Zamonaviy voleybol musobaqaning qoidalari haqida qisqacha ma’lumotlar:
- maydoncha 9 x18 m, chiziqlar kengligi 5 sm;
- o‘yin maydonini chegaralovchi antennalarning balandligi 180 sm;
O‘yinchilarning yoshi va jinsiga qarab to‘rning balandligi quyidagicha bo‘ladi:
Qizlar
13 – 14
15 – 16
2 m 10 sm
2 m 20 sm
Ayollar
17 – 18 va bundan katta yoshdagilar uchun
2 m 24 sm
O‘g‘il bolalar
13 – 14
15 – 16
2 m 20 sm
2 m 35 sm
Erkaklar
17 – 18 va bundan katta yoshdagilar uchun
2 m 43 sm
- to‘pni aylana uzunligi 66±1 sm, diametri 21±0,3 sm, og‘irligi 270±10 g;
- har partiyada 6 o‘yinchi almashinuviga ruxsat beriladi. Asosiy o‘yinchi 1 marta
almashtirilishi va qaytib o‘yinga tushishi mumkin;
- o‘yin 3 yoki 5 partiyadan iborat bo‘ladi;
- har partiyada hisob 25 gacha, agar 25:25 bo‘lib qolsa eng yuqori hisob 2 ochko farq
qilguncha davom etadi. Hal qiluvchi partiya taybreyk tarzida o‘tadi 15 ochkogacha, hisob toki 2
ochko farq qilguncha davom etadi.
Hakam nafaqat o‘yin davomida o‘z odobi bilan namuna bo‘lishi, balki u boshqa joylarda
ham o‘zini tuta bilishi kerak. Jazo «ayb» ga yarasha bo‘lishi shart. Bordiyu hakam xatoga yo‘l
qo‘ysa, u o‘z vaqtida bu xatoni bo‘yniga olishi kerak va adolatni tiklashi zurur.
Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947 yili asos solingan) ga 221 dan ortiq mamlakat a’zo.
1964 yildan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan, 1949 yildan jahon birinchiliklari
o‘tkaziladi. Voleybol O‘zbekistonda 1920 yildan o‘ynaladi. O‘zR 1991 y. Xalqaro voleybol
federatsiyasiga, 1992 yili Osiyo voleybol konfederatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi. O‘zbekistonda bu
sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shug‘ullanadi. U maktablarda ommaviy tus
olgan, jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |