4-mavzu: Til va madaniyat. Pragmalingvistika Reja


Download 69.48 Kb.
bet8/8
Sana30.01.2023
Hajmi69.48 Kb.
#1141094
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-maruza

interpretanta


reprezentamen ob’ekt
Shakldan ko‘rinib turibdiki, belgi uni idrok etuvchi shaxsning faoliyatini ta’minlaydi, unga ta’sir o‘tkazuvchi tuzilmadir. Ta’sir o‘tkazmaydigan belgining o‘zi ham bo‘lmaydi. Xuddi shunday ta’sirni Ch.Pirs interpretanta deb ataydi. Ch.Pirsning semiotik tizimini qanchalik «ilmiy va mantiqiy asosga ega emaslikda» (masalan, qarang: Volkov 1966: 34) ayblashmasin, uning g‘oyalari nafaqat falsafiy pragmatizm, balki undan 50 yillar keyin shakllangan lingvopragmatika uchun ham muhim nazariy asosdir. Ayniqsa, «interpretanta» tushunchasining kiritilishi muhimdir. Bu tushuncha semiotik jarayon (semiozis) ning harakatchan faoliyat jarayoni ekanligini ta’kidladi, chunki lisoniy belgining idroki ta’siridagi shaxs (tinglovchi)da turli his-tuyg‘u tug‘iladi, ma’lum bir harakat istagi paydo bo‘ladi yoki shunga majbur bo‘ladi.
Ch.Pirs taklif qilgan semiotik tizim ma’lum darajada izchil va mantiqiy yaxlitlikka ega. Mantiqshunos Ch.Morris Ch.Pirsning 60 turdagi belgilardan iborat tizimini o‘ta ixchamlashtirdi va universal belgilar modelini yaratadi. Uning taklificha, belgining faollashuvi jarayonida hosil bo‘ladigan ma’nosi – M quyidagi munosabatlar yig‘indisidan iboratdir: Me – belgining idrok etilayotgan predmetga munosabati (semiotika); Mr – belgining undan foydalanuvchiga munosabati (pragmatika); Mf – belgining umumiy tizimdagi munosabati (sintaktika). Shunday qilib, belgining ma’nosi M=Me+Mr+Mf yig‘indisidir (Morris 1938: 2-56).
Ch.Pirs ta’limotida belgining uch yo‘nalishdagi munosabatlar asosida talqin qilinishi «uning o‘ta ideallashuviga olib keladi va uning moddiylik xususiyati yo‘qotiladi» qabilidagi tanqidiy fikrlarga (Xabarov 1978: 87) qo‘shilish qiyin. Ha, darhaqiqat, olim ko‘proq belgi va uning ma’nosining sintezi bilan shug‘ullandi, semiotik jarayonni dinamik munosabatlarni yuzaga keltiruvchi jarayon sifatida tasavvur qildi. Menimcha, bu mantiqiy jihatdan to‘g‘ri va o‘zini oqlaydigan yondashuv edi. Ch.Pirs semiotika doirasida uch ilmiy soha – sintaktika (yoki sintaksis), semantika va pragmatikani mustaqil yo‘nalishlar sifatida ajratdi. Uning ta’rificha, sintaktika «belgilarning o‘zaro sintaktik munosabatlarini ularning ob’ekt yoki interpretator – tavsiflovchiga bo‘lgan munosabatidan ajratgan holda o‘rganishdir», semantika esa «belgilarning o‘z designatlari, ya’ni ular vositasida ifodalanayotgan ob’ektga bo‘lgan munosabatini» tahlil qiladi va nihoyat, pragmatika «belgining undan foydalanuvchi – interpretatorga nisbatan munosabatini yorituvchi fandir» (Morris 1971: 23; 35; 43).
Dastlabki izohlarda ushbu uch soha yonma-yon joy olgan bo‘lsa-da, Morris keyinchalik «pragmatika» tushunchasini qolgan ikki soha – sintaksis va semantikaga nisbatan ancha keng ekanligini qayd etdi. Pragmatikani semiotikaning boshqa qismlaridan (sintaksis va semantika) ustunroq pog‘onaga joylashtirish va uni ko‘p qirrali, lisoniy faoliyatni keng qamrovda o‘rganuvchi soha sifatida talqin qilishda Morris yolg‘iz emasligini ham eslatmoqchiman. Bu g‘oya targ‘ibotida u to‘lig‘icha yana bir mantiqshunos R.Karnapga (Carnap 1942) ergashgan.
Bundan tashqari, semiotika va mantiq fanlarida qo‘llanilayotgan «sintaksis» tushunchasini tilshunoslik sohasi bo‘lgan sintaksis bilan qorishtirib yubormaslik lozim. Bu atamalar aynan bir xil mazmunda qo‘llanmaydilar (Susov 1971). Ma’lumki, sintaksis til tizimining fonetika, morfologiya kabi sohalari bilan bir qatorda ajratiladigan sathini tashkil qiladi. Sintaksisning yoki sintaktikaning semiotik mazmuni o‘zgacharoq, bu yerda u pragmatika va semantikaga qarama-qarshi qo‘yiladi, ular bilan qiyoslanadi.
Semantika, Ch.Morris ta’riflaganidek, belgining o‘zi ifodalayotgan ob’ektga munosabatidir va olim shu ifoda ob’ektini designat hamda denotat tushunchalari vositasida ataydi. Designat – belgi ifodalayotgan ob’ektlar sinfi, denotat esa ushbu sinf a’zosi. Olmon faylasufi Georg Klaus belgining ob’ektga bo‘lgan munosabati doirasida ikki xil vazifa, ya’ni ma’no yoki mazmunni anglatish hamda ifodalash (nomlash) vazifalari ijro etilishini farqlash tarafdori. U bu vazifalar farqidan kelib chiqqan holda, semantika (ma’no ifodasi vazifasi) va sigmatika (nomlash vazifasi) semiotik tizimning alohida qismlari sifatida ajratadi (Klaus 1965: 15-16). Ammo G.Klausning semantika va sigmatikani mustaqil sohalar sifatida ajratish haqidagi taklifini to‘lig‘icha quvvatlashning iloji yo‘q. Chunki belgining ma’no ifodalash va nomlash vazifalari bir paytning o‘zida bajariladi, idrok qilinayotgan predmet-hodisani nomlayotiboq biz ushbu nomga ma’lum ma’no «hadya» etamiz. Ma’nosiz nomlash yoki lisoniy voqelanish natijasiz harakatdir. Ob’ekt va uning tafakkurdagi idroki (konsept) ham lisoniy voqelanishi (lisoniy belgi) o‘rtasidagi uch tomonlama murakkab semantika doirasida yuzaga keladi. Bundan tashqari, olmon semiotigi V.Nyot aytganidek, sigmatik mezonni ajratib qo‘yish – semiotik jarayonning muhim qismi bo‘lgan interpretatorning nazardan chetda qolishiga sabab bo‘ladi (Noth 1985: 51). Holbuki, bu jarayonni harakatga keltiruvchi, boshqaruvchi omil – inson omilidir. Shu sababli semantikaning ikki qismga – semantika va sigmatikaga ajratish masalasi bahslidir.
Semiotik jarayon tahlilida inson faktorining inobatga olinishi muhimdir. Ch.Morris va uning izdoshlari pragmatikani semiotik uchlikning asosiy qismi sifatida ajratib, uni lisoniy va uni qo‘llovchi shaxs (Pirs va Morris bu o‘rinda «interpretator» atamasini ishlatishadi) o‘rtasidagi munosabat bilan mashg‘ul bo‘ladigan soha deb ta’riflamoqchi bo‘layotganlarida aynan shuni nazarda tutganlari aniq. Xuddi shu sababga ko‘ra pragmatika semantika va sintaksis sohalarida o‘rganiladigan masalalarni qamrab oladi va o‘ziga xos umumlashtiruvchi soha vazifasini o‘taydi (buni Morrisning o‘zi ham e’tirof etganligini eslatmoqchiman – Morris 1971: 64). Darhaqiqat, pragmatika uchun inson belgidan nima uchun (qanday maqsadda) foydalanadi va bu qanday (qay yo‘sinda) bajariladi kabi masalalar muhim bo‘lsa, unda beixtiyor belgilarning o‘zaro birikib, lisoniy struktura tuzishi (sintaksis) hamda ushbu belgilar tuzilmasi ulardan foydalanuvchilar xohishidagi ma’noni ifodalash mumkinligi (semantika) haqidagi savollar ham pragmatik tahlil qamroviga o‘ta boshlaydi. Shunday ekan, sintaksisni turli tarkibdagi lisoniy tuzilmalarning strukturaviy me’yori va o‘lchovlarini o‘rganuvchi soha, semantikani esa ushbu tuzilmalar ifodalaydigan mazmunni aniqlovchi soha sifatida ta’riflash maqsadga muvofiqdir. Ammo, ba’zilar istaganidek, pragmatikani alohida ajralib chiqadigan, boshqa sohalar uchun yot bo‘lgan hodisalar bilan shug‘ullanuvchi soha deb qarash haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.



1 Светоносова Т.А. Когнитивная лингвистика и лингвокультурология : черты и различия // Филологические науки в МГИМО : сборник науч. трудов. № 27 (42) / МГИМО(У) МИД России ; отв. ред. Г.И. Гладков. – М. : МГИМО-Университет, 2007. – 203 с. – ISBN 978-5-9228-0272-7. – С.39-46. http://mgimo.ru/files/30737/30737.pdf

2 Рахмонкулова Д. Э.Инглиз ва ўзбек мақолларида миллий дунё тасвирининг акс этиши. Магистрлик даражасини олиш учун ёзилган диссертация. Тошкент – 2014.

3 Верещагин Е. М., Костомаров В. Г. Язык и культура. Три лингвострановедческие концепции: лексического фона, рече-поведенческих тактик и сапиентемы / Под редакцией и с послесловием академика Ю. С. Степанова. — М.: «Индрик», 2005. — 1040 с.

4 «Дунё халқларининг харитаси»(М., 1961), «Дунё халқларининг сони ва жойлашуви» (М., 1962), «Дунё халқларининг атласи» (М., 1964), «Дунё аҳолиси» (М., 1965) сингари нашрларда дунё халқларининг сони — 800 дан 2 мингтачага деб кўрсатилади. Халқларнинг тақсимланиши ва тарқалиши, жойлашуви турлича бўлиши мумкин: Африка қитъасида 1000 дан ортиқ тиллар мавжуд. Ҳозирги пайтда дунёда 6500 га яқин тил мавжуд. Бироқ, улардан 2000 таси йўқ бўлиш арафасида. Уларнинг ҳар бирида 1000 тадан кам одам сўзлашади. Энг кўп тиллар асосан Осиё ва Африкада. Йўқолиб бораётган тилга ёрқин мисол – бикиа тилидир. Унда 1 киши гапиради (Африка). http://fikr.uz/blog/ICT__for__English__teachers/11331.html

5 Тил — миллат тимсоли, халқ ғурури. Тилшунос олим Бахтиёр Менглиев билан суҳбат. //Ҳуррият, 2009. Манба: http://www. kh-davron.uz. 20/10/2015.

6Ҳавола қуйидаги манбадан олинди: Антропоцентрик тилшунослик йўналишлари” модули бўйича ўқув-услубий мажмуа.// Тузувчилар: Д.Э.Лутфуллаева, Д.С.Худойберганова. Тошкент, 2016. –Б.21.

7 Юқорида кўрсатилган манба. – Б.21.

8 Юқорида кўрсатилган манба. – Б.22.

9 Кўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё., Нутқ маданияти ва услубият асослари.- Т.: Ўқитувчи, 1992.

10 Маслова В. А. М 31 Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. – М.: Издательский центр «Академия», 2001.

11 Худойберганова Д. Лингвокультурология терминларининг қисқача изоҳли луғати. Т.: “Турон замин зиё” - 2015, 25-б.

12 Yo‘ldoshev, Ma‘rufion. Badiiy matnning lisoniy tahlili: Metodik qo‘llanma/ M. Yoidoshev, Z. Isaqov, Sh. Haydarov: mas‘ul muharrir N. M. Mahmudov. - T.: Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. 44-бет.

13 Бунда: конфессия (лат. confessio — эътиқод) — диний эътиқод маъносида; эътиқод қилувчиларнинг ўз расм-русуми, диний таълимотига эга диний бирлашмаси.

14 Ривожланган либерал-демократик жамиятларда давлат томонидан фуқаронинг ҳужжатида миллатини қайд қилиш талаб қилинмайди (баъзи мамлакатларда эса фуқароликни тасдиқловчи ҳужжатнинг (паспортнинг) ўзи йўқ).

15Фисенко И. Е. Коммуникемы русского языка в аспекте речевого воздействия. Диссертация. Коммуникемы русского языка в аспекте речевого воздействия. Дисс. на соискание ученой степени кан. фил. наук. Ростов-на-Дону – 2005. ttp://31f.ru/dissertation/89-dissertaciya-kommunikemy-russkogo-yazyka-v-aspekte-rechevogo-vozdejstviya.html

16Қаранг: юқоридаги манба.

17Демиург (юнон. δημιουργός, — халқ учун буюмлар ясовчи ҳунарманд, уста, δῆμος — дан халқ ва ἔργον — иш). Дастлаб демиург деб одамлар учун хизмат қиладиган барча кишиларга (ҳунарманд, хизматчи, мансабдор ва ҳ.) кейинчалик эса, демиург деб ўз ишининг маҳоратли эгасига нисбатан айтила бошлаган. https://ru.wikipedia.org/wiki/Демиург

18Фисенко И. Е. Коммуникемы русского языка в аспекте речевого воздействия. Диссертация. Коммуникемы русского языка в аспекте речевого воздействия. Дисс. на соискание ученой степени кан. фил. наук. Ростов-на-Дону – 2005. ttp://31f.ru/dissertation/89-dissertaciya-kommunikemy-russkogo-yazyka-v-aspekte-rechevogo-vozdejstviya.html

19 Куликова И.С.Современная лингвистика в контексте смены научных парадигм (электронное учебное пособие для студентов 1 к. магистратуры) http://russjaz.narod.ru/Kylik/Kurs_dlya_mag-1_kursa.pdf.

20 Алпатов В. М.О языковой картине мира японцев. Журнал: Историческая психология и социология истории. Номер 1(1) / 2008. http://www.socionauki.ru/journal/articles/129637/

21 Юқоридаги манба.

22 Юқоридаги манба.

23 Гумбольдт В. фон Г. 94 Избранные труды по языкознанию: Пер. с нем. / Общ. ред. Г.В. Рамишвили; Послесл. А.В. Гулыги и В.А. Звегинцева. — М.: ОАО ИГ «Прогресс», 2000. – с.-6-7.

24 Ерофеева Л.А. Метафорические репрезентации доминантных концептов в поэтической картине мира Р.М. Рильке. Диссертация на соискание ученой степени кандидата филологических наук. http://www.allbest.ru/.

25 Ерофеева Л.А. Метафорические репрезентации доминантных концептов в поэтической картине мира Р.М. Рильке. Диссертация на соискание ученой степени кандидата филологических наук. http://www.allbest.ru/.

26 Усмонов Ф. Тил ва тафаккур муносабати ва тилшуносликда антропоцентризм тамойили хусусида. Илмий хабарнома, АДУ, №2 2015 йил. 94-б.

27 Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. Учеб. заведений. — М.: Издательский центр «Академия», 2001. С.-42.

28 Weisgerber Johann Leo. Muttersprache und geistesbildung. // Вайсгербер Йохан Лео. Родной язык и формирование духа / Пер. с нем., вступ. ст. и коммент. O.A. Радченко. Изд. 2-е, испр. и доп. — М.: Едиториал УРСС, 2004.

29Слобин Д., Грин Дж. Психолингвистика. М.: Прогресс, 1976. С.- 203—204.

30Мечковская Н. Б. Язык и религия: Пособие для студентов гуманитарных вузов. — М.: Агентство «ФАИР», 1998. С.-37-39.

31Младограмматизм йўналиши тилга индивидуал психофизик фаолият сифатида ёндашади. Барча лисоний ўзгаришлар ҳам индивиднинг нутқий фаолияти туфайли содир бўлади. Шунга кўра, ушбу йўналиш вакиллари учун ўлик тилларга нисбатан тирик тилларни тадқиқ этиш осонроқ. Бу борада тадқиқотчиларнинг эътибори лисоний қонуниятларни шакллантиришга қаратилган эди. Йўналишнинг машҳур намояндалари: А.Лескин, К.Бругман, Г.Пауль, Б.Дельбрюк ва бошқалар. Таниқли тилшунос олимлар – Ф.Ф. Фортунатов, И.А. Бодуэн де Куртене, В.А. Богородицкийлар ҳам ўз қарашларида қайсидир маънода младограмматикачиларга яқин турганлар. Қаранг: Младограмматическое направление в языкознании. https://sites.google.com/site/yazyk13/podgotovka-k-ekzamenu/mladogrammaticeskoe-napravlenie-v-azykoznanii.

32 Эстети́ческий идеали́зм. tapemark.narod.ru/les/594b.html.



Download 69.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling