4-mavzu: Tarbiya nazariyasi. Tarbiyaning umumiy metodlari. Tarbiya turlari. Reja


Download 94.84 Kb.
bet17/28
Sana29.12.2022
Hajmi94.84 Kb.
#1072254
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
4-ma\'ruza

Pedagogik talab. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim metodlaridan biridir. Talab turli vazifalarni bajarishi, ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini ifodalashi, u yoki bu faoliyatda bajarilishi zarur bo`lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo`lishi, turli ko`rsatma sifatida namoyon bo`lishi, u yoki bu harakatlarga undovchi bo`lishi mumkin.
O`z-o`zini tarbiyalash metodlari
Pedagogika darsligida 1990 yil olimlaridan V.A.Slastenin, S.P.Baranov, L.R.Bolotinalar o’z-o’zini tarbiyalash metodlari tarkibiga o’quvchilarning shaxsiy majburiyat olishlari, o’z ishlari haqida hisobot berishlari, o’z harakatlarini tahlil eta bilishlari, o’z-o’zini nazorat eta olishlari hamda o’z-o’ziga baho bera olish kabi usullarni tavsiya etganlar. Inson insonni va insoniylikni qanchalik ko’p tushunsa, shuncha ko’p darajada o’z-o’zining tarbiyachisi bo’lib yetishadi. O’z-o’zini tarbiyalashga undovchi tarbiya ishonchim komilki - degan edi mohir pedagog V.A.Suxomlinskiy - bu hahiqiy tarbiyadir.
O’quvchida o’z-o’zini tarbiyalashga, ya’ni o’zi ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo’lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo’ladi. O’quvchilarni, ayniqsa o’rta va katta o’quvchilarni o’z bilim va malakalarini mustaqil oshirish va erkin fikrlashga yo’llash kerak. O’quvchilar o’qishda, tarbiyada, dam olishda o’z-o’zini tarbiyalash usullaridan foydalanadigan. O’z-o’zini tarbiyalash o’quvchini tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi. O’z-o’zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo’lganda, u o’zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqil faoliyat ko’rsata boshlagan vaqtda paydo bo’lidi. O`quvchida o`z-o`zini tarbiyalashga ehtiyoj, ya`ni o`z ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo`lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo`ladi. O`quvchilarni, ayniqsa, o`rta va katta yoshdagilarni o`z bilim va malakalarini mustaqil oshirishlariga yo`llash kerak.
O`z-o`zini tarbiyalash o`quvchilarning o`z-o`zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy-faollik mavqeini shakllantirishning ta`sirchan vositasidir. O`quvchilar o`qishda, tarbiyada, dam olishda o`z-o`zini tarbiyalash metodlaridan foydalanadilar, o`z-o`zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.
Maktabda o`quvchilarning mustaqil faoliyati, ishi pedagogik jamoa bu ishga tayyor bo`lsagina o`qituvchilar va o`quvchilar o`rtasida o`zaro chuqur hurmat, xayrihohlik, ishonch bo`lgan sharoitdagina tashkil topishi mumkin. Barcha o`z-o`zini idora qilish tashkilotlari o`z faoliyati yuzasidan vaqti-vaqtida hisobot berib turishi, so`z bilan ish birga saqlanishi, har kim huquqlari va vazifalarini bajarishda ijtimoiy rag’batlantirilishi e`tiborda bo`lishi kerak.
O`z-o`zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo`lganda, u o`zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqillik ko`rsata boshlagan vaqtda paydo bo`ladi. o`z-o`zini tarbiyalashda (axloqiy, jismoniy, hissiy-irodaviy va intelektual) maslahat va ko`rsatmalar berilishi lozim. Bunda o`quvchilarning o`zlariga xatti-harakatlariga tanqidiy ruhda munosabatda bo`lishga o`rgatish juda muhimdir. O`quvchilar o`zlari muayyan vaqtda belgilangan vazifalarni baholash uchun majburiyat oladilar va ularni kun tartibiga yozib qo`yadilar.
Shundan keyin vaqti-vaqti bilan o`zlari va ota-onalari oldida olgan majburiyatlarini bajarilishi haqida hisobot beradilar. Bu esa ularning o`z xatti-harakatlari uchun javob berishga, mas’uliyatlarni his etishlari uchun yordam beradi.

Download 94.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling