlaydigan musobaqa malaka va ko’nikmalarini va jismoniy qobiliyatlami takomillashtirish uchun quyidagilar fundamenti (asosi) bo'lib hisoblanishi kerak: nomaxsus, ya'ni umumiy chidamlilikni tarbiyalashda o'rtacha intensiviikdagi azoq davomli yugurish, chang* i krosslari, suvda suzish; xususiy kuch qobiliyatlarini tarbiyalashda - og;ir atletikaga daxldor bo’lgan shtanga bilan mashqlar, shuaingdek turli qo'shimcha og’irlik va harshiliklar bilan bajariladigan sport - yordamchi gimnastika mashqlari; harakat tezligini va harakatlanish reaktsiyasini tarbiyalashda - sprinter mashqlari, sport o'yinlarining turli ko'rinishdagi mashg’ulotlari vaharakatli o’yinlar; koordinatsion qobiliyatiami tarbiyalashda – sport gimnastikasi, akrobatika elementlari, harakatlar koordinatsiyasiga yuqori talabli o'yinlar. Biroq, umumtayyorgarlik mashqlari shu bilan birga sport ixtisosligini ham ifodalashi kerakligini unutmasiik lozim. Turli jismoniy mashqiami bajarish o'rtasida turli jismoniy sifatlar va harakatlanish malaka va ko'nikmalarini ijobiy va salbiy «ko*chirish» qonuniyatlari bilan bog’iiq bo'lgan ham ijobiy, ham salbiy o'zaro ta’sirlar qo'llanishi mumkin. Faqat shu sababning oV.iga ko'ra ham umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalari bar xil sport turlari uchun bir xil bo'la olmaydi. Ma'lum bir o’xshashligi bilan bir qatorda ushbu vositalarning tarkibi bar bir aniq holatda o'zining alohida xususiyallariga ega bo'lishi kerak. Bu ularni tanlashga ham, mashg’ulot jarayoni tuzilmasida egallaydigan joyiga ham taalluqli. Umumtayyorgarlik mashqlarini mashg’ulot jarayoniga kiritilishi, odatda, uning umumiy samaradorligini ortishigaxizmatqiladi.
1. Саломов Р.С. Спорт машғулотнинг назарий асослари – Тошкент., Ўз ДЖТИ, 2005 йил - 238 б. 2. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., “Iqtisod - moliya” 2008 yil - 300 b. 3. Матвьев Л.П. Теория и методика физического воспитание Москва – 2005 г. Qo’shimcha adabiyotlar 1. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш Тошкент., Ўз ДЖТИ, 2005 й - 171 б. 2. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси Тошкент., ЎзДЖТИ, 2005 йил - 300 б.
Xorijiy adabiyotlar 1.
Cratty B. Movement behavior and motor learning. Philadelphia. Lee and Febliger.- 1973. 2. Domann G., Domann D., Hagy B. How to teach your baby be physically " supperb.- Garden City Park, New York.- 1994.
Elektron ta’lim resurslari 1. www.pedagog.uz 2. tdpu.INTRANET.uz Download 166.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling