4-Mavzu. Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi Asosiy savollar


Download 72.26 Kb.
bet1/8
Sana06.11.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1750477
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Mavzu. Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi


4-Mavzu. Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi
Asosiy savollar:

  1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasining ahamiyati.

  2. Ta’lim muassasasida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi masalalari



Tayanch ibora va tushunchalar: oila, mahalla, ta’lim muassasasi, integratsiya, ta’lim, tarbiya, konsepsiya, jamoatchilik kengashi, vasiylik, homiylik, hokimlik.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasining ahamiyati.
Jamiyatda oilaning, mahallaning roli o’zining kuchi bo’yicha boshqa hech bir institutlar bilan tenglashtirib bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida bu borada alohida to’xtalib: “Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg’unchi yot g’oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o’rnini jaholat egallashiga yo’l qo’ymaymiz. Buning uchun nafaqat mas’ul tashkilotlar, balki barchamiz birgalikda muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatini ochib berish, farzandlarimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo’yicha oila, mahalla va ta’lim maskanlarida ish olib borishimiz zarur”, deb ta’kidlagani bejizga emas[2]. Aynan oilada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi bola jamiyatda qiyinchiliklarsiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarini egallaydi.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan “Oila, mahalla, ta’lim muassasi hamkorligi” Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma’lum datsurilamal bo’lib xizmat qilmoqda.
O’quvchilarni tarbiyalashda “Oila, mahalla, maktab hamkorligi” Konsepsiyasini amalga oshirish jarayonida oilaning vazifalari:
- oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’r bo’lishni ta’minlash;
- oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini anglab etishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
- farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo’lib etishishlarini ta’minlash;
- bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
-bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
- bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, itsiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- bolalarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;
- farzandlarida mavjud bo’lgan itse’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
- o’z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;
- ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi;
- bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini shakllantirish;
- oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash;
- sanitariya-gigienik, ekologik ko’nikmalarni singdirish, diniy aqidaparatslik, ichkilibozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish;
- oila, maktab va mahalla oldida o’z farzandlarining barcha hatti-harakatlari uchun javobgardir;
- sog’ligida va aqlida nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-kor o’rgatishdan iborat.
Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o’zbekona ta’bir bilan aytganda, farzandga yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling