4-mavzu tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari


Download 1.69 Mb.
bet5/6
Sana22.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1649714
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-маьруза

Zilzila vaqtida aholi harakati.

  • Zilzilagacha: (sumka yoki ryukzaklar bilan)

  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;

  • xonadoningizda batareyali radiopriyomnik,

  • chO`ntak elektr fonari va dori-darmonlar

  • saqlanadigan quticha, zarur hujjatlar tayyor

  • holda turishi;

  • birinchi tibbiy yordam kO`rsatish qoidalarini

  • bilishingiz;

  • asosiy elektr O`chirgich va gaz kranlarini joyini aniq bilib olishingiz;

  • shkaflarda og`ir buyumlarni qO`ymaslik, og`ir shkaflarni devorga mahkamlab qO`yish;

  • zilzila sodir bO`lgan vaqtda oila a’zolari bilan qaerda uchrashishni kelishib olish;

  • tashkilotlar, muassasalarda O`tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish zarur.

Zilzila vaqtida

  • agar binoning birinchi qavatida bO`lsangiz darhol tashqariga chiqing, binodan tashqarida bO`lsangiz, O`sha erda qoling;

  • xona ichida bO`lsangiz, tayanch devorlar va eshik ostonasi xavfsiz joylar hisoblanadi;

  • kO`chada bO`lsangiz qulab tushishi mumkin bO`lgan bino, baland devor, elektr tarmoqlaridan yiroqroq bO`lishga harakat qiling;

  • zilzila vaqtida lift yoki zinalardan foydalanmang.

  • Zilziladan sO`ng:

  • sarosimaga tushmay xotirjamlik bilan vaziyatni baholang, jabrlanganlarga va bolalarga yordam berishga kirishing;

  • suv, gaz, elektr tarmoqlari holatini tekshiring, ishdan chiqqan bO`lsa foydalanmang;

  • shikastlangan binolarga kirishda ehtiyot bO`lib harakat qiling;

  • telefon tarmoqlarini ortiqcha band qilmang;

  • zilzila qaytishiga tayyor turing, berilayotgan axborotlarni kuzatib boring.

  • Demak, zilzila vayronkor kuchga ega ekanligi bilan tabiiy ofatlar ichida ajralib turadi. Shuning uchun zilzilagacha, zilzila vaqtida va zilziladan sO`nggi harakatlarni etarli darajada O`zlashtirib oling.

Oxirgi yillar ichida Pokiston, Indoneziya, Turkiya, Peru, Chili va Gaitida sodir bO`lgan yer qimirlashlari natijasida minglab kishilar hayotdan kO`z yumdi. Kamida shuncha kishi boshpanasiz qoldi. Geologik nuqtai nazardan notinch Himolay tog‘ tizmasi kelajakda yana ham kuchliroq zilzilalarni keltirib chiqarish ehtimoli katta. Bu holat zilzilaning oldindan bilish zaruratining globalligini kO`rsatmoqda.



Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling