4-Mavzu. Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi Asosiy savollar


Ta’lim muassasasida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi masalalari


Download 72.26 Kb.
bet4/8
Sana06.11.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1750477
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-Mavzu. Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi

Ta’lim muassasasida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi masalalari
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy, madaniy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash ishi birinchi navbatda oiladan boshlanadi. Bu borada barkamol avlodni tarbiyalashda ota-ona, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalari oldiga o’quvchi yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini yanada rivojlantirish, o’quvchilarni huquqiy ma’naviy bilim ko’nikmalarini mustahkamlash, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorligini yanada jonlantirish vazifalari qo’yilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 7-fevraldagi 46-sonli buyrug’iga ko’ra tashkil etilgan “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat Kengashining maqsadlari:
jismonan soglom va ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila, ota-onalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyatini tizimli yo’lga qo’yish,
farzand tarbiyasida davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik faolligini oshirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
o’quvchi va yoshlar o’rtasida sodir etilishi mumkin bo’lgan tartibbuzarlik, zo’ravonlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, day- dichilik va tilamchilik, diniy aqidaparastlik, missionerlik va “ommaviy madaniyat” kabi ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarining oldini olishda manfaatdor vazirlik, idora va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda tashkiliy-pedagogik ishlarni tashkil etish hisoblanadi[4].
Jamoat kengashining vazifalari:
oila, umumta’lim maktablari va mahalla hamkorligining samaradorligi va natijadorligini ta’minlash;
ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o’rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o’zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko’maklashish;
ta’lim muassasalaridagi tarbiya sifatini o’rganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
o’quvchi-yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbiga vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, kelajakka ishonch va intilish, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu g’oyalar va fazilatlarni singdirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni mustahkamlash orqali zararli odatlar yo’liga kirishiga sabab bo’layotgan omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
o’quvchi-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, mahalla va jamiyatdagi o’zaro munosabatlarning ilk va asosiy ko’nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish;
o’quvchi-yoshlarga nisbatan “Hech kim, hech qachon e’tibordan chetda qolgan emas” tamoyilini joriy etish va faoliyat davomida bu masalaga doimiy ahamiyat qaratish;
qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta’lim muassasalariga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotilishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha jamoatchilik nazoratini o’rnatish;
ta’lim muassasasida ayrim o’quvchilarni kamsitish, ularga zo’ravonlik qilish holatlarining oldini olish va bartaraf etish bo’yicha ishlab chiqiladigan dasturlar tayyorlanishida ishtirok etish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
o’quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari uchun ta’lim-tarbiya faoliyatini takomillashtirish bo’yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda turli sotsiologik so’rovnomalar, amaliy treninglar, master-klasslar o’tkazish, psixologik maslahatlar tashkil etish;
hududiy jamoat kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish.
Shu bilan birga maktab jamoatchilik kengashining asosiy vazifalaridan o’quvchi yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.
Shu bilan birga maktab jamoat kengashi quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:
o’quvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash;
ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq bepul darsliklar bilan ta’minlash;
ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini homiylar mablag’larini jalb etgan holda o’quv qurollari bilan ta’minlash;
ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq qishqi bosh-kiyim ajratish bo’yicha buyurtmani shakllantirish;
zaruratdan kelib chiqib, ota-onalarga farzandlarining ta’lim-tarbiya olishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratishlariga ko’maklashish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash choralarini ko’rish.
Umumta’lim maktablari huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashlarining namunaviy tarkibi:
1. Umumta’lim maktabi direktori – jamoat kengashi raisi
2. Mahalla fuqarolar yig’ini raisi – jamoat kengashi hamraisi
3. Oilaviy poliklinika shifokori
4. Hududiy profilaktika inspektori
5. Mahalla fuqarolar yig’inining Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo’yicha mutaxassisi
6. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
7. Maktab psixologi
8. Tajribali sinf rahbari
9. Kuzatuv kengashi raisi
10. Mahalladagi obro’-e’tiborga ega bo’lgan otaxon/onaxon
11. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo’linmasi vakili
12. Kotib
Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatishi barchamizga ma’lum. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafko’raviy va psixologik ta’sir ko’rsatishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo’g’iniga ham aylantiradi.
Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning o’ziga xos xususiyatlari:qon-qarindoshligi, qo’ni-qo’shniligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro’ligi va hokazolar bilan ta’minlanadi.
Ma’lumki, xilma-xil faoliyat sharoitida bolaning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, bolani oila va mahalladan boshqa qayerda ham faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish mumkin. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, kichik bolalik paytida oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota-onalarning bolalarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo’yilgan.
Oila va mahalla hamkorlikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir, ularga muvofiq o’sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilani qo’shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi.
Ta’lim muassasasining oila va mahalla bilan ish olib boradigan isharidan yana biri vasiylik va homiylikka olingan o’quvchilar oilasi bilan ishlash hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-iyuldagi “Vasiylik va homiylik to’g’risida”gi Qonunida “Vasiylik” va “Homiylik” tushunchalariga quyidagicha ta’rif berilgan:

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling