Nukus shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli
31-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabining
o‘zbek tili fani o‘qituvchisi
Nuratdinova Gulchexraning
3-“J” sinfda “Maktabda sirk” mavzusidagi bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Sana: 19-dekabr, 2022-yil
Sinf: 3- “J” sinf
Fan: O‘zbek tili
Mavzu: Maktabda sirk
Dars nomi: Ustoz otangday ulug‘
Vaqt: 45 daqiqa
Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
- o‘quvchilar sirkdagi tomoshalarning o‘zbekcha atalishi haqida va –di o‘tgan zamon qo‘shimchasi haqida ma’lumot oladilar;
Tarbiyaviy maqsad:
o‘quvchilar kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish;
Rivojlantiruvchi maqsad:
o‘quvchilarning mavzuga oid suhbat, nutqida –di o‘tgan zamon qo‘shimchasini to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘nikmalari rivojlanadi.
Dars tipi: Yangi bilim beruvchi
Dars turi: Noan’anaviy
Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Refleksiya, individual ishlash , juftlikda ishlash, kichik guruhlarda ishlash, taqdimot, savol-javob, kuzatuv.
Darsda qo‘llaniladigan jihozlar: Darslik, baholash kartochkalari va qutilari, multimediya, kompyuter, har bir o‘quvchi uchun rangli narsa-buyum rasmlari, har bir guruh uchun A3 qog‘ozi, markerlar.
Dars rejasi:
t/r
|
Bajariladigan ishlar
|
vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism.
|
2 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash.
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni.
|
10 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash.
|
10 daqiqa
|
5
|
Taqdimot
|
6 daqiqa
|
6.
|
Muhokama
|
5 daqiqa
|
7
|
O‘quvchilar bilimini baholash.
|
3 daqiqa
|
8
|
Uyga vazifa berish.
|
1 daqiqa
|
Dars tashkili. O`quvchilar bilan salomlashiladi, sinf xonasi tozaligi ko‘zdan kechiriladi. Davomat aniqlanib, o‘quvchilar faoliyati darsga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |