4-mavzu. Statistik jamlash va guruhlash amaliy mashg’ulot savollari


Download 19.07 Kb.
Sana03.10.2020
Hajmi19.07 Kb.
#132244
Bog'liq
4-amaliy mashgulot


4-MAVZU. STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH
Amaliy mashg’ulot savollari


  1. Statistik svodkalashning statistik guruhlashdan qanday farqli jihatlari mavjud?

1.Svodkalash oddiy va murakab svodkalashlarga bolinadi. ODDIY SVODKALASH deganda olingan malumotlarni guruhlarga bolmasdan toplam boyicha umumiy yakunlarni chiqarish tushuniladi. MURAKKAB SVODKALASH deyilganda malumotlarni dasturda kozda tutilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bolib organish tushuniladi. Jami talabalarni kurslarga va mutaxassisliklarga bolib organish bunga misol boladi. Tor ma`noda svodkalash ham huddi oddiy svodkalash kabi umumiy va guruhiy yakunlarini chiqarish bilan cheklanadi

Statistik guruhlash - bu o’rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir xil (turdosh) guruhlar birlashtirishdir.Statistikada guruhlash deb o’rganilayotgan hodisalarni (ob’ektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh(sifatdosh) guruhlarga (to’plamlarga) birlashtirish yuritiladi. Masalan, aktsioner kompaniyalarni dividend to’lash darajasiga

qarab guruhlarga ajratish.

Agarda to’plangan ma’lumotlarni jamg’arib umumiy ko’rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to’plamlarga tegishli bo’lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz. Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy printsiplarni yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat.



  1. Oraliqli qator nima va u qanday tartibda tuziladi?

3. Joriy yil uchun bir tarmoqqa tegishli kichik korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:

1-jadval

Kichik korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati

Korxonalarning tartib raqami

Asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati, mlrd. so‘m

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mlrd. so‘m

Korxonalarning tartib raqami

Asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati, mlrd. so‘m

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mlrd. so‘m

1

2

3

1

2

3

1

10,2

9,7

16

14,6

14,0

2

12,8

12,5

17

16,2

14,4

3

15,7

16,1

18

14,9

14,5

4

15,1

14,8

19

15,5

17,1

5

17,6

16,5

20

18,4

17,8

6

19,3

21,9

21

16,5

21,2

7

13,0

14,7

22

11,3

10,6

8

10,0

8,3

23

19,5

25,7

9

10,9

9,4

24

13,9

13,0

10

13,5

12,2

25

17,8

18,5

11

17,0

19,6

26

16,9

15,5

12

20,0

19,0

27

15,5

15,2

13

12,1

12,0

28

14,4

14,1

14

12,7

12,4

29

14,2

14,9

15

14,2

17,0

30

16,3

22,3

Berilgan ma’lumotlar asosida asosida analitik guruhlashni amalga oshiring.

4. Tijorat banklari ustav fondi qiymati bo‘yicha quyidagicha guruhlangan.



1-jadval

Tijorat banklarining ustav fondi qiymati bo‘yicha guruhlanishi

A hudud

V hudud

Ustav fondi, mln. so‘m

Banklar ulushi, jamiga nisbatan %da

Ustav fondi, mln. so‘m

Banklar ulushi, jamiga nisbatan %da

100 gacha

7

100 gacha

2

100-500

9

100-300

5

500-1000

18

300-500

6

1000-5000

34

500-700

7

5000-20000

22

700-1000

12

20000 dan yuqori

10

1000-3000

28







3000-5000

18







5000-10000

14







10000 dan yuqori

8

Jami

100

Jami

100

Ikkala hududni taqqoslash maqsadida ikkilamchi guruhlashni amalga oshiring, banklar ustav fondi hajmi 100 mln so‘mgacha, 100-500, 500-1000, 1000-5000, 5000-10000, 10000 mln. so‘mdan yuqori oraliqkar bo’yicha guruhlansin.
Testlar

1. Guruhlash natijasida to‘plam birliklarini sifat jihatdan bir xil guruhlarga ajratilish – bu:

  1. tuzilmaviy guruhlash

  2. kombinatsion guruhlash

  3. tipologik guruhlash

  4. analitik guruhlash

2. Svodkalash ma’lumotlarni qayta ishlash texnikasiga asoslanib qanday turlarga bo‘linadi:

  1. markazlashgan va markazlashmagan

  2. kombinatsion

  3. oddiy va murakkab

  4. qo‘lda va mashinada

3. Guruhlash asosi qilib olingan belgi nima?

  1. ikkilamchi guruhlash

  2. guruhlash belgisi

  3. guruhlash turlari

  4. guruhlash oralig‘i

4. Quyidagi belgilardan qaysi biri guruhlash uchun asos sifatida olinsa tadqiq etilayotgan ob’ekt soniga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi?

  1. sifat belgi

  2. miqdoriy belgi

  3. muqobil belgi

  4. sifat va miqdor belgi

5. Dastlabki guruhlangan ma’lumotlarga asoslanib yangi guruhlarni hosil qilish...

  1. ikkilamchi guruhlash

  2. analitik guruhlash

  3. tipologik guruhlash

  4. tuzilmaviy guruhlash

6. Ikkita qarama-qarshi, bir-birini taqozo etmaydigan belgi qanday nomlanadi?

  1. atributiv

  2. miqdoriy

  3. natijaviy

  4. muqobil (alternativ)

7. Hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish qanday guruhlash yordamida o‘rganiladi?

  1. tipologik

  2. tuzilmaviy

  3. analitik

  4. kombinatsion

8. “Gacha va undan yuqori" so‘zlari bilan chegaralangan oraliq qanday nomlanadi?

    1. yopiq

    2. ochiq

    3. teng

    4. teng bo‘lmagan

9. Quyidagilarning qaysi birida yig‘ilib boriladigan vaznlardan foydalaniladi?

  1. ogiva

  2. kumulyata

  3. poligon

  4. gistogramma

10. Taqqoslanayotgan hududlar bo‘yicha guruhlar soni har xil bo‘lib, ma’lumotlarni taqqoslab bo‘lmasa, ularni taqqoslama holga keltirish...

  1. ikkilamchi guruhlash usuli orqali amalga oshiriladi

  2. markazlashgan guruhlash usuli orqali amalga oshiriladi

  3. kombinatsion guruhlash usuli orqali amalga oshiriladi

  4. murakkab guruhlashni hosil qilish yordamida amalga oshiriladi

11. Quyidagilarning qaysi biri atributiv belgi hisoblanadi?

  1. yosh

  2. millat

  3. o‘zlashtirish ko‘rsatkichi

  4. korxonaning foydasi

12. Quyidagilarning qaysi biri miqdoriy belgi hisoblanadi?

  1. millat

  2. mulk shakli

  3. yosh

  4. firmaning nomi

13. Quyidagilarning qaysi biri tipologik belgi hisoblanadi?

  1. aholini jinsi bo‘yicha guruhlash

  2. tarmoqlarda bandlik bo‘yicha aholini guruhlash

  3. ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini kapital jamg‘armasi bo‘yicha guruhlash

  4. mulk shakli asosida umumiy ovqatlanish korxonalarini guruhlash

14. Omil belgi...

    1. natijaviy belgi ta’siri ostida o‘zgaruvchi belgi

    2. hodisa miqdori, hajmini ifodalovchi miqdoriy belgi

    3. natijaviy belgiga ta’sir qiluvchi belgi

    4. mahsulotning tannarxini aks ettiruvchi belgi

15. Agar oraliqlar dangacha aniq berilgan bo‘lsa, u holda oraliq...

  1. teng oraliq

  2. teng bo‘lmagan oraliq

  3. yopiq

  4. ochiq

16. Natijaviy belgi ...

  1. omil belgi ta’siri ostida o‘zgaruvchi belgi

  2. omil belgiga ta’sir etuvchi belgi

  3. mahsulotning tannarxini aks ettiruvchi belgi

  4. hodisa miqdori, hajmini ifodalovchi miqdoriy belgi

17. Statistik guruhlash – bu ...

  1. ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida ularni muhim belgilari bo‘yicha bir xil guruh va guruhchalarga bo‘lib o‘rganish

  2. muayyan ob’ekt yoki to‘plamlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar to‘plami

  3. to‘plamdagi barcha birliklarni bitta ham qoldirmasdan tekshiriladigan kuzatish

  4. hodisani sifat belgilari asosida umumlashtirib ta’riflovchi miqdoriy ko‘rsatkich

18. Agar mehnat unumdorligi va mahsulot tannarxi o‘rtasidagi bog‘lanish o‘rganilayotgan bo‘lsa, u holda quyidagilarning qaysi biri omil belgi hisoblanadi:

  1. mehnat unumdorligi

  2. mahsulot tannarxi

  3. ishlab chiqarilgan mahsulot

  4. mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt.

19. Murakkab svodkalash – bu ...

  1. to‘plamning turli birliklarini sifati jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratish

  2. ma’lumotlarni dasturda ko‘zda tutilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bo‘lib o‘rganish

  3. ma’lumotlarni guruhlarga bo‘lmasdan, to‘plam bo‘yicha umumiy yakunlarni chiqarish

  4. hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish.

20. Ikki va undan ortiq belgilar bo‘yicha amalga oshirilgan guruhlash – bu ...

  1. oddiy

  2. tipologik

  3. Oõ mmm 9

  4. kombinatsion

Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling