4-mavzu: Uglerodni tabiatda aylanishida mikroorganizmlarning roli


TSellyuloza, gemitsellyuloza, lignin va pektin parchalanishi


Download 26.71 Kb.
bet4/4
Sana03.10.2023
Hajmi26.71 Kb.
#1690837
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu agrobiotexnologiya

TSellyuloza, gemitsellyuloza, lignin va pektin parchalanishi. TSellyuloza, gemitsellyuloza, lignin, pektin kabi qiyin parchalanadigan moddalar ham tuproq mikroorganizmlar ta’sirida parchalanadilar. Biosferadagi organik uglerodning 50% dan ko’progi tsellyuloza (kletchatka) tarkibidadir. TSellyuloza o’simliklarda eng ko’p uchraydigan (15-50% o’simlik massasini tashkil etadi) polisaxarid hisoblanadi. TSellyuloza aerob parchalanishi. Spiroxeta sitofaga deb nomlangan tayoqchasimon bakteriya faoliyati bilanboglikdir. Yana miksobakteriyalar tarkibiga kiruvchi ko’pgina bakteriyalarni ham parchalaydilar. Aktinomitsetlar, zamburuglar juda sekin parchalash qobiliyatiga ega.
Anaerob parchalanishni batsillalar oilasi vakillari, tipik vakili klostridium omelyanskiy (1902 yilda V.P.Omelyanskiy birinchi ajratib olganligi uchun shunday nomlangan) amalga oshiradilar. TSellyuloza parchalanishi ko’p bosqichda amalga oshadi. Dastlab fermentativ gidroliz sodir bo’ladi. Disaxarid tsellobioza hosil bo’lib, keyin undan β- glyukozidaza ishtirokida glyukoza hosil bo’ladi. Anaerob parchalanishida hosil bo’lgan glyukozadan keyinchalik turli xil organik kislotalar vujudga keladi. Gemitsellyuloza parchalanishi esa juda ko’p avlod vakillari ishtirokida sodir bo’lishi mumkin. Bunday mikroorganizmlarga Klostridium, Batsillus, Sitofaga, Sporositofaga, Vibrio, Streptomukes, Zamburuglardan Asperkullus, Rizopus, Fomes, Poliporus avlodlari kiradilar. Gemitsellblozani parchalovchi ferment kislanaza yoki gemitsellyulaz deb nomlanadi.
Lignin parchalanishini normal iqlimiy (haroratda) Bazidiyalik zamburuglar va takomillashgan xilma-xil zamburuglar klostridium bakteriyalari amalga oshiradilar. Lignin suvda ham, organik erituvchilarda ham eritmaydigan modda bo’lib o’simliklarda ximiyaviy tarkibi jixatidan har xildir. Hatto bitta o’simliklarda ham uning o’sish fazasiga qarab har xil tarkibida bo’ladi. Molekulyar massasi 1000-10000 atrofida bo’lib, uglerod, vodorod, kisloroddan iborat xolos. Oksidlanganda alьdegidlar hosil qilib parchalanadi, shuningdek aromatik moddalar vanilin va boshqa metoksillangan aromatik tuzilishidagi moddalarga parchalanishi ham mumkin.
Pektin moddalar parchalanganda galakturon kislotasi, pektin kislotasi, galaktoza, ksiloza, arabinoza, metil spirti, sirka kislota kabi moddalar hosil bo’ladi. Bu modda parchalanishi ham klastridium avlodi vakillari bilan boglik. Bu bakteriyalar pektin kislotasi hosil bo’lgandan keyin u parchalanib galaktoza arabinoza va boshqa moddalarni hosil qilgach, shu moddalardan moy kislotasi, sirka kislotasi, oz miqdorda atseton va butil spirtlarni hosil qiladilar.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki uglerodli murkkab moddalarning parchalanishi xalq xo’jaligida katta ahamiyatga egadir. Spirt ishlab chiqarish, vinochilik, sirka tayyorlash, pivo pishirish, novvotchilik, qatiq, pishloq tayyorlash, silos tayyorlash, sabzavotlarni tuzlash, kanopga ishlov berib tolasidan foydalanish, boshqa turli xil soxalarda ahamiyatli ekanligini ko’rib o’tishning o’zi kifoya.
Xulosalar. Xulosa qilib aytganda ugrelodli moddalarning turli xil mikroorganizmlar tomonidan oksidlanish, parchalanish, bijgish natijasida turli xildagi yuqorida aytilgan moddalar hosil bo’lishi bilan birga tuproqni o’simlik qoldiqlaridan tozalashda, go’ng tarkibidagi uglerodli moddalarni, chiqindilar tarkibidagi uglerodli moddalarni sanoat chiqindisidagi ligninni parchalab tuproq unumdorligi yanada oshirilishi va o’simliklar oziqa bilan ta’minlanishi yaxshilanishi, o’sish-rivojlanish yaxshilanib yana mo’l hosil berishga kelib taqaladi. Buni ma’ruza boshlanishida berilgan uglerod aylanishiga boglasangiz uning ahamiyati yanada chuqurroq namoyon bo’ladi.


Nazorat uchun savollar:
1. Tabiatda uglerod va kislorod aylanishi ahamiyati nimada?
2. Fitogen va zoogen parchalanishi nima?
3. Spirtli kislotali bijgish xillari va ahamiyatli izoxlang.
4. Sut kislotali bijgish xillari va ahamiyatini izoxlang
5. Uglerod saklovchi moddalar oksidlanishini qanday izoxlaysiz?
6. TSellyuloza va lignin parchalanishi farqi nimalardan iborat
7. Pektin va gemitsellyuloza parchalanishining to’qimachilik sanoatida (zig’ir, kanop tolalarini olishda) ahamiyati nimada
Download 26.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling