4-mavzu: Til va madaniyat. Pragmalingvistika Reja
E. Sepir, B. Uorf, K. Fossler, F. de Sossyurlarning til va madaniyatning o‘zaro aloqadorligi xususidagi qarashlari
Download 69.48 Kb.
|
4-maruza
3. E. Sepir, B. Uorf, K. Fossler, F. de Sossyurlarning til va madaniyatning o‘zaro aloqadorligi xususidagi qarashlari
E. Sepir va B. Uorfning lisoniy nisbat to‘g‘risidagi farazi. Edvard Sepir (1884—1939) va Bendjamin Li Uorf(1897— 1941)tomonidan ilgari surilib, keyinchalik O.G.Pochepsov tomonidan kam ahamiyatli lingvotsentrizm (o‘sha vaqtda tilga nisbatan to‘laqonli tizim deb qaralgani inobatga olinmoqda: bunda inson tilga emas, til insonga o‘z ta'sirini o‘tkazadi, deb xulosa qilinardi) deya atalgan lisoniy nisbat to‘g‘risidagi faraz tilning fikrlash jarayoni, bilish me'yorlari, insonning ijtimoiy xulqiga ta'siri hamda lisonni inson bilan bog‘lashga urinish qabilida yuzaga chiqdi. Odamlarning o‘z ona tillari prizmasi orqali olamni turlicha ko‘rishlari, qabul qilishlari “lisoniy nisbat” nazariyasining negizini tashkil etadi. Nazariya egalari “O‘rta yepropa” (G‘arb) madaniyati bilan o‘zga madaniyatlar olami (xususan, Shimoliy Amerika hindularining madaniyati) o‘rtasidagi farqni tillardagi tafovut bilan tushuntirdilar. Binobarin, XX asrning 60-yillarida farazga doir ko‘plab tajribalar olib borildi. Masalan, agar muayyan tilda sarg‘imtir-yashil rangni ifodalovchi so‘z bo‘lsa (aytaylik, Rodeziyaning shon tilida mazkur rang cicena deyiladi), undan farqli boshqa (rus, ingliz, nemis) tillarda bu rang yuqoridagi nomlanishga ega emas. Demak, shon tilida so‘zlovchi bu rangning (til tomonidan “aytib berilgan”) nomini o‘zga til egalariga nisbatan tezroq, aniqroq ifodalaydimi? Tajribachi-psixologlar bu va bu kabi savollarga ijobiy javob bermadilar. Umumiy holda, mazkur tajribalar insonning bilish jarayoni tilning leksik-grammatik strukturasiga bog‘liqligini isbotlamadi. Sepir-Uorf farazining: “alohida olingan til egalariga ma'lum narsalar to‘g‘risida fikrlash va so‘zlash oson kechadi, chunki tilning o‘zi bunga imkon yaratadi”29 degan jihatigina bir qadar ahamiyatli deb topildi. Ammo, boshqa tajribalarda bu bog‘liqlik ham o‘z isbotini topmadi. Psixologlar insonning bilish jarayonidagi lison va tafakkur o‘rtasidagi munosabatlarda bilishga intilayotgan odamning faolligi bosh omil bo‘lib xizmat qiladi, degan xulosaga kelishardi. Tajribalar davomida Sepir-Uorf farazi umumfalsafiy ishonchlilikni yo‘qotdi. Endi gap turli tillar prizmasidan turib qaralgan olam lisoniy manzaralari emas, balki tilning qabul qilish, yodlash, qayta tiklash jarayonidagi ishtiroki haqida olib borildi. E. Sepir va B.L. Uorfning lisoniy nisbiylik konsepsiyasiga asosan, haqqoniy olam bevosita, muayyan jamiyatning til me'yorlari asosida quriladi. Bu konsepsiyaning mohiyatiga ko‘ra, dunyoda bir xil ijtimoiy voqyelikni xarakterlovchi ikkita tilni topib bo‘lmaydi. Turli jamiyatlar mavjud bo‘lgan olamlar – bitta emas, aslidagi turli tillardan foydalanuvchi har xil olamlardir. Sepir-Uorf farazidagi birinchi holat: olamni his etish til tomonidan belgilanadi. Ikkinchi holat: til madaniyatga o‘z aksini soladi (umumiy holatda, B.Uorf madaniyatga u qadar e'tibor qaratmaydi). “Nima birlamchi: til me'yorimi yoki madaniyat me'yori?” degan savolga B.Uorf o‘ylab o‘tirmasdan, til va u vujudga keltiruvchi lingvistik bog‘langan fikriy olam deb javob beradi. V.A.Zveginsev fikricha, Uorfning xatosi – uning tomonidan til, ong va voqyelik o‘rtasidagi real bog‘liqlikning buzib ko‘rsatilishida. Bu xatoni bartaraf etish esa, Sepir-Uorf farazining barbod bo‘lishi bilan barobar. Zero, Uorf o‘zining “Til” nomli kitobida “Men til va madaniyat o‘rtasidagi sababiy aloqani tan olmayman. Muayyan jamiyatning amalga oshirayotgani va o‘ylayotgani – madaniyat. Qanday o‘ylayotgani esa - til”, deb yozgandi. Sepir-Uorf farazi falsafa (Brutyan), tilshunoslik (Zveginsev, Panfilov, Vereshagin, Kostomarov, Bler)da qattiq tanqidga uchradi. Qolaversa, Sepir-Uorf nazariyasi A.Vejbitskaya tomonidan ham tahrir qilindi. Xususan, olima turli tillar orqali taqdim etiluvchi dunyoqarash sistemalari taqqos qilinmaydi, deb bo‘lmaydi. Milliy xoslangan konseptlarni semantik primitivlar tiliga o‘girish mumkin bo‘lgani holda, ularni chog‘ishtirish mumkin. A.Vejbitskayaning fikricha, har bir til o‘z “semantik koinoti”ni hosil qiladi. Ya'ni, “o‘zga narsa o‘zga tilda fikrlanmaydi” – his-tuyg‘ular o‘zga tilda, ona tilida bo‘lganidek, his etilmaydi. Shunga qaramay, Uorfdan farqli, E.Sepirning xulosalari XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida qayta tilga olinib e'tirof etildi. Binobarin, bu ilmiy xulosalar markazidan “olamning lisoniy manzarasi” tushunchasi o‘rin oldi. Shunday qilib, o‘z ona tilida so‘zlayotgan shaxs uchun olamning lisoniy manzarasi olamni o‘zgacha ko‘rish va idrok etishda to‘siq bo‘la olmaydi: inson o‘zga (m., falsafiy, biologik yoki fizik) “olam manzaralari”ni qura oladi hamda bir tildagi matnni boshqa tilga yetarlicha, hatto matnlar orasida ko‘plab yuz yilliklar turgan bo‘lsa-da, ishonch bilan tarjima qila oladi. Til emas, xalq madaniyatni shakllantiradi. Martin Xaydeg-Ger, ta'rificha, inson uchun ona tilining olami –uning “uyi”, “eng yaqin madaniyat manbai”. Bu uning (odamning) tabiiy psixologik “istiqomat muhiti”, nafas oluvchi, ongi yashovchi obrazli va idrok qiluvchi “havo”dir30. Download 69.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling