Qo'shimchalarning o'zaro shakldoshligi kuzatilmaydigan gapni aniqlang
Download 101 Kb.
|
17-variant. 02.02.2020 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-variant 1 .
- Sen qaydan bilasan, Balki meni ham Kimdir qaydadir jim Oylayotgandir.
- Shovulladi, tun boyi shamol, Qaldiroqlar kochdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: "Yana keldi, dostginam, bahor".
- ++++++++++++ ++++++ADABIYOT+++++++++++++++++
- 16-variantning javoblari Ona tili
- *chog, qur, bor, top, yoq **
17-variant 1. Qo'shimchalarning o'zaro shakldoshligi kuzatilmaydigan gapni aniqlang. A)Yigitlar ko'kish darvozali uydan o'tgach, chapga burilishdi. B) Qon bosimi oshgan bemorni boshqa palataga o'tkazdilar. C) Rangdor naqshli bu guldonni menga qadrdon dugonam sovg'a qilgan edi. D) Odamlarning shovqini tinchigandan keyin voiz so'z boshladi. 2. Qaysi qatordagi so'zlar tarkibidagi barcha ko'makchi morfemalar ot yasovchi ko'makchi morfemalar sanaladi? A) yuzakilik, o'ynoqi, insonparvarlik B) atamashunoslik, adabiyotshunoslik, gulchilik C) tinchlikparvarlik, taroqchilik, bilimdonlik D) bog'bonlik, terimchilik, yaxshilik 3. Sen qaydan bilasan,
Berilgan she'riy parchada atash ma'nosiga ega bo'lgan so'zlar necha o'rinda ishtirok etgan? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 4. ...uftonga yaqin ...avo aynidi, sayyo...lar bundan ..avotirlana boshladilar, chunki ...ali, sayo...at yakuniga yetmagan edi. Berilgan gapda nechta so'zdagi nuqtalar o'rnida bo'g'iz undoshi yozilishi kerak? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta 5. Qaysi gap tarkibida o'z omonimi bilan har xil so'z turkumiga oid bo'la oladigan yetakchi morfemalar ishtirok etgan? A) Maktabimizda bugun sport musobaqasi bo'ldi. B) Qovoq urug'i xalq tabobatida shifobaxsh va zararsiz vosita hisoblanadi. C) U Yakkasaroydan kelgan yigit edi. D) Yoshliging g'animat, bolam, o'sib, un. Chiqarma behuda, sado hamda un. 6. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so'z qatnashgan? A) Inson mol-u davlatsiz yashashi mumkin, lekin sadoqatli do'stlarsiz yasholmaydi. B) Taom ishtaha bilan yeyilgandan so'ng rangbarang va antiqa mevalar tortildi. C) Sog'lom dunyoqarash kishidan mas’uliyat tuyg'usi bilan yashashni talab qiladi. D) Kattalar duosiga sazovor bo'lgan yoshlar bu duo barakasidan doimo bahramand bo'ladilar. 7. Tarkibidagi jarangsiz undosh jarangli juftiga almashtirilsa, boshqa ma'noli so'z hosil bo'ladigan otlar berilgan javobni aniqlang. A) band, afzal B) dars, ganch C) qalam, laxcha D) tovuq, tez 8. Ravishning ma'nosiga ko'ra faqat bir turi qatnashgan gapni aniqlang. A) Keyin u tez-tez yurib bogʻ tomonga burilib ketdi. B) Ular qishloqdan ancha uzoqlashgandan keyin, otlariga minib yo'rtib ketdilar. C) Men ham bunga arang ko'nikdim, sen esa hali ko'nikmayapsan. D) Dastlabki kunlar sezilmadi, sal ogʻriq berayotganini bugun bilib qoldim. 9. Qaysi javobda kompozitsiya va affiksatsiya usulida yasalgan fe'llar ishtirok etgan? A) Alpomishga alla aytgan momolarim Ruhini shod etay desang, xalq bo'l, elim! B) Hakim bobo har bir niholga alohida e'tibor berib parvarish qilardi. C) Boshing egib, ta'zim ayla, shukrona ayt, Seni guldek erkalagan chaman uchun. D) Komila bir chekkada g'uj-g'uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashib o'tirardi. 10. Yasalish asosi yasama so'z bo'lgan faoliyat-jarayon otini aniqlang. A) yoshlik B) ezmalik C) ustachilik D) terimchi 11. Qaysi javobdagi gapda barcha fe’llarning yetakchi morfemasi shakldoshlik xususiyatiga ega? A) Biror yulduz uchsa, derlar: ,,Kimdir oʻtdi bu olamdan, Ko'hna dunyo ajrab qoldi, evoh, yana bir odamdan... B) Urush, noming oʻchsin jahonda, Hamon bitmas sen solgan alam. C) Eshitdimki, podshoh bu asirni oʻldirish haqida farmon chiqaribdi. D) Men faqat shuni ta’kidlab aytmoqchimanki, odam hamma vaqt bilimga tashna bo'lishi kerak. 12. Qaysi javobda paronim bilan bogʻliq xatolik mavjud? A) Shoh Mashrab qoni senda Urdi tug'yon, o'zbegim. B) Garchi bog'lar kezib yurmadik birga, Eslasak, arzirli xush damimiz bor. C) Tonggi shabada ruhimga ajib bir ma'yuslik bagʻishladi. D) Amrning oshidan faqirning mushti yaxshi. 13. Qaysi javobdagi gap tarkibida o'z paronimi bilan o'zaro bir xil turkumga mansub bo'la oladigan tub so'z qatnashgan? A) Yovga chiqsang, yarog'li chiq, yolg'iz chiqma, hamrohli chiq. B) U otalik mehri jo'sh urib qizchasini bagʻriga bosdi. C) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yot afzal. D) Teraklar shoxi shamolda qattiq tebranardi. 14. Yasalish asosi sifat bo'lgan faoliyat-jarayon otlari berilgan javobni aniqlang. A) chopiq, ko'rik B) suvoqchilik, dehqonchilik C) ezmalik, mehribonlik D) intiqlik, qiliq 15. Qaysi gapda ravish bilan ifodalangan ravish holi qatnashgan? A) Bir chimdim uxlash uchun ko'zini yumdi. B) Hammani kuldirish uchun ataylab gapirdi. C) Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig'lab yubordi. D) Mo'tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi. 16. Qaysi javobda o'zaro bir xil shaxs-sondagi fe’llar ishtirok etgan? A) Ularga quloq sol, daraxtlar aldashni bilmaydi, oʻgʻlim. B) Siz bilan tillashmoq istayman, biling! Mayliga, ko'pirsin miya, asablar. C) Mehnatingni ayamasang, bu yerdan mo'l hosil olasan. D) Sekinroq yuring, men sizga yetib olay. 17. Shovulladi, tun bo'yi shamol, Qaldiroqlar ko'chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: "Yana keldi, do'stginam, bahor". She'riy parchada ishtirok etgan fe'llar haqidagi toʻgʻri fikrni belgilang. A) Ushbu fe'llarning barchasi o'timli fe'llar hisoblanadi. B) Ushbu fe'llarning barchasi o'tgan zamon fe'llari hisoblanadi. C) Ushbu parchada xabar maylidagi va buyruq-istak maylidagi fe'llar qatnashgan. D) Ushbu fe'llarning barchasi tub fe'llar hisoblanadi. 18. Qaysi gapda ot yasovchi va sifat yasovchi qoʻshimcha bilan shakldosh bo'la oladigan yuklama qatnashgan? A) Voy, unaqa demang, ona o'z bolasiga yomonlikni ravo ko'radimi!.. B) Bu yerga bugunoq yetib kelishing kerak. C) Ba'zan ko'cha-ko'yda ham bir narsalarni topib oladi-ya. D) Ehtimol, ertalab o'ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. 19. Qaysi javobda paronim bilan bogʻliq xatolik mavjud? A) Agar ko'nglimni band etsa oʻshal Sheroz jononi, Hindu xoliga baxsh etgum Samarqand-u Buxoroni. B) Azim daryolar ham kamar boʻlolmas, Qo'shilib chulg'ansa sening belingga. C) Besh asirkim, nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher. D) Shoxlarda mezonlar yaltirar xira, Poyida shivirlar mening hislarim. 20. Qaysi javobda paronim bilan bogʻliq xatolik mavjud emas? A) Azm daryolar ham kamar boʻlolmas, Qo'shilib chulgʻansa sening belingga. B) Qiz hali yosh boʻlsa-da, boʻychan edi, bichimi ingichka va sambitgul novchasidek adl edi. C) Na bo'lg'ay bir nafas men ham yanogʻing uzra xol boʻlsam, Labing yaprogʻidin tomganki, goʻyo qatra bol boʻlsam. D) Olti oykim, sher yozmavman, yuragim zada, Olti oykim, oʻzgalarga, tilavman omad. . . ++++++++++++++++++ADABIYOT+++++++++++++++++ 1. Qaysi javobda ta'riflangan adabiy qahramon ,,Ravshan" dostonida ishtirok etmaydi? A) "... oqshomlari qoʻliga kamonni olsa, qushni koʻzidan urar edi. Juda mergan edi..." B) "... juda masxaraboz edi, har tuslj boʻla berar edi. Agar birovni aldamoqchi boʻlsa, har tusli boʻlganda oʻzining jo'ralari ham tanimas edi..." C) "Majlisli kun boʻlsa, toʻrdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo'sag'aning oldida kovishga joy bermay, kovish bilan aralashib, it yiqilish boʻlib, poygabetda yotar edi..." D) "... bir "devona" oʻtiribdi: devsifat, bir ajdahoday, hech narsani ko'ziga iladigan emas, balki nazariga keltirmay, pisand qiladigan ham emas, shunday haybatli, siyosatli..." 2. "Oltin zanglamas"dagi hayotni men yaxshi bilaman, ular men bilan bo'lgan, menga uchragan kishilarning hayoti. Men bu hayotning atrofidamas, naq ichida boʻlganman. Bu mavzuda biron narsa yaratmasam koʻnglim oʻrniga tushmas edi" deb yozgan adib kim? A) Odil Yoqubov B) Said Ahmad C) Shuhrat D) Mirkarim Osim 3. "Avlodlar almashgan sayin. . . yo, pirim-e, tuf, tuf, tuf. .. avlodlar almashgan sayin. . . yurak yoʻqolib boryapti! Jasad bor! Aql bor! Yurak yo'q! To'rt mucha bor! Kuch-quvvat bor, yurak yoʻq! Koʻkrakda jon bor! Yurak yoʻq, yurak..." Milliy urf-odatlarning, qadriyatlarning unutilishi kelajak avlodni o'zligidan mahrum qilishi va ongsiz mavjudotga aylantirib qo'yishi mumkinligi haqidagi ushbu tashvishli fikrlarni qaysi ijodkor oʻz qahramoni oʻy-xayollari ko'rinishida aks ettirgan? A) Said Ahmad ("Qorakoʻz majnun") B) Odil Yoqubov ("Muzqaymoq") C) Shuhrat ("Oltin zanglamas") D) Tog'ay Murod ("Yulduzlar mangu yonadi") 4. "Onamga xat", "Ayolga xat", "Onamdan xat", "Bobomga xat" kabi bir necha she'rlarini xat tarzida yozgan ijodkor kim? A) Erkin Vohidov B) Muhammad Yusuf C) Pushkin D) Sergey Yesenjn 5. Quyidagi asarlardan qaysi biri A.Chexovning hajviy yo'nalishdagi hikoyasi hisoblanadi? A) "Revizor" B) "O'n ikki stul" C) "Yovuz nlyatli kishi" D) "Oltin buzoqcha" 6. Qaysi javobda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ma'lumot berilmagan? A) Ijodkor she'riy yoʻlda soliq ishlarini tartibga soluvchi "Mubayyin al-zakot" asarini yozgan. B) Xo'ja Ahrorning “Volidiya” asarini she’riy yoʻl bilan o'zbekchaga oʻgirgan. C) Ijodkor musiqa bilan shugʻullanib, “Chorgoh” maqomiga "savt"lar bitgan. D) Adib faqat oʻzbeklar emas, oʻsha davrlarda oʻzbeklar bilan yonma-yon yashagan boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatiga oid “Shajarayi turk” asarini yozgan. 7. Qaysi javobda Saida Zunnunovaning "Ruh bilan suhbat" asari haqida ma'lumot keltirilgan? A) Ushbu asarda o'zining isyonkor she'rlari bilan butun Hindistonni erk uchun, ozodlik uchun kurashga ruhlantirgan otashin Bengal shoirining fojiaviy qismati aks etgan. B) Ushbu asarda onaning urush tufayli ota mehrini ko'rmagan, katta mashaqqatlar bilan o'stirgan o'g'lining nikoh kechasidan keyingi iztirobli xotiralari aks etgan. C) Ushbu asarda sevgan yori Oysuluvning bevafoligi tufayli muhabbati iztirobga aylangan Toshlonning kechinmalari ifoda etilgan. D) Ushbu asarda muallif urush yillarida o'n to'rt bolani asrab olgan toshkentlik temirchi Shoahmad aka va Bahri opa haqida gapirib o'tadi. 8. Ov ketidan quvib sipohidan ajralgan shohning zolim qaroqchi tuzog'iga ilingani Navoiy “Xamsa”sidagi qaysi dostonda hikoya qilinadi? A) "Sab'ayi sayyor" B) "Saddi Iskandariy" C) "Layli va Majnun" D) "Farhod va Shirin" 9. Berilgan asarlardan qaysi biri hajviy yo'nalishda bitilgan pyesa hisoblanadi? A) "Oltin buzoqcha" (Ilf va Petrov) B) "Qiyshiq oyna" (Chexov) C) "Tubanlik kishilari" (Jek London) D) "Maysaraning ishi" (Hamza) 10. Quyida berilgan kitoblardan qaysi biri Jonatan Svift qalamiga mansub emas? A) "Kitoblar jangi" B) "Movutfurush xatlari" C) "Bochka cho'pchagi" D) "Quvnoq she'rlar kitobi" 16-variantning javoblari Ona tili
*chog', qur, bor, to'p, yoq **atay, bafurja, saharlab, olg‘a, vaqtincha, qasddan, ochiqchasiga. ++++++ADABIYOT+++++
Download 101 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling