4-Mavzu. Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi Asosiy savollar


Download 72.26 Kb.
bet5/8
Sana06.11.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1750477
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Mavzu. Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi

Vasiylik — o’n to’rt yoshga to’lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli.
Homiylik — o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Sog’lig’ining holatiga ko’ra mustaqil ravishda o’z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o’z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko’ra homiylik belgilanishi mumkin[1].
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Vasiylik va homiylik to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir normative-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko’ra “O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida Nizom” qabul qilingan. Ushbu nizomda maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim muassasalari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, huquqni muhofaza qilish organlari, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha idoralararo komissiyalar, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo’yicha Respublika reabilitatsiya markazi va boshqa muassasalar, shuningdek fuqarolar vasiylik va homiylik organlariga quyidagi vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar aniqlanganda:
ota-onasi vafot etgan yoki sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar to’g’risida;
ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bolalar to’g’risida;
ota-onasi ota-onalik huquqlari cheklangan bolalar to’g’risida;
ota-onasining tarbiyasida bo’lishi bolalar manfaatlariga zid bo’lganda, shuningdek ularning hayoti va sog’lig’i uchun bevosita tahdid mavjud bo’lgan bolalar to’g’risida;
ota-onasi 6 oydan ortiq muddatda yo’q bo’lgan bolalar to’g’risida, agar bola qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazoratida qoldirilgan bo’lsa;
ota-onasi 6 oydan kam muddatda vaqtincha bo’lmagan bolalar to’g’risida, agar bu bolalarning manfaatlari uchun zarur bo’lsa;
ota-onasining kasalligi sababli ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to’g’risida;
ota-onasi ularni tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa shunga o’xshash muassasalardan olishdan bosh tortgan bolalar to’g’risida;
odam savdosidan jabrlangan bolalar to’g’risida;
ota-onasi noma’lum bo’lgan yoxud ular sud tomonidan bedarak yo’qolgan deb e’tirof etilgan bolalar to’g’risida;
boshqa sabablarga ko’ra ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar to’g’risida;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar to’g’risida;
sog’lig’ining holatiga ko’ra homiy tayinlanishiga muhtoj bo’lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli shaxslar to’g’risida ma’lumotlar berishi shart.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar vasiylik va homiylik organlariga mazkur shaxslar aniqlangan kundan e’tiboran etti kun mobaynida yozma shaklda yuboradi[3].
Vasiylik yoki homiylik belgilash zarurligi haqida vasiylik va homiylik organlariga ma’lum bo’lgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi kerakligi belgilangan.
Bolalarga tuman hokimligi qarori bilan vasiy yoki homiy tayinlanganch, ta’lim muassasasida u bilan bir qator ishlar amalga oshiriladi. Sinf rahbari, ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari, amaliyotchi psixolog va fan o’qituvchilari o’quvchining ta’lim-tarbiyasiga vasiylik yoki homiylikka olgan shaxs bilan birgalikda mas’ul hisoblanishadi.
Ta’lim muassasasining oila bilan olib boradigan ishlari to’laligicha bolaning ta’lim-tarbiyasi yaxshilanishiga qaratilgan bo’lib, bu borada pedagoglar ota-onalar va mahalla raisi va mas’ullar bilan davra suhbati, oilalarga borib, bolaning yashash va ta’lim olish sharoiti bilan tanishish, oiladagi nizolarning bolaga salbiy tasiri haqida ota-ona va boshqa oila a’zolari bilan tushuntirish va targ’ibot ishlarini olib borishadi.
Yurtimiz ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar va psixologlar tomonidan farzand tarbiyasi bo’yicha ota-onalarga bir qancha tavsiya va maslahatlar berilgan:

  • Har qanday bola – u a’lochi yoki pastroq baholar olsa ham, harakatlari sustroq yoki harakatchan, rostgo’y yoki yolg’onchiroq bo’lsa ham hurmatga va qadrlanishga loyiqdir.

  • Buyruq ohangida gapirishdan cheklaning, aksincha uni o’zingizga teng ravishda ko’rib maslahatlashing.

  • Bola to’liq kamchiliklardan, zaifliklardan, muvaffaqiyatsizliklardan iborat emas. Har bir bolada o’ziga yarasha afzalliklar bor, faqat buni ko’ra bilish kerak

  • Bolani maqtashdan charchamang. Ijrochini maqtash, ijroni tanqid qilish kerak.

  • Bolaning oldiga u bajara oladigan vazifalarni qo’ying.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling