4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


Download 117.17 Kb.
bet2/16
Sana13.05.2023
Hajmi117.17 Kb.
#1456509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu.Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir

4.1-jadval
Natural va tovar xo‘jaligining asosiy farqlar

Asosiy jihatlar

Natural xo‘jalik

Tovar xo‘jaligi

1. Ne'matlar ishlab chiqarishning asosiy maqsadi

Shaxsiy ehtiyojlami qondirishda foydalanish

Boshqa tovarlarga ayirboshlash, bozorda oldi-sotdi qilish

2. Ishlab chiqariladi- gan mahsulot tarkibi- ning aniqlanishi

Ehtiyojlar va im- koniyatlardan kelib chiqqan holda oldin- dan aniqlanadi

Bozordagi muayyan talab va ishlab chiqa- mvchining xususiy manfaati asosida aniqlanadi

3. Iste'molchini o‘ziga jalb etish uchun kurash

Bunday kurash mavjud emas

Bunday kurash mavjud va tovar xo‘jaligining rivojlanishi bilan kuchayib boradi

4. Ishlab chiqarilgan mahsulotning iste’mol qilinish darajasi

Barcha ishlab chiqaril- gan mahsulotlar toTiq iste'mol qilinadi

Ishlab chiqarilgan mahsulotlaming ayrim turlari va qismlari sotilmay qolishi, ya’ni iste'mol qilinmasligi mumkin

5. Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamoyillari

Ishlab chiqarish jarayo- nida faqat o‘zining va oila a’zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi

Ishlab chiqarish jarayo- nida ustun ravishda yollanma ishchi kuchi- dan keng foydalanish mumkin



Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilar o‘rtasidagi munosabatlaming, mehnatni oʻlchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o‘ziga xos usulidir. Natural xo‘jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish ja- rayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ix- tisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo‘jaliklaming tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o‘tish yo‘li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ulami turli xil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ayirbosh- lashni zamr qilib qo‘yadi. Ayni paytda ixtisoslashuv mehnat unum- dorligining oshishiga olib keladi, demak, tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo‘lib ham boradi. Vaqtni va moddiy resurslami tejash tovar xo‘jaligini rivojlantirishning harakatlantimv- chi kuchi bo‘lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqamvchilar tobora bir-birlariga ko‘proq bog‘lanib boradilar. Dast- labki davrlarda tovar xo‘jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, feodal va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida aloqalar o‘matilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochgan.
Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqti- sodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy- iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:

  1. ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqa- mvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;

  2. shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi va rivojlanishi. Bunda ular o‘z mulklari hamda mehnat natijalarini o‘zlari tasarmf qiladilar;

  3. ishlab chiqamvchilaming iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Iqtisodiy alohidalik xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlami ishlab chiqamvchining o‘zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu uch holat tovar ishlab chiqarishni zamr qilib qo‘yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqamvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri boTgan tovaming xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi..

    1. Tovar va uning xususiyatlari

Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mav- jud. Jumladan, E.F.Borisov ta’rifiga ko‘ra «Tovar - bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga moTjallangan, mehnatorqaliYaratilganijtimoiynaflilikdir»1. Bundanko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli boTib hisoblanishi ko‘rsatib berilgan: «Tovar- bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat». Bu va boshqa qator olimlaming fikrlari O'zbekistonda ishlab chiqarilgan ba’zi tovar turlari18

Tovar mahsulotlari nomlari

2010

2012

2013

2014

2015

2015-yilda
2010-yilga
nisbatan,
%da

Yengil avtomobillar (ming dona)

217,7

235,5

251,3

250,7

190,5

87,5

Avtobuslar (dona)

1268

1100

1136

1217

754,0

59,5

Traktorlar (ming dona)

2,5

1,8

2,8

2,2

1,4

56,0

Muzlatgichlar va sovutgichlar (dona)

18893

17836

38870

89352

117108

619,8

Meva-sabzavot kon- servalari (mln. Shartli banka)

124,6

461,3

469,8

533,6

641,1

514,5

Shakar (ming tonna)

286,1

323,10

356,5

425,5

500,4

174,9

O‘simlik yog‘i (ming tonna)

235,6

236,0

251,0

230,0

223,1

94,7

Un (ming tonna)

1217,3

1820,3

1750,8

1979,3

2062,3

169,4

Gilam va gilam mah- sulotlari, ming kv.m

655,2

696,7

30845,8

35917,6

32650,8

4983,3

asosida ta’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega boTgan, ayirboshlash uchun Yaratilgan mehnat mahsuli.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida turli mam- lakatlarda ishlab chiqarilayotgan millionlab turdagi mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar tovar shaklini olgan. Jumladan, O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulot- ning asosiy qismi tovar shaklida oldi-sotdi jarayonidan o‘tadi. Mamlakatimizda Yaratilgan ko‘plab turdagi tovarlardan ba'zilarini misol keltirish


Mamlakatimizda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanayotganligini chakana savdo aylanmasi va pullik xizmat ko‘rsatishning yildan-yilga oshib borishida ham ko‘rish mumkin.



  1. yilda chakana savdo aylanmasi 14,4 foizga, xizmatlar hajmi esa 12,5 foizga, to‘qirhachilik buyumlari, kiyim va charm mahsulot- lari 11,7 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 10,8 foizga, farmatsevtika mahsulotlari 23,7 foizga, kimyoviy mahsulotlar 29,7 foizga o‘sdi.

  2. yilning o‘zida sanoat mahsulotlarining 80 foizdan ortig‘i yangi turi o‘zlashtirildi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, global moliyaviy-iqti- sodiy inqiroz davom etib turgan sharoitda tovar ishlab chiqarishni rivoj- lantirish iqtisodiyotni modemizatsiyalash va diversifikatsiyalash jara- yonlarini kuchaytirishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbir- lami o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modemizatsiyalash jarayo- ni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomillashuvi va turlarining ko‘payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarish- ning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlami sotish bozor- larini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalari- ni kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ulaming sifatini takomillashtirishdan iborat diversifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqarishni kengaytirishning muhim yo‘nalishlari boiib hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa ham tovar boiishi uchun unda ikki xususiyat mavjud boiishi shart.
Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning biror-bir narsaga boigan ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan, ya’ni oldi-sotdi jarayonidan o‘ta oladigan buyumdir. Boshqacha ayt- ganda, tovar naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga egadir.
Buyumning iste’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilaming biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masa- lan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ulaming keyingi davom- chilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning xayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo‘lmagan o‘rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o‘zi qo- lib ketgan Robinzonning xayoli bilan aniqlash usulini qo‘llaydilar. Holbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o‘rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o‘rtasida real qaynoq hayot jarayonida sodir bo‘ladi. Ular naflilikning negizida obyektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to‘g‘rirog‘i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o‘zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan Yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo‘lavermaydi. Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ish- latiladi va real bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.

Download 117.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling