1-mavzu: Tuproqshunoslik, tuproqlar geografiyasi fani, uning o`rganish ob'yekti va predmeti. Boshqa fanlar bilan aloqadorligi, amaliy ahamiyati. Reja:
Tuproqshunoslik, tuproqlar geografiyasi fanining o`rganish ob'yekti va predmeti, tadqiqot usullari.
Boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Tuproqshunoslik (tuproqlar geografiyasi)ning amaliy ahamiyati.
«Tuproq» haqidagi to`ng`ich bilimlar dehqonchilikning paydo bo`lish tarixi bilan bog`liq, ya'ni bundan 7000 yil ilgari boshlangan.
Tuproq nima? Bu savolga javob berish qiyin. Tuproq ustida yuramiz, yashaymiz, barcha nozu-ne'matlar tuproq tufayli namoyon bo`ladi.
Tuproq haqidagi dastlabki bilimlarimiz juda sodda bo`lgan bo`lsada, ota-bobolarimiz tuproqni yaxshi bilganlar. U haqda juda nodir hikmatlar yaratganlar:
«Yer-odamning beshigi»
«Yer-hayot manbai»
«Yeri boyning – eli boy»
«Hayotning ildizi yerga qadalgan»
«Yerning qobig`i asrlar xokidan iborat».
Dehqonning qo`lidan yer va nonning hidi keladi.
«Yerni aldagan o`zini aldaydi»
«Yer to`ymay, el to`ymas»
«Yer haydasang koz hayda, koz haydamasang yuz hayda»
«Yer-xazina, suv-oltin»
«Yer-ona, ona-yer».
Bu hikmatlar xalq tajribasi aql-zakovati, tafakkur qudrati hosilasidir. Ularga yer-tuproqning sir-asrorlarini anglatuvchi chuqur ma'nolar bor.
XIX asrning o`rtalarida tuproq ilmi haqidagi tushunchalar shakllanadi, ya'ni agronomik tadqiqotlarni ya'ni dehqonchilikka tegishli sohani tuproqshunoslik deb talqin qila boshladilar.
Geologlar esa nurash po`stini, ya'ni g`ovak tog` jinslarini tuproq deb atay boshladilar. Bu tuproq haqidagi dastlabki ilmiy tushunchalar edi.
Tuproqshunoslik ilmiga rus olimi V.V.Dokuchayev (1846-1903) asos soladi. Uning fikricha tuproq barcha komponentlarning o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi tufayli hosil bo`lgan tabiiy-tarixiy hosiladir. Uning fikricha tuproq jonli va jonsiz – “biokos” jism
Adabiyotlarda tuproq tabiiy landshaftlarning «oynasi» deyiladi. Geografik til bilan aytganda «Tuproq landshaft ichidagi landshaftdir» (Nazarov I.K.).
Tuproq bu tog` jinslaridan (ona jinsdan) o`zining unumdorligi bilan farq qiladigan yuza qatlamdir. Tuproq tabiatning o`ziga xos tizimi, uni adabiyotlarda pedosfera deb ham tilga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |