4-mavzu: Tilda imkoniyat va voqelik mushtarakligi (4 soat) O`zbek tili ta`limida innovatsion pedagogik texnologiyalar Reja
Download 41.15 Kb.
|
4-маъруза
Gap bo`laklari metodi tilshunoslik taraqqiyotining dastlabki davrlaridanoq amalda bo`lgan. Bu metodga ko`ra gaplar bo`laklarga ajratiladi . Bunda so`zning gapdagi vazifasiga asoslaniladi . Gap bo`laklari tahlili quyidagicha amalga oshiriladi .
1. Gapning bosh bo`laklari (ega va kesim ), ikkinchi darajali bo`laklari (to`ldiruvchi , aniqlovchi , hol )ajratiladi . 2. Gap bo`laklari vazifasida qaysi so`z turkumi keltirilayotganligi aniqlanadi . 3.Gap bo`lagi vazifasida kelayotgan so`zlarning grammatik shakllari (morfologik kategoriyalar ) izohlanadi . Ushbu metod faqat sintaksis bo`limda amal qiladi . Bu metodni qo`llashdagi murakkabliklar deyarli barcha tillarda kuzatiladi.Substitutsiya metodi , almashtirish usuliga asoslanadi. Nutqdagi ma`lum bir o`rinda turgan til birliklari va boshqa muqobili bilan almashtirilib , hosil bo`lgan uslubiy o`zgarishlar tahlil qilinadi . Bu metod yordamida sinonim , antonim, omonim so`z larning lug`aviy ma`no tizimida tutgan o`rni belgilanadi. Tavsifiy metod - tilshunoslikdagi eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa, u til o`qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega. Tavsif qilish metodi tildagi turli hodisa va ma`lumotlarni, uning sathi va birliklarini izohlab beradi. Bu metod yordamida turli tillarning fonetika va stilistikasi sharhlab beriladi. Uning o`ziga xos jihati ob`ektni bevosita sezgi a`zolari bergan ma`lumotga asoslanib o`rganadi. Uning o`rganish ob`ekti matn hisoblanadi. Matndan gaplar, gaplardan so`zlar, so`zlardan morfemalar, morfemalardan tovushlar ajratiladi va ular muayyan guruhlarga birlashtirilgan holda tavsiflanadi. Tavsifiy metod ma`lumotlari boshqa metodlar uchun tayanch nuqta bo`lib xizmat qiladi. Struktur metod tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko`radi. Qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan ob`ekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi, u ham tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko`radi. Download 41.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling