Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar” kafedrasi “dasturiy ta‘minotni ishlab chiqish texnologiyalari” fanidan


Download 127.2 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi127.2 Kb.
#1560073
  1   2   3   4
Bog'liq
Ibodillayev Avazbek (2) — копия


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

AXBOROT TIZIMLARI VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR”
KAFEDRASI
DASTURIY TA‘MINOTNI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN

KURS ISHI


MAVZU: O‘zaro munosabat modeli (Interaction models)

MUNDARIJA




KIRISH……………………………………………………..…

3

I BOB

DASTURIY TA’MINOTNING O’ZARO MUNOSABAT MODELLLAR………….……………………………………

7


O’ZARO MUNOSABAT MODELLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT…………………………………………………..

7


DASTURIY TA’MINOT YARATISHDA O’ZARO MUNOSABAT MODELLARI BILAN ISHLASH…………..

14

II BOB

DASTURIY TA’MINOT YARATISHDA O’ZARO TA’SIR MODELLARI QO’LLANILISHI………………..

18

2.1.

O’ZARO MUNOSABAT MODELLAR BILAN ISHLASHDA UML USULI………………………………….

18

2.2.

O’ZARO MUNOSABAT MODELLARI BILAN ISHLASHNING QULAYLIKLARI VA UNING SAMARASI

24




XULOSA……………………………………………………..

33




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………

35

KIRISH

Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tsivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida etakchi o‘rinni egallamoqda.


Axborot texnologiyalarining industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va u bilan bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi. Yurtimizda yoshlar va mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish ustida ishlar olib borilyapti. Bu platforma yoshlarning ilm olishi, kasb-hunarli bo‘lishi, bir so‘z bilan aytganda, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun xizmat qiladi.
Mazkur yo‘nalishning mantiqiy davomida sifatida o‘sib kelayotgan navqiron avlodni AKT sohasiga yanada qiziqtirish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida joriy yilda yuzdan ziyod shahar va tumanda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochiladi. Shu bilan birga, yoshlarning sohaga oid ilmiy izlanishlarini davom ettirishini ta’minlash, yanada kengaytirish maqsadida Toshkent viloyatida Axborot texnologiyalari universiteti filiali hamda barcha hududlarda texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Bir million dasturchi” loyihasini istiqbol sari tashlangan muhim strategik qadam, deb bemalol aytish mumkin. Loyiha doirasida 120 mingdan ziyod o‘quvchi ta’lim olib, ulardan 18 mingdan ortig‘i kurslarni muvaffaqiyatli tugatdi.
Kelgusi ikki yilda bu ko‘rsatkichni 300 mingga etkazish va ularni kompyuter texnologiyalari yo‘nalishida bepul o‘qitish, masofaviy ta’lim va darslarni onlayn o‘tkazish imkoniyatini yaratadigan “Onlayn, Raqamli, Xavfsiz ixtisoslashtirilgan maktab”, “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimlari ishga tushiriladi. 2021 yildan boshlab xalqaro IT sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlarga xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berish vazifalari belgilandi.
IT-startaplariga ko‘mak berish va AKT sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mahalliy oliy ta’lim muassasalari qoshida IT-Inkubatsiya markazlari tashkil etilmoqda. Hozirgi kunda shu kabi markazlar G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent shahridagi Inha, Amiti, Turin politexnika universitetlari, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash haqida gap ketar ekan, IT-parklar faoliyati xususida ham to‘xtalib o‘tish joiz. Zero, 2020 yilda mamlakatimizda ish boshlagan IT-parklar rezidentlari tomonidan jami 750dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmi 346,2 milliard so‘m, jumladan, eksport hajmi 8,4 million dollarni tashkil etdi. Shunday ekan, Toshkent shahrida IT-rark rezidentlari sonini ko‘paytirish va ularga etarli imkoniyatlar yaratish muhim vazifalardandir. Shu maqsadda xorijdan jalb qilingan ekspert bilan hamkorlikda umumiy maydoni 408 ming kvadrat metrga teng hududda infratuzilma ob’ektlarini bunyod etish kontseptsiyasi ishlab chiqilib, qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Uning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Namangan viloyatlarida IT-park filiallari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Shu paytga qadar IT-parkning hududiy filiallari binolari Andijon (“Digital City” texnoparki), Farg‘ona (IT Park Marg‘ilon filiali), Sirdaryo (IT Park Guliston filiali), Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida foydalanishga topshirilgan edi.
Andijon filialida 10 ta, Marg‘ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda. Quvonarlisi, ularda 2020 yilning o‘zida 400dan ziyod korxona faoliyat boshlab, 900dan ortiq dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqarildi. 2020 yil 6 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq, o‘tgan yilda ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari tashkil etilib, jihozlandi, tizimdagi korxona va tashkilotlar ularga homiy sifatida biriktirildi va 10 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Shuningdek, qarorda 2021 yilda 82 ta, 2022 yilda 64 ta va 2023 yilda 45 ta ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu kabi chora-tadbirlar sohada boshlangan islohotlar ko‘lamidan dalolat beradi.

  1. asr “Axborot texnologiyalar” davri deb bekorga aytilmagan. Insonning har daqiqasi texnologiyalarga bog’lanib qolgan. Mana oddiygina misol, har kuni ertalab turib birinchi qiladigan ishimiz, ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar, shaxsiy xabarlarni tekshiramiz. Xo’sh, O’zbekistonda axborot texnologiyalarni o’rni qanday? Uni rivojlantirish maqsadida qanday ishlar amallarga oshirilmoqda?

Ijtimoiy tarmoqlar yoki televideniyalarda tez-tez quloqqa chalinadigan IT (‘ayti’) yoki Axborot texnologiyalarning qanchalik muhim ahamiyati bor? Bular bizning hayotimizni o’rab olgan desak ham bo’ladi: mobil aloqalar, internet, sog’liqni saqlash, ta’lim va hokozo. Texnologiyaning foydali taraflari ham juda ko’p. Masalan, tezkor axborot olish. Buni oddiygina Telegram, Instagram, Facebook yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi blog saytlarning tezlikdagi yangilikni obunachilarga taqdim etishidir. IT ning qulaylik taraflarni aytsak son sanog’i yo’q.
Axborot texnologiyalar sezilarli tarzda rivojlanmoqda desak bu televideniyalardagi maqtov gaplar kabi ko’rinishi mumkin. Tog’rida biz bunday gaplarga juda o’rganib qolganmiz. Aslidachi vaziyat qanday? Buni turli misollar asosida ko’rib chiqamiz.
2018-yildagi 1-dekabrdan internet tezligi 10 barobar tezlashadi, deya O’za xabar bergandi. Shu kunlarda shu xabarga 1 yil bo’ladi. Internet tezligi 10 barobar oshmagan bo’lsa ham, tariflarda narhlar pasayib, internet tezligi oshgan. Masalan, Uztelekom kompaniyasi 88 000 so’mdan boshlab, tezligi 4 Mbit/s cheksiz trafikli tariflarni taklif qiladi. Buni o’tgan yilgi holatda 10 barobar oshgan deyish qiyin, lekin shukr qilish kerak, bu kabi cheksiz trafikli tariflarni orzu qilar edik.
Ammo, bu sohada hali yetarlicha ishlar olib borilishi kerak. Mobil aloqa qimmat, Toshkent shahridan tashqari qolgan joylarda ham optik tolali internet qamrovini oshirish kerak.

  1. yil 24-iyulda Toshkent shahrida IT park tashkillashtirildi. Bu yerda turli hil yangi g’oyalar,startuplarni amalga oshirish mumkin. Kuni kecha 20-noyabrda Shavkat Mirziyoyev ushbu hududga tashrif buyurib, kelajakdagi ishlarni ko’rib chiqdi. Bu yerda yana 7 yangi inshoat qurilar ekan. Keling Siz va men buni kuzatishni davom etamiz. Balki kelajakda IT park O’zbekistonning Silicon valleyi bo’lishi mumkin.

18-oktabr kuni Xan akademiyasining o’zbek tilidagi talqini taqdim etildi. Bu dunyo bo’ylab bepul onlayn ta’lim beradigan platformadir. Umid qilamizki, kelajakda bu o’zbek tilidagi “tutorial” ya’ni darslarga boy bo’lgan resurs markaz bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qaroriga muvofiq, shuningdek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaning hamda hududiy inspeksiyalarning tuzilmalari 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarining milliy reyestrini yuritish va yanada rivojlantirish hamda raqobatbardosh mahalliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish, shuningdek, istiqbolli loyihalar va innovatsion texnologiyalarni yaratish bilan band bo‘lgan yosh iste’dodli dasturchilarga yordam ko‘rsatadi.
Aholiga qulaylik yaratish va davlat organlarining samaradorligini oshirish, Elektron hukumatni takomillashtirish raqamlashtirish jarayonlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Davlat organlari va aholi o‘rtasida interaktiv muloqotning samarali mexanizmi yaratilishi nafaqat fuqarolarning vaqt va mablag‘larini tejashga, shu bilan birga, davlat organlarining faoliyatini tubdan yaxshilashga zamin yaratadi, elektron hujjat aylanishi orqali ularning vaqt va xarajatlarini tejaydi, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlaydi.
Elektron hukumat tizimini rivojlantirishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali muhim o‘rin tutadi (my.gov.uz). 2020 yilda Yagona portal xizmatini rivojlantirish doirasida muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘tgan yili portal orqali 9,8 millionta ariza kelib tushgan. Yagona portalning foydalanuvchilari soni 185 mingga ko‘payib, 380 mingtaga etdi. Bugungi kunda Yagona portal orqali 218 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Joriy yil boshida yangi xizmat joriy etildi. Endi fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza topshirishi mumkin.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirish va foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining Android va OS platformada ishlaydigan mobil ilovasi yaratildi va ishga tushirildi.
Dasturning funktsional jihatlari kalit so‘zlar orqali qidiruvni amalga oshirish, yuborilgan arizani ko‘rib chiqish jarayonning monitoringini olib borish, davlat xizmatlari markazlarining geolokatsiyasini ko‘rishga imkon beradi.
Yagona portalning yana bir muhim afzalliklaridan biri, fuqarolar imtiyozli ravishda, 10 foiz chegirma bilan davlat xizmatlardan foydalanishlari mumkin. So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim ishlar bajarildi. Ularning mantiqiy uzviyligini ta’minlash maqsadida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ijrosi izchil ta’minlanyapti. Uchrayotgan kamchilik va muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada kompleks chora-tadbirlar belgilab olindi.
Jumladan, “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasiga asosan kelgusi uch yilda hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha 2,6 trillion so‘mdan ortiq bo‘lgan 1 ming 627 ta loyiha amalga oshiriladi.



Download 127.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling