Nuratdinova Gulchexraning 3-“J” sinfda “Maktabda sirk” mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi


Download 201.54 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2023
Hajmi201.54 Kb.
#1125217
1   2
Bog'liq
Chimyon tog\'larida

O‘tilgan mavzuni takrorlash. Uyga vazifa sifatida berilgan antonim so‘zlarga gap tuzishlari kerak edi. O‘qituvchi o‘quvchilardan yozib kelgan gaplarini o‘qib berishini so‘raydi.

  • Yangi mavzu bayoni (10 daqiqa)

    Maktabda sirk
    Doskaga sana va mavzu yoziladi.
    O‘qituvchi: - O‘quvchilar, sirk haqida qanday ma’lumotlar bilasiz?

    O‘qituvchi o‘quvchilar fikrlarini umumlashtiradi va bugungi mavzuning nazariy qismiga o‘tadi:



    Sirk (lot. circus - "aylana", "xalqa") tomosha sanʼatining bir turidir. Sirk koʻp hollarda yumaloq arena va baland gumbazli binoda joylashadi (koʻchib yuruvchi sirklar shunday chodirlar tiklashadi). Sirkda koʻzboylogʻichlik, akrobatika, masxarabozlik, qoʻlga oʻrgatilgan hayvonlar bilan tomoshalar va hk koʻrsatiladi.
    Sirk (lot. circus — doira, aylana) — sanʼat turi. Akrobatika, gimnastika, ekvilibristika, klounada, jonglyorlik, polvonlik, illyuzionizm, ot oʻyinlari, dorbozlik, hayvon oʻrgatish kabi janrlarni oʻz ichiga oladi. Sirk artisti aql bovar qilmaydigan oʻyinlar koʻrsatib, insonning cheksiz imkoniyatlarini namoyish etadi, uning akli, epchilligi, jasurligi, kuch-qudratini uluglaydi va S.ning oʻziga xos badiiy ifoda vositalari orqali ruhan va jismonan barkamol insonning umumlashgan badiiy obrazini yaratadi. Bu obraz — tryuklar, yaʼni mohirlik va epchillik bilan bajariladigan harakatlar yordamida ochiladi, artistning boshqa ifoda vositalari — aktyorlik mahorati, plastikasi, imo-ishorasidir. Har bir sirk tomoshasi — sirk sanʼatining mukammal badiiy asari. Turli janrdagi bir necha tomoshalardan sirk dasturlari tuziladi.

    1. Mustahkamlash (10 daqiqa).


    O‘quvchilar mashq daftarida ko‘rsatilgan to‘g‘ri-noto‘g‘ri mashqini bajarib bo‘lgach, yuqoridagilarni har bir faslga moslab o‘zgartirib chiqadilar.

    1. Muhokama (5 daqiqa).

    • Bugungi dars sizga yoqdimi? Nimasi bilan?

    • Nimalar haqida gaplashdik?

    • Topshiriqlarni bajarishda qiynaldingizmi? Nima uchun?

    • Sizningcha kimlar bugungi darsda faol qatnashdi?

    • Ushbu xulosangizni kelajakda qanday qo‘llaysiz?

    1. Baholash (3 daqiqa). Dars davomida o‘quvchilarning faolligi, topshiriqlarni bajarishiga qarab baholab boriladi.

    2. Uyga vazifa (1 daqiqa). Ikkita fe’lni –di o‘tgan zamon qo‘shimchasi yordamida tuslash va uni daftarga yozish.

    Download 201.54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling