4-mavzu. Tinish belgilarning qo`llanilishi Reja


Download 404.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana24.03.2023
Hajmi404.77 Kb.
#1292393
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-amaliy Ona tili



4-mavzu. Tinish belgilarning qo`llanilishi 
Reja: 
1. Tire va uning qo`llanishi 
2. Tinish belgilarning qo`shaloq holda ishlatilish o`rinlari. 
3. Tinish belgilarning qo`llanilishiga doir misollar. 
Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M. Karamzin (XVIII asr) kiritgan. U 
o‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan
1

Fitrat tireni chiziq deb nomlaydi: Ikki-uch kishining bir-biriga 
gapirishlarini yozg‘anda har birining gapidan burun chiziq yoziladir: 
Yana xalq churillashib ketdi: 
- Barakalla taqsir, barakalla! 

Bo‘sh kelmadilar taqsirim! 

Hali bellari baquvvat ekan taqsirimning! 
(Cho‘lpon) 
Yaxshi-yomon, katta-kichik, bola-chaqa, qo‘zi-echki kabi bir-biriga qarshi 
yoki bir turli munosabatli so‘zlar orasiga tire qo‘yiladi . 
Hozirgi o‘zbek tilida tire eng ko‘p qo‘llanadigan tinish belgilaridan 
hisoblanadi. 
Tirening qo‘llanishidagi barcha xususiyatlari logik-grammatik, uslubiy, 
qorishiq va differensiatsiya prinsiplariga ko‘ra belgilanadi. 
Tire - aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilaridan biri. U gap qismlari va 
gap bo‘laklari orasidagi grammatik munosabatlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. 
Tire yakka va takror qo‘llana oladi: yakka holda qo‘llanganda gap 
bo‘laklarini ajratish, takror holda (qo‘sh tire holatida) ishlatilganda esa ma’lum 
bo‘laklarni chegaralash, chegaralangan bo‘lakning ma’nosini ta’kidlash, bo‘rttirish, 
emotsionallikni oshirish kabi vazifalarni bajaradi. 
Tire - murakkab vazifali tinish belgisi. Uning yozma nutq jarayonida 
1
Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: Ilm ziyo, 2015, 96-b. 


o‘taydigan vazifasi (ma’no va vazifalari) turli xildir. Tirening ayrim vazifalari vergul 
va qavsning vazifalariga (ajratilgan bo‘laklar, kirish va kiritma konstruksiyalarda 
qo‘llanishi) o‘xshab ketadi. Bu uning omografik xususiyatga ega ekanligini 
ko‘rsatadi. Lekin tire vositasida ajratilgan bo‘lakda chegaralanish, ma’noni 
ta’kidlash, emotsionallik, ajratilgan bo‘lakning nisbiy mustaqilligini oshirish kuchli 
bo‘ladi. 
Hozirgi o‘zbek tilida tire sodda va qo‘shma gap tarkibida qo‘llanadi. Tire 
yozma nutq jarayonida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) gap bo‘laklarini ajratadi; 2) 
gap bo‘laklarini chegaralaydi; 3) gaplarning birini ikkinchisidan ajratadi; 4) kiritma 
konstruksiyalarni ajratadi va chegaralaydi; 5) turli maqsadlarni - emotsionallikni 
ifodalaydi; 6) tushirib qoldirilgan ayrim bo‘laklar o‘rnini qoplaydi. 
Tire sodda gapda quyidagi vazifalarda qo‘llanadi: 
1. 
Ot kesim ot, son, olmosh, harakat nomi, taqlidiy so‘zlar yoki ular hokim 
bo‘lgan so‘z birikmalari bilan ifodalanib, bog‘lamasiz qo‘llanganda, ega va kesim 
orasiga tire qo‘yiladi: Ulug‘ ustozlarim so‘zi - qoida. (I.Mirzo) O‘g‘ilni uylantirish 
- otaning vazifasi. (A.Mamarasulov) Uyqu - umrning tanobi! (Cho‘lpon) 
Samarqand - olamning sayqali, ko‘rki. (I.Mirzo) Bu - hayvonlarga xos bo‘lmagan 
xislat. (H.Shayxov) Dunyo go‘zali - sen, qadoqqo‘l singlim. (I.Mirzo) Ikki o‘n besh 
2. bir o‘ttiz. (Maqol) Lekin hozir bizni qiynayotgan birdan-bir masala - siz bilan 
bevosita fikr almashish metodikasini aniqlash. (H.Shayxov) Oyoq osti - “chilip- 
chilip”, Zirqiraydi eski yaralar... (A.Muxtor) Shabnam, bu - tunda oy to‘kkan achchiq 
yosh, Hovur, bu - quyoshning ko‘ksida alam. (I.Mirzo).Ammo ot kesim inkor 
shaklida (ya’ni undan keyin inkor ifodalovchi emas so‘zi kelgan) bo‘lsa, ega va 
kesim orasiga tire qo‘yilmaydi: Har qalay, er xotinning yugurdagi 

Download 404.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling