4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir
Download 117.17 Kb.
|
4-mavzu.Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishi
4-mavzu.Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir Oldingi boblarda ishlab chiqarishning umumiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo‘lgan qonun-qoidalari va tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining o‘zgarib turi- shini ko‘rib chiqdik. Lekin ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega boTsada, uzoq davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jum- ladan, insoniyat tarixiy taraqqiyotining ko‘pgina bosqichlarida ijti- moiy-iqtisodiy jarayonlaming ayrim turlari uzoq vaqt mavjud boTadi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi yemirilayotgan sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o‘tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda. Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy hodisa yoki jarayonlar- ning turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o‘mi, roli va ijtimoiy oqibatlari ko‘p jihatdan turlicha boTadi. Lekin ulaming umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Ana shunday tarixiy iqtisodiy jara- yonlardan biri tovar-pul munosabatlari boTib, hozirgi davrda uning o‘mi va roli yanada oshib dolzarblik kasb etmoqda. Shu sababli ushbu bobda ijtimoiy xo‘jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning natural va tovar shakllari tahlili, ulaming biridan ikkinchisiga o‘tish sabablari, tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlash- ga boTgan turli yondashuvlar, pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari, O‘zbekiston milliy valyutasining muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini ta’minlash dasturiy harakatlari yoritiladi. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishi Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etish- ning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllaming tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida Yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqa- ruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Demak, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ish- lab chiqarish - natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarish- ga asoslangan xo‘jalik esa - natural xo‘jalik deb ataladi. Bunday xo‘jaliklarda iste'mol hajmi va tarkibi ko‘pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ulaming bir-biri bilan bog‘lanishi bir xo‘jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday muno- sabatlar eng awalo ibtidoiy jamoada, keyinchalik patriarxal dehqon xo‘jaligi, feodal pomestyalarida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlami bir xo‘jalik doirasida qat’iy cheklab qo‘yadi, tashqi xo‘jaliklararo aloqalar uchun yo‘l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurish imkoniyatidan mahmm bo‘ladi. Natural xo‘jalik shakllarining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo‘jalik jamoalarini ming yillar davomi- da barqaror saqlanib qolishining «siri»ni ochib beradi. Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, hajmi va turi jihatidan kam bo'lgan ehtiyojlami qondirishga bo‘ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo‘lida asta-sekinlik bilan natural ishlab chiqarish- dan tovar ishlab chiqarishga o‘tadi. Hozirda ijtimoiy xo‘jalik yuritish shakli sifatida natural xo‘jalik deyarli barham topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon hamjamiyati iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan qoloq mamlakatlarda natural xo‘jalik ko‘rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdek, tovar ishlab chiqarish ommaviy tus olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural ishlab chiqarish ele- mentlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlami qondirish uchun uy bekalari tomonidan ovqatlar, turli xil konserva mahsulotlarining tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylami toza- lash kabi xizmatlaming bajarilishi, shaxsiy tomorqada turli xil sabza- vot va rezavor mevalaming yetishtirilishi kabilar shular jumlasidan- dir. Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib, o‘z o‘mini tovar ishlab chiqarishga bo‘shatib beradi. Mahsulot va xizmatlarni o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish - tovar ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa - tovar xo‘jaligi deyiladi. Tovar xo‘jaligida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi- sotdi qilish orqali namoyon boTadi. Tovar ishlab chiqarish natural xo‘jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o‘sishi nati- jasida paydo boTadi. Natural va tovar xo‘jaliklarining bir-biridan far- qini 4.1-jadval orqali ko‘rish mumkin. Download 117.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling