4-mavzu: Texnologiya fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan


Download 146.98 Kb.
bet1/2
Sana12.10.2023
Hajmi146.98 Kb.
#1700363
  1   2
Bog'liq
4-mavzu Texnologiya fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsi

4-mavzu: Texnologiya fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsion pedagogik texnologiyalar (interfaol ta’lim metodlari: muammoli, loyihalash, modulli, hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasi va b.q.) (2 soat ma’ruza)




Reja:

  1. Innovasion ta’lim texnologiyalari haqida tushuncha.

  2. Muammoli ta’lim texnologiyasi (muammo va muammoli vaziyat).

  3. Loyihalash texnologiyasi (juftlik, kichik guruhlar, jamoada o‘quv loyihalarini tayyorlash).

  4. Modulli ta’lim texnologiyasi (modul va modullar dasturi).

  5. Hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasi (komandada o‘qitish, kichik guruhlarda o‘qitish).

Tayanch iboralar: zamonaviy ta’lim texnologiyalari, keys-stadi, muammo va


muammoli vaziyat, juftlikda ishlash, komandada o‘qitish, modul, modullar dasturi.



    1. Innovasion ta’lim texnologiyalari haqida tushuncha. Innovasion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari. Lug‘aviy jihatdan “innovasiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi.

Innovasion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro)
– ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarini shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Ta’lim innovasiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Zamonaviy sharoitda o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovasion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-

kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovasion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda

    1. Muammoli ta’lim texnologiyasi (muammo va muammoli vaziyat)

Muammoli ta’lim texnologiyasi.
Rivojlantiruvchi ta’limning vazifasi – shaxsning individual kamol
topishi uchun zarur bo‘ladigan hayotiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish sanaladi.
Rivojlantiruvchi ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari – o‘quvchilarda
topshiriqlarni echishga oid nazariy tushuncha va amaliy ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo‘g‘ini muammoli ta’lim yo‘nalishi sanaladi.
Muammoli o‘qitishni chuqur o‘rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan
bo‘lib, uning asosida “Tafakkur – muammoli vaziyatdan boshlanadi” – degan g‘oya yotadi.
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o‘qitish g‘oyasi va
tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.YA.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan.
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko‘rinishga ega.

  1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.

  2. Muammoning qo‘yilishi.

  3. Muammoning echimini topish.

Muammoli vaziyatni o‘quv mashg‘ulotlarining barchasida shakllantirish
mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko‘p shakllantirish o‘qituvchiga bog‘liq.
Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o‘quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o‘quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o‘rgatadi. Muammoli ta’lim o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o‘quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni ijodiy
o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.
Muammoli o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlar beriladi.

Download 146.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling