4-mavzu: Tilda imkoniyat va voqelik mushtarakligi (4 soat) O`zbek tili ta`limida innovatsion pedagogik texnologiyalar Reja
Tarixiy-genetik (geneologik)metod
Download 41.15 Kb.
|
4-маъруза
Tarixiy-genetik (geneologik)metod – tillarning fonetik, leksik-grammatik birliklarini qiyoslab, ularning o`xshash belgilarini aniqlash asosida muayyan til oilalariga birlashtirib o`rganish tarixiy-genetik metod hisoblanadi. Tarixiy-genetik metodning haqiqiy asoschisi Mahmud Koshg`ariy hisoblanadi. U turkiy tillarni xoqonicha-turkcha, qipchoq, o`g`uz guruhlariga bo`lgan holda, bu guruhlar o`rtasidagi fonetik, leksik-grammatik farqlanishlar haqida izchil ma`lumot beradi. Shu bilan birga mazkur tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqani haqida fikr bildiradi. Koshg`ariyning asari ilmiy jamoatchilikka ma`lum bo`lmaganligi sababli tarixiy-genetik metod (19-asrga qadar) nemis olimi Avgust Shleyxer nomi bilan bog`liqdir. U hind-evropa til oilasini o`rgangan holda, bu oilaga mansub tillar bir ajdoddan, ya`ni bir bobo tildan kelib chiqqan degan xulosaga keladi. U tilshunoslik tarixida ilk bor hind-evropa tilini tiklashga va shajarasining tarixiy taraqqiyotini ko`rsatishga erishdi.Glottoxronlogik metod – til doimo o`sishda, rivojlanishda bo`lgan dinamik hodisadir. Ana shunday o`zgarishlar davrlar o`tishi bilan yig`ilib, miqdor o`zgarishi sifat o`zgarishiga olib keladi. Lingvistik vositalar yordamida tilning kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyot davrlarini belgilash leksikostatistik yoki glotoxronologik metod hisoblanadi. Bu metod Amerikalik olim Moris Svodesh tomonidan qo`llanilgan. U biologiya fanlaridagi radiouglerod yordamida yoshni belgilash metodini tishunoslikka olib kirdi.Kvantitativ metod – lisoniy tillarni belgilashda va tillarni oilalarga birlashtirishda kvantitativ va tarixiy-genetik metodlardan keng foydalaniladi. Kvantitativ metod Amerika tilshunosi E.Sepir tomonidan qo`llanilgan bo`lsa, uning shogirdi J.Grinberg tomonidan rivojlantirildi. E.Sepir va uning izdoshlari turli tillarni yaxlit holda qiyosiy-tipologik planda o`rganish uchun ushbu metoddan foydalangan. J.Grinberg esa ulardan farqli ravishda tillarni bir butun holda emas, ularning ayrim kategoriyalarini, muayyan qismlarini bir-biriga qiyoslashda ushbu metoddan foydalangan. Bu metod dunyo tillarini muayyan belgisi asosida ma`lum guruhlarga, tillarga birlashtirish uchun qo`llanadigan metoddir.
Download 41.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling