4-mavzu. Vektorli grafik muharrir paketlari va ularda ishlash. Reja


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana21.11.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1792800
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Corel maruzalar

Yulduzcha (звезда) uskunasi yordamida quyidagicha shakllar yaratish 
mumkin. Yulduzchani qirralarini ko‘paytirish uchun boshqarish panelida ajratilgan 
tugmaga beriladigan qirralar sonini kiritish orqali ko‘paytirishimiz mumkin.
Masalan, 
bu yеrda 40 soni kiritilgan biz shu sonni o‘zimizga 
kerakligicha o‘zgartirishimiz va natijada qirralar soni o‘zgarganini ko‘rishimiz 
mumkin. 
Ko‘pburchak figurasini tahrir etishda Shape (figura) instrumentdan ham 
foydalanish mumkin. Bu instrument yordamida ko‘pburchakning tugun nuqtalarini 
mavqeini, tipini va segment chiziqlarning egrilik darajasini o‘zgartirib, turli 
effektlarga erishish mumkin. Hosil qilingan shakllardan har qanday 
illyustratsiyalarni bezashda foydalanish mumkin. Asboblar bilan ishlash paytida 
kursor tanlangan ob’ektga qarab formasini o‘zgartiradi.
Beze (Bezier) uskunasi 
Bezie (Bezier) uskunasi yordamida maksimal aniqlikdagi xohlagan egri chiziqlarni 
chizish mumkin. Bu uskuna yordamida xohlagan formalarni chizish imkoniyati bor. 
To‘g‘ri chiziqli segmentlarni qurish 
To‘g‘ri chiziqni chizish uchun Beze (Bezier) asbobidan foydalaniladi. Buning 
uchun Beze asbobi tanlanilib kursorni boshlang‘ich nuqtaga qo‘yiladi va 
sichqonchani chap tomoni bilan chertiladi. Chertilgan joyda qora rangli nuqta paydo 
bo‘ladi, bu segmentning birinchi tayanch nuqtasi, bu nuqta kelasi nuqta 
tanlanganicha joriy bo‘lib turadi. 
Kursorni keyingi nuqta joylashadigan joyga siljitamiz va sichqoncha bilan 
chertiladi natijada ikkita nuqta birlashtirilib to‘gri chiziq paydo qilinadi.  
Tayanch nuqtalar turlari. 
CorelDRAW dasturida segmentning bir nechta nuqtalarini birlashtirishning 
uchta tipi bor: 
1. 
Ikkita egri chiziqni «egrilikka» birlashtiruvchi tayanch nuqta - burchak 
tayanch nuqta (cusp node) deyiladi. Bu tiptagi tayanch nuqtaning boshqarish to‘g‘ri 
chiziqlarning “richaglarning” uzunliklari va yo‘nalishlari bir-biriga bog‘liq 
bo‘lmaydi. 
2. 
Ikkita egri chiziqni birlashtiruvchi tayanch nuqta silliq tayanch nuqta (smooth 
node) deyiladi. Bu tipdagi tayanch nuqta boshlang‘ich to‘g‘ri chiziqlari faqat 
uzunliklari bilan farq qiladi, yo‘nalishi esa umumiy bo‘ladi. Bitta boshqarish to‘g‘ri 
chiziqning siljitilishi ikkinchi to‘g‘ri chiziqning siljishiga olib keladi. 


3. 
Ikkita egri chiziqni bir xil egriligi bilan birlashtirilgan bo‘lsa simmetrik 
tayanch nuqta (symmetrical node) deyiladi.
Bu tipagi tayanch nuqtaning boshqarish to‘g‘ri chizig‘i va yo‘nalishi bir-biriga 
bog‘liq bo‘ladi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling